Moddiy nuqta dinamikasi. Tabiatdagi kuchlar va ularning xususiyatlari


N’yutonning birinchi qonuni. Massa va kuch



Yüklə 58,47 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,47 Kb.
#202056
1   2   3   4   5   6
Fizika 2-ma\'ruza

N’yutonning birinchi qonuni. Massa va kuch


N’yutonning birinchi qonuni: agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Tashqi ta’sir bo‘lmaganda jismlar o‘zlarining tinchlik holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash qobiliyati inersiya deyiladi. Shuning uchun ham N’yutonning birinchi qonuni inersiya qonuni deb ham yuritiladi. Inersiya lotincha so‘z bo‘lib, “qotib qolganlik”, “harakatsizlik” degan ma’noni bildiradi.
Ammo N’yutonning birinchi qonunini tajriba yo‘li bilan tekshirishga tashqi ta’sirlar xalal beradi, masalan, Yerning tortish gravitatsion maydoni, muhitning qarshiligi, atrofdagi harakatlanayotgan jismlar. N’yutonning birinchi qonunida aytilgan tinch va to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qaysi sanoq sistemasiga nisbatan hisoblanishi muhimdir. N’yutonning birinchi qonuni barcha sanoq sistemalarda ham bajarilavermaydi. Lekin shunday sanoq sistemasi mavjudki, unda jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Bunday sanoq sistemasini inersial sanoq sistemasi deb ataladi. Biror inersial sanoq sistemaga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan ihtiyoriy sanoq sistemasi ham inersial sanoq sistemasi bo‘ladi.
Yer sirti bilan bog‘liq sanoq sistema, amalda inersial sanoq sistemasi deb hisoblanadi, aslida bu sistema inersial sanoq sistemasi emas, chunki Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi va Quyosh atrofida egri chiziqli trayektoriya bo`yicha harakatlanadi. Shuning uchun Yer sirtidagi tinch turgan jismlar tezlanish oladi. Lekin ba’zi amaliy hollarda, bu noinersiallikni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Umuman, “inersial sanoq sistemasi” abstrakt tushunchadir. Lekin koordinata boshi Quyoshda, koordinata o‘qlari esa uzoqda joylashgan va bir tekislikda yotmagan yulduzlar tomon yo‘nalgan sanoq sistemasini inersial sanoq sistemasi, deb hisoblasa bo‘ladi.
Inersial sanoq sistemasida mexanikaning hamma qonunlari bajariladi. Inersial sistemasiga nisbatan tezlanishga ega bo‘lgan sanoq sistemalarda esa mexanika qonunlari bajarilmaydi.

Yüklə 58,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin