Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
7. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida sodir 
bo’luvchi jarayonlarga ta’sir etadi. 
Kimyoviy tuzilishga ko’ra gormonlarni quyidagi guruhlarga ajratadilar: 
1. Aminlar – adrenalin, noradrenalin, melatonin, dofamin. 
2. Yodtironinlar – tiroksin va triyodtironin. 
Mazkur ikkala guruh gormonlari aminokislotalardan hosil bo’ladi.Ularning 
aksariyati tirozin aminokislotasidan ishlanadi, serotonin triptofandan, gistamin 
gistidindan hosil bo’ladi. 
3. Peptid gormonlar-antidiuretik gormon (ADG) oksitostin, melanositlarni 
rag’batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonado-
tropin-rilizing gormon (GnRG), somatostatin, kortikotropin-rilizing gormon, 
somato-krinin, angiotenzin. 
4. Oqsil gormonlar-insulin, glyukagon, o’sish gormoni, plastentar laktogen, 
prolaktin, paratgormon, inolaktin, paratgormon, enkefalin, Kalsitonin, adreno-
kortiqotrop gormon, sekretin, xolesistokinin, gastrin, me’daning ingibirlovchi 
peptidi. AKTG 39, STG-191, prolaktin 198 aminokislota qoldig’idan iborat. 
5. Glyukoproteid gormonlar-follikullarni rag’batlantiruvchi (FSG), lyutein-
lovchi (LG), tireotropin va xorionik gonadotropin. Oqsil gormonlar, glyukopro-
teidlar va peptid gormonlar gidrofillik xususiyatiga ega, shu sababli ular birin-chidan 
fos-folipid to’siqlar orqali nofaol o’tish qobiliyatiga ega emas va ikkinchidan qonda 
erishi sababli qon bilan mustaqil tashiladi. 
6. Steroid gormonlar – glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, proge-
steron, aldosteron, bular xolesterindan hosil bo’ladi. 
Bundan tashqari gormonlarning mazkur guruhiga araxidon kislota va undan 
hosil bo’lgan prostaglandinlar, prostasikl inlar, trombaksanlar va leyko-trienlar ham 
kiritiladi. Bu gormonlarning barchasi gidrofoblik xususiyatiga ega. Shu sababli 
steroid gormonlar sintezlangan joyidan xech qanday to’sqinchiliksiz boshqa 
muhitlarga o’tadi. Ammo qonda tashilishi uchun maxsus tashuvchilar kerak. 
Steroid gormonlar va aminokislotalardan hosil bo’lgan gormonlar muayyan 
turga xos emas va har xil hayvon turlari namoyandalariga bir xil ta’sir etadi. Oqsil-
peptidli gormonlar har bir turning o’ziga xos, spestifikdir. Hayvon organizmidan 
ajratib olinib, odamni davolash uchun ishlatilganda ular orga-nizmda himoya 
reaksiyalarini, masalan, maxsus antitelolarni ishlab chiqarishni yuzaga keltiradi. Bu 
antitelolar gormonni nobud qiladi. Bunday gormonlar yot oqsil sifatida allergik 
reaksiyalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 
Gormon molekulalarining har bir fragmenti – bo’lagi alohida funksiyalarni 
bajaradi:
1) gormonning ta’sir etish joyini topishni ta’minlovchi fragmenti; 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin