Moddiy nuqta dinamikasi. Tabiatdagi kuchlar va ularning xususiyatlari



Yüklə 58,47 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,47 Kb.
#202056
1   2   3   4   5   6
Fizika 2-ma\'ruza

N’yutonning ikkinchi qonuni


N’yutoning ikkinchi qonuni ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy qonununi bo‘lib, kuch ta’sirida moddiy nuqtaning mexanik harakati qanday o‘zgarishini ifodalaydi.
Agar o‘zgarmas massali (m=const) jismning kuch ta’sirida olgan tezlanishi shu kuchga to‘g‘ri proporsional bo‘lsa:
 (5.1)
Agar bir xil kuch ta’sirida (F=const) har xil jismlar turli xil tezlanish olsa, bunda jism massasi qancha katta bo‘lsa, ularning inersiyasi ham shuncha katta bo‘ladi, tezlanishi esa shuncha kichik bo‘ladi:
(5.2)
(5.1) va (5.2) dan foydalanib, kuch va tezlanishni vektor kattalik ekanligini hisobga olib, quyidagini yozamiz:
(5.3)
Bu tenglama N’yutonning ikkinchi qonunini ifodalaydi, u quyidagicha ta’riflanadi: Kuch ta’sirida jism erishgan tezlanish ta’sir etuvchi kuchga to‘g‘ri, jism massasiga esa teskari proporsionaldir va u kuchning ta’sir tomoniga qarab yo‘nalgan.
(5.3) da k - proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, va m kattaliklarni qaysi birliklar sistemasida o‘lchanganiga bog‘liq. SI sistemasida proporsionallik koeffitsienti k=1 ga teng. U holda
(5.4)
Agar jismga bir vaqtni o‘zida bir necha kuch ta’sir qilsa, u holda N’yuton ikkinchi qonunini matematik ifodasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin.
(5.5)
Demak, inersial sanoq sistemasida harakatlanayotgan jism tezlanishini uning massasiga ko‘paytmasi jismga ta’sir etayotgan hamma kuchlarning vektor yig‘indisiga tengdir.

N’yutonning uchinchi qonuni


N’yutoning uchinchi qonuni jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi va quyidagicha ta’riflaydi: Ta’sir etuvchi va aks ta’sir etuvchi kuchlar miqdor jihatidan teng bo‘lib, yo‘nalish jihatdan qarama- qarshidir:
(5.6)
Bu yerda -ta’sir etuvchi kuch, - aks ta’sir etuvchi kuch.
N’yutoning ikkinchi qonuniga asosan quyidagilarni yozish mumkin: birinchi jism , ikkinchi jism esa tezlanish oladi, yuqoridagi ikki tezlanish ifodasidan
(5.7)
hosil qilamiz. Bu munosabat, o‘zaro ta’sirlashuvchi ikki jism o‘zlarining massalariga teskari proporsional bo‘lgan va qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan tezlanishlar olganini ko‘rsatadi. Misol ko‘raylik, porox gazining ta’siri natijasida snaryad to‘p stvolidan otilib chiqadi (katta tezlanish bilan) va ta’sir natijasida to‘p orqaga (kichik tezlanish bilan) harakat qiladi.
Aylana bo‘ylab Oyning Yer atrofidagi harakatida Oy markazga intilma tezlanishga ega bo‘ladi. Bu tezlanish markazga intilma kuch tufayli vujudga keladi
(5.8)
Bu kuch R radusli aylana bo‘ylab harakatlanayotgan Oyga qo‘yilgan. N’yutonning uchunchi qonuniga asosan markazga intilma kuchga miqdor jihatdan teng, lekin teskari tomonga yo‘nalgan markazdan qochma kuch ham bo‘lishi kerak. Markazdan qochma kuch esa Yerga qo‘yilgan. Demak, kuch o‘zining kattaligi va yo‘nalishidan tashqari qo‘yilish nuqtasi bilan ham xarakterlanar ekan.
Shunday qilib, shuni esda tutish kerakki, jismlarning o‘zaro ta’sirida yuzaga keladigan kuchlar boshqa-boshqa jismlarga qo‘ylgan bo‘ladi va shuning uchun ular bir-birini muvozanatlay olmaydi. Ayni bir jismga qo‘yilgan kuchlargina muvozanatlasha oladi.

Yüklə 58,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin