2-bilet Moddaning bir fazadan ikkinchi fazaga ajratuvchi yuza orqali o‘tish jarayoni modda o‘tkazish jarayoni deb ataladi. Modda o‘tkazish murakkab bo‘lib, fazalarni ajratuvchi yuzaning ikki tomonidan yuz berayotgan modda berish jarayonlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Fazalar bir-biriga nisbatan ma’lum tezlikda, ya’ni turbulent rejimda harakat qiladi va qo‘zg‘aluvchan ajratuvchi yuzaga ega. Modda o‘tkazish jarayoni har bir fazadagi turbulent oqimining strukturasiga bog‘liq. Gidrodinamikadan ma’lumki, turbulent oqimida qattiq yuza ustida chegara qatlam hosil bo‘ladi. Har bir fazada ikkita zona bor: fazaning yadrosi (yoki fazaning asosiy massasi) va fazaning chegarasidagi yupqa chegara qatlam. Fazaning yadrosida modda asosan turbulent pulsatsiyalar yordamida tarqaladi va tarqaluvchi moddaning konsentratsiyasi (u va x) amaliy jihatdan o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi. Faol komponent – bu fazadan fazaga o’tuvchi massa, inert tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o’zgarmaydi. Chegara qatlamda turbulent rejim asta-sekin so‘nib boradi, natijada ajratuvchi yuzaga yaqinlashgan sari konsentratsiya o‘zgarib boradi. Ajratuvchi yuzaning o‘zida moddaning tarqalishi juda sekinlashadi, chunki moddaning o‘tishi faqat diffuzion tezligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Fazalar o‘rtasidagi ishqalanish va suyuq faza chegarasidagi sirt taranglik ta’sirida ajratuvchi yuza yaqinida konsentratsiya keskin, taxminan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgaradi
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi. Materiallarni uch xil usul (mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida) bilan suvsizlantirish mumkin. Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislotasi, kalsiy xloridi) dan foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam materialni joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin. Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayoni hisoblanadi. Nam havoning hajm birligiga to‘g‘ri kelgan suv bug‘larining miqdori absolyut namlik deb ataladi. Havo absolyut namligining to‘yinish paytidagi absolyut namlikka nisbati nisbiy namlik deb ataladi.
Sanoatda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan uskunalar asosan uch turga bo‘linadi: aralashtirish-tindirish; kolonnali; rotatsion ekstraktorlar.Aralashtirish-tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish-tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli uskunalar bajaradi. Bir pog‘onali ekstraksiyalashni uzluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat uskunalar ishlatiladi. Kollonali ekstraktorlar. Neft va gazni qayta ishlash sanoatida nasadkali, tarelkali va rotatsion ekstraktorlardan foydalaniladi. Sanoatda diametri 5 metrgacha va balandligi 40 metrgacha bo‘lgan kolonnali uskunalar ishlatiladi. Bunday ekstraktorlar atmosfera bosimi bilan yoki yuqori bosimda ishlaydi. Rotatsion ekstraktorlar. Bunday uskunalarda fazalarning kontakti va ularni ajratish markazdan qochma kuch ta’sirida amalga oshiriladi. Halqasimon to‘siqlar 2 yordamida uskuna bir necha seksiyalarga ajratilgan. Ekstraktorning o‘rtasidagi aylanuvchi val 4 ga yapaloq disklar 3 birlashtirilgan.