Elektr yurituvchi kuch - zaryadlarga ta’sir qiluvchi, elektrostatik potentsial kuchlar tabiatidan farqli bo’lgan barcha chet kuchlar. Ular yadro va elektronlar o’rtasida elektromagnit ta’sir lardan iboratdir. Masalan, batareya, akkumulyatorlarda hosil bo’lgan qarama - qarshi ionlar zaryadlarni siljituvchi elektr yurituvchi kuch, ya’ni kuchlanish potentsialini hosil qiladi. Quyosh batareyalarida yorug’lik energiyasi hisobiga ichki fotovolg’taik effekt asosida qarama - qarshi fazoviy zaryadlar hosil bo’ladi va u fotoelektrik elektr yurituvchi kuchni xosil qiladi. EYuK tok manbaining energetik xarakteristikasi hisoblanadi va u elektrga yot kuchlar hisobidan zaryadni ko’chirishga sarf bo’lgan ishning zaryad miqdoriga nisbatiga teng kattalik bilan o’lchanadi.