novateurpublication.org retikulumda sintezlanadi, Goldji apparatida rivojlanib ”etiladi” va shundan so’ng
hujayra membranasiga kuchib o’tadi. Membranadagi resteptorlar miqdori, ularning
zichligi bir qancha yo’llar bilan boshqariladi. Bulardan biri resteptorlar sintezini
o’zgartirish orqali boshqarishdir. Mazkur yo’l bilan homiladorlikda ayollarda
oksitostinga oid, serotoninga oid resteptorlar miqdori, xolino- va adrenoresteptorlar
miqdori miometriyda keskin o’zgaradi.
Hujayra yuzasidagi resteptorlar zichligi gormonlarning qondagi miqdoriga ham
bog’liq. Masalan, qonda gormon miqdori oshganda hujayralar membran-asida
mazkur gormonning resteptorlari kamayadi. Shu yo’l bilan qonda ortiqcha miqdorda
bo’lgan gormonga nisbatan hujayra sezuvchanligi pasayadi. Buning teskarisi ham
kuzatilishi mumkin, ya’ni qonda gormon kamayganda, mazkur gormon uchun
resteptorlar soni ko’payadi, hujayraning gormonga nisbatan sezuvchanligi oshadi.
Gormonning resteptor bilan bog’lanishida muhit sharoiti, jumladan muhit pH ham
muhim o’rin tutadi. Masalan, pH nordonlashib 7,0 ga etganda insulinning insulinga
oid resteptorlar bilan bog’lanishi 50% ga pasayadi.
Patologik sharoitlarda funksional faol resteptorlar miqdori maxsus resteptor-
larga nisbatan autoantitelalar hosil bo’lishi orqali ham boshqariladi. Masalan, qandli
diabetning ba’zi formalarida qonda insulin miqdori yetarli darajada bo’lishiga
qaramasdan, insulyar apparat yetishmovchiligi kuzatiladi, chunki insulin uchun
resteptorlarning bir qismi antitelolar bilan band qilingan bo’ladi. Lipofillik
xususiyatiga ega bo’lgan steroid gormonlar osonlik bilan hujayra ichiga kirib
sitozoldagi maxsus resteptorlar bilan bog’lanadi. Hosil bo’lgan “gormon-resteptor “
kompleksi yadroga kiradi va yadro ichida kompleks parchalanadi, gormon
yadrodagi xromatin bilan bog’lanadi.DNK ga ta’sir etib, mRNK hosil bo’lishini
jadallashtiradi. Shu bilan birga RNK-polimerazani faollashtiradi, mazkur ferment
esa ribosomada RNK sintezini kuchaytiradi. Steroid gormonlar bir hujayrada 5-7
oqsil sinteziga ta’sir etadi.
Tireoid gormonlar uchun resteptorlar sitoplazmada va yadroda bo’ladi. Masalan,
triyodtironin yadro xromatini bilan bog’lanib, 10-12 oqsil sintezini jadallashtiradi.
Tireoid gormonlar ko’pchilik oqsil-fermentlarning va boshqa-ruvchi oqsil-
resteptorlarning sintezini faollashtiradi. Metabolizmda ishtirok etuvchi fermentlar
sintezini kuchaytirish orqali tireoid gormonlar energiya hosil qilish jarayonlarini
faollashtiradi. Bundan tashqari tireoid gormonlar hujayra membranasi orqali
aminokislotalar va glyukoza tashilishini jadallashtirish orqali oqsil sintezi uchun
kerak bo’lgan aminokislotalarning ribasomaga etkazib berilishini kuchaytiradi.
Oqsil tabiatli gormonlar, katexolaminlar, serotonin, gistamin hujayra yuzasida
joylashgan resteptorlar bilan aloqa bog’laydi. Mazkur gormonlar ta’sirining
nihoyaviy samarasi muskul tolalari qisqarishi, fermentativ jarayonlar, masalan,
glikogenoliz kuchayishida, oqsil sintezi jadallashuvida, sekresiya kuchayishida v.b.