Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.12.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#74536
1   2   3   4   5
Siroj-Samandar-Azamat

Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
12.4-rasm. Ethernet 802.3 va Ethernet 802.11 kadr strukturalari 
Ushbu format Ethernet kadr deb ham nomlanadi. Ethernet header (Ethernet 
sarlovha) - 14 bayt, IP header (IP sarlovha) - 20 bayt, TCP header (TCP sarlovha) 
20 - bayt, Payload – 6 baytdan 1460 baytgacha va CRC (Cyclic Redundancy Check) 
- 4 bayt joyni egallaydi. Formatning har bir sarlovha maxsus ko‘rsatmalarni o‘z 
ichiga olgan bo‘lib, ma’lumotni uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishini 
ta’minlaydi.
Ethernet kadr - Ethernet sarlovha uzatish muhiti haqidagi, IP sarlovha IP 
adres haqidagi, TCP sarlovha TCP protokoli uchun foydalanilgan transport protokoli 
va port nomerlari haqidagi, Payload uzatish uchun yuklangan ma’lumot (video, 
tasvir, matn va h.k.) haqidagi va CRC uzatilayotgan ma’lumotni qabul qilishda 
tekshirish va yo‘qotishlarsiz tiklash uchun nazorat summasi (checksum) haqidagi 
ma’lumotlardan tashkil topadi.


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
Ethernet kadr aynan an’anaviy pochta orqali uzatilayotgan uzatmaga o‘xshab 
ketadi. Bunda uzatuvchining narsasi (misol uchun to‘y suratlarini oilasiga uzatayapti 
deb tasavvur qilsak), tezkor yoki oddiy xizmatlardan biri orqali uzatilishi mumkin. 
Uzatilayotgan uzatma qandaydir pochta qutisiga joylashtiriladi va qutida 
uzatuvchining uy manzili (fizik adresi) va qabul qiluvchining uy manzili 
ko‘rsatiladi. Uzatishdan oldin mas’ul pochtani manzili ko‘rsatiladi. Har safar tuman, 
shahar va viloyat va viloyatlar aro uzatma qabul qilinganida va uzatilganida qabul 
qiluvchi va uzatuvchi pochta manzillari uzatmaga belgilab qo‘yiladi. Ethernet 
kadrida uzatish muhitining sarlovhasi, IP sarlovha va foydalanilgan protokollarning 
sarlovhalari ko‘rsatib ketiladi.
Kanal sathining yana bir muhim vazifalaridan biri - fizik adreslash (MAC 
addressing) bo’lib, fizik adreslashda qabul qiluvchi qurilmaning fizik adresi 
uzatilayotgan ma’lumotga qo’shib yoziladi. Bu orqali esa qabul qiluvchi qurilma 
kelayotgan ma’lumotni MAC adresi bo’yicha qabul qiladi. Ya’ni ma’lumki LAN 
switch qurilmasidagi fizik portlarning soni unga ulangan qurilmalarning soniga teng. 
Har bir port o’ziga ulangan qurilmaning MAC adresini switchning MAC jadvaliga 
saqlaydi. Shunda 12ta portli switch qurilmasida 12ta tarmoq qurilmalari ulanadi. 
Ushbu switch kelayotgan ma’lumotni aynan MAC jadval orqali qaysi kompyuterga 
uzatilishi kerakligini MAC adresi orqali aniq bilib oladi, 12.5-rasm.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin