novateurpublication.org odam qattiq uxlaganda gormon konsentrasiyasi eng yuqori darajaga ko’tariladi.
O’sish gormoni sekresiyasini gipotalamusning rilizing gormoni somatoliberin
tezlashtiradi. Somatostatin esa susaytiradi. O’sish gormoni sekresiyasiga qonning
kimyoviy tarkibi, ayniqsa aminokislotalar, yog’ kislotasi va glyukozaning qondagi
miqdori ta’sir qiladi. Qonda glyukoza miqdori kamaysa, o’sish gormoni sekresiyasi
kuchayadi. Gormonning qonga o’tishi stress holatlarda ham tezlashadi.
Prolaktin ham oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat.
Gormonning qondagi miqdori homiladorlik vaqtida 100-150 marotaba oshib,
300mkg\l ga etadi. Prolaktin odamda sut bezlari o’sishini va sut ishlab chiqarilishini
kuchaytiradi. Uning ta’sirida sut oqsillari va boshqa tarkibiy qism-larining
sintezlanishi tezlashadi. Balog’atga etmagan, yosh urg’ochi hayvonlarga prolaktin
yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo’ladi.
Prolaktin sekresiyasini gipotalamik markazlar reflektor yo’l bilan kuchaytiradi.
Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so’rg’ichlaridagi resteptorlar qo’zg’alishi
natijasida ro’yobga chiqadi. Sut sog’ish ham qonda gormon miqdorini oshiradi.
Prolaktin suv-tuz va eg almashinuviga ham ta’sir qiladi, bola tug’ilgandan keyin
onaning semirishiga sabab bo’ladi. Terining yangilanishi va undagi yog’ bezlari
faoliyatini tezlashtiradi, ichki a’zolar o’sishi va eritropoezni qo’zg’atadi. Gormon-
ning qonga o’tishi reflektor yo’l bilan jadallashsa, gipotalamusning ingibitorlovchi
omili bu jarayonni sekinlashtiradi. Prolaktin sekresiyasi qondagi estrogenlar, glyu-
kokortiqoidlar va tireoid gormonlar miqdoriga bog’liq.
MSG ikki shaklda: alfa- MSG va beta- MSG shaklida uchraydi. Birinchisi 13,
ikkinchisi 22 aminokislota qoldig’idan iborat polipeptiddir. MSG lar (intermedin)
AKTG parchalanishi natijasida hosil bo’lsa kerak, degan tahmin bor. MSG ta’sirida
odam terisi va hayvonlar terisi hamda juni qorayadi. MSG ta’sirida melanositlarda
melanin miqdori oshadi, uning zarrachalari hujayra protoplazma-sida keng tarqaladi.
Ba’zi hayvonlarda intermedin qoplovchi to’qimalar rangini atrof-muhit rangiga
moslashtirib turadi. MSG teridagi yog’ bezlarini stimullaydi. Homilada bachadon
o’sishini tezlashtiradi. MSG sekresiyasi reflektor yo’l bilan boshqariladi, bu ko’z tur
pardasiga nur tushishiga bog’liq. Bundan tashqari gipotalamusning ingibitor va
rilizing omillari ham MSG ajralishini boshqarishda ishtirok etadi.
Gipofizning glandotrop gormonlaridan bo’lgan tireotropin –tirotrop gormon
(TTG) glikoproteid gormonlarga kiradi. Bu gormon qalqonsimon bezning o’sishini
tezlashtiradi, ba’zi tireoid gormonlarning hosil bo’lishini va konga o’tishini
boshqaradi. TTG plazmada 1-2mkg\l miqdorida bo’lib, gammaglobulin bilan
bog’langan. Organizga TTG yuborilishi qalqonsimon bezning kattala-shuviga olib
keladi. TTG serestiyasini gipotalamus tireotropin – rilizing gormon (tiroliberin)
ishlab chiqarish orqali boshqarib turadi. Tireotropin sekresiyasining darajasi
qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdoriga bog’liq va manfiy qayta