novateurpublication.org Androgenlar epifizar tog’aylar suyaklanishini, muskul va suyak to’qimasida va
terida oqsil sintezini kuchaytiradi. Androgenlar sintezi va sekresiyasini AKTG
gormoni qo’zg’atadi. Agar mazkur jinsga mansub gormonlar ortiqcha ishlansa,
jinsiy rivojlanish jarayonlari tezlashadi. Qarama-qarshi jinsga mansub gormon-lar
ortiqcha sekresiyalanganda ayollarda erkaklarga xos, erkaklarda esa ayol-larga xos
ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. Jinsiy balog’atga etgandan so’ng bu
gormonlar roli pasayadi. Ammo keksalikda, jinsiy bezlar ichki sekretor funksiyasi
to’xtab qolganda, buyrak usti bezi po’stlog’i yana androgenlar va estrogenlarning
birdan bir manbai bo’lib qoladi.
Ctress va uning fazalari. Noqulay omillar ta’sir etganda AKTG, demak glyukokortikoidlar sekresiya-
sining kuchayishiga olib keluvchi holatni kanadalik olim G. Sele stress deb atadi.
Sog’lom odam organizmida ta’sir qilishi organizmning nobud bo’lishiga olib kelishi
mumkin bo’lgan noqulay omillarga qarshi kurashish mexanizmi mavjud. Mana shu
mexanizm stress –reaksiya yoki umumiy adaptastion sindrom nomini olgan.
Stressning turlari ko’p bo’lib, o’tkir va surunkali, jismoniy va ruhiy stress, eustress
va distress tafovut qilinadi. Fizikaviy omillar (shikastlanish, ko’yish, juda kuchli
tovush v.b.) jismoniy stressni, salbiy hissiyotlarga sabab bo’luvchi ruhiy ta’sirotlar
ruhiy stressni keltirib chiqaradi.
Eustress va distress tushunchalarini ham G.Sele kiritgan. Eustress yaxshi, ijobiy
stress bo’lib, bunda himoyalovchi reaksiyalar organizmga zarar yetkaz-maydi.
Shikastlantiruvchi omildan himoyalanish organizmga zarar yetkazsa, uning
imkoniyatlarini kamaytirsa, haddan ortiq stress, ya’ni distress deyiladi. Stress reak-
siyasini keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi muhit barcha omillari stressorlar nomini
olgan. Stressorlar xilma-xil va ko’p sonli bo’lib, ularga muhitning gazlan-ganligi,
nurlanishning baland darajasi, noqulay mikroklimat va hokazo, turli kasal-liklarda
fiziologik jarayonlarning buzilishi, hayotni xavf ostida qoldiruvchi sharoitlar, oila
va ishxonadagi kelish-movchiliklar, shoshilinch ish, birov tomonida ta’qib etilish
va boshqalar kiradi.
Stress doimo bor, organizmga har qanday sharoitda ham stressorlar ta’sir etadi
va ular aksariyat eustressni keltirib chiqaradi. Eustress organizmning himoyalanish
kuchlarini rivojlantiradi va ijobiy ahamiyatga ega. Stress organizmning energetik va
plastik zaxiralarini safarbar etadi va adaptastiyaning nomaxsus tarkibiy qismi-dir.
Stress holatining rivojlanishida uch bosqich ajratiladi:
1) taxdid (xavotirlanish) bosqichi – noqulay omil ta’siri boshlanadi va AKTG,
glyukokortikoidlar sekresiyasi kuchayadi;
2) rezistentlik (chidash) bosqichi – glyukokortikoidlarning oshgan miqdori qon
bilan harakatlanib, organizmning salbiy ta’sirga chidamliligini oshiradi;