Imitatsiyali modellashtirishda tadqiq etilayotgan tizimning faoliyat algoritmi juda katta hajmdagi elementar operatsiyalar(amallar)ni ketma- ket bajarish yo‘li bilan “qayta ifodalanadi”. Bunga tizim holatining o‘zgarishi haqida muhim axborot beradigan hodisalar qatorini identifikatsiya qilish(aniqlashtirish) yo‘li bilan erishiladi. Kompyuterli modellashtirish orqali statistik eksperiment o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bunday eksperiment ehtimoliy-stoxastik modellar uchun ayniqsa muhimdir.
Kompyuterli modellashtirish o‘rganilayotgan ob’ektlar (jarayonlar) xossalarining belgilovchi omillarini aniqlash, tizimning parametrlar va boshlang‘ich shartlar bilan bog‘liqligini tekshirish imkonini beradi. Kompyuterda bajariladigan hisoblashlar eksperimentidan olinadigan natijalar ko‘lami oshmoqda, kompyuterda modellashtirish tillari va vositalaridan foydalanib modellashtirish jarayonini tezlashtirish, zarur parametrli loyihalash ishlarini bajarish imkoniyatlari kengaymoqda. Matematik modellashtirishda Matlab, Matlab + Simulink, Mathcad, Arena, AnyLogic, Star UML, GPSS World kabi amaliy dasturiy paketlardan foydalanib, murakkab texnik va boshqaruv tizimlari sintezini amalga oshirish bilan bog‘liq juda katta hajmdagi hisoblashlarni amalga oshirish, dinamik ob’ekt va jarayonlar simulyatsiyasini hosil qilish mumkin. Bu dasturiy vositalar statistik va imitatsion modellashtirishni, shu jumladan xilma-xil ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini modellashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Xulosa
Matematik modellashtirish usulining qo‘llanilishi ko‘p bosqichli murakkab jarayondir.
Modellashtirish jarayoni zarur ma’lumotlar(faktlar), ilmiy kuzatishnatijalariniyig‘ishdanvaularnitahliletishdanboshlanadi.Modellashtirishning aniq maqsadidan kelib chiqib, bunda tadqiq etilayotgan ob’ektga xos muhim belgilar, xususiyatlarni ifodalovchi talablar, shartlar va cheklashlarni aniqlash lozim. Masalaning matematik qo‘yilishi uchun zarur o‘zgaruvchilar, parametrlar va cheklashlarni identifikatsiyalash (aniqlash) kerak bo‘ladi. Bu esa o‘rganilayotgan jarayonni sxematik ifodalash, formallashtirishga, uni matematik ifodalash mumkin bo‘lgan masalaning qo‘yilishiga – konseptual modelga olib keladi.
Modellashtirishdaginavbatdagimuhimbosqicho‘rganilganvaaniqlashtirilganma’lumotlarnimatematiktushunchalarvakattaliklaryordamidaifodalashdaniborat.Bunda ob’ekt xossalari, hodisalarning belgilovchi parametrlari va ular orasidagi matematik munosabatlar aniqlanadi. Bunda tadqiqotchi ko‘p hollarda fundamental fizik qonunlarga, masalan, massa va energiyaning saqlanish qonuniga, harakat miqdorining o‘zgarishi, elektromagnetizm qonunlariga, ehtimollar nazariyasining tamoyillariga va boshqalarga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich natijasida masalaning dastlabki matematik modeli hosil qilinadi. Qurilgan matematik model korrekt, ya’ni yagonalik, turg‘unlik xossalariga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Qo‘yilganmasalaningmatematik modeli hosilqilingandankeyinuni o‘rganish vaechishning matematik usullarini ishlab chiqish lozimbo‘ladi. Matematik modelni tahlil qilish asosida zamonaviy matematik apparat yotadi. Bu apparatning qo‘llanilishi barcha matematik vositalar – algebraik, differensial, integral va integro-differensial tenglamalar, ayirmali tenglamalar, to‘plamlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, algoritmlar nazariyasi va boshqa matematik nazariyalardan foydalanishni anglatadi.
Matematikmodellashtirishdamuhimbosqich–hosilqilinganmatematikmodelningaddekvatliginitekshirishdir.Masalani echish va olingan natijalarni real voqelik bilan taqqoslash jarayonida model aniqlashtirilib boriladi.
Zamonaviy tezkor elektron hisoblash mashinalari – kompyuterlar va axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi matematik modellashtirish usulining tadbiq doirasini nihoyatda kengaytirdi va imkoniyatlarini keskin oshirdi. Hozirgi kunda matematikmodellashtirishvahisoblasheksperimentiaxborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda o‘tkaziladigan kompyuterli modellashtirish tarzida yangi sifatli bosqichga o‘tdi.
Kompyuterli modellashtirishning asosiy bosqichlari: masalaning qo‘yilishiga ko‘ra modellashtirish ob’ektini aniqlash; tizimning asosiy elementlarini va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; masalani formallashtirish – matematik modelga o‘tish; modelga ko‘ra algoritmni va unga mos dasturni yaratish; kompyuter(hisoblash) eksperimentlarini rejalashtirish va o‘tkazish; natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish.
Kompyuterli modellashtirish analitik(sonli) va imitatsiyali modellashtirish ko‘rinishda amalga oshiriladi. Analitik modellashtirishda
real ob’ekt, hodisa, jarayonning algebraik, differensial va boshqa ko‘rinishdagi matematik modelidan foydalaniladi.
Imitatsiyali modellashtirishda tadqiq etilayotgan tizimning faoliyat algoritmi juda katta hajmdagi elementar operatsiyalar(amallar)ni ketma- ket bajarish yo‘li bilan “qayta ifodalanadi”.
Bunga tizim holatining o‘zgarishi haqida muhim axborot beradigan hodisalar qatorini identifikatsiya qilish(aniqlashtirish) yo‘li bilan erishiladi. Kompyuterli modellashtirish orqali statistik eksperiment o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bunday eksperiment ehtimoliy-stoxastik modellar uchun ayniqsa muhimdir.
Kompyuterli modellashtirish o‘rganilayotgan ob’ektlar (jarayonlar) xossalarining belgilovchi omillarini aniqlash, tizimning parametrlar va boshlang‘ich shartlar bilan bog‘liqligini tekshirish imkonini beradi. Kompyuterda bajariladigan hisoblashlar eksperimentidan olinadigan natijalar ko‘lami oshmoqda, kompyuterda modellashtirish tillari va vositalaridan foydalanib modellashtirish jarayonini tezlashtirish, zarur parametrli loyihalash ishlarini bajarish imkoniyatlari kengaymoqda. Matematik modellashtirishda Matlab, Matlab + Simulink, Mathcad, Arena, AnyLogic, Star UML, GPSS World kabi amaliy dasturiy paketlardan foydalanib, murakkab texnik va boshqaruv tizimlari sintezini amalga oshirish bilan bog‘liq juda katta hajmdagi hisoblashlarni amalga oshirish, dinamik ob’ekt va jarayonlar simulyatsiyasini hosil qilish mumkin. Bu dasturiy vositalar statistik va imitatsion modellashtirishni, shu jumladan xilma-xil ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini modellashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabıyotlar
Abchuk V.A. Ekonomiko-matematicheskie metodы i modeli: Elementarnaya matematika i logika. Metodi issledovaniya operatsiy. – SPb.: Soyuz, 1999. -320 s.
Alesinskaya T.V. Uchebnoe posobie po resheniyu zadach po kursu "Ekonomiko-matematicheskie metodi i modeli". Taganrog: Izd-vo TRTU, 2002. -153 s.
Afanasev M. Yu., Suvorov B. P. Issledovanie operatsiy v ekonomike: modeli, zadachi, resheniya. M.: Infra.- 2003.