Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix13.12.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#74536
1   2   3   4   5
Siroj-Samandar-Azamat

Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
12.5-rasm. MAC adresi bo’yicha ma’lumotni uzatish 
Shuningdek, kanal sathi bo’ylab ma’lumotlarni bir qurilmadan ikkinchisiga 
uzatishda, oqimlarni boshqarish xizmati ham ushbu sathda mavjud. Oqimni 
boshqarish - bu har xil tezlikda ishlaydigan ikkita stantsiyaning bir-biri bilan aloqa 
qilishiga imkon beruvchi texnikadir. Bu tezkor jo’natuvchi sekin qabul qiluvchini 
bosib ketmasligi uchun jo’natuvchi yuboradigan ma’lumotlar miqdorini tartibga 
solish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar majmuidir. 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
12.6-rasm. Kanal sathida oqimlarni boshqarish 
Shu bilan bir kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish (error control) xizmati 
mavjud bo’lib, bunda uzatish paytida buzilgan yoki xato ma’lumotlarni kadrlarini 
aniqlash va tuzatish jarayoni amalga oshiriladi. Yo’qolishlarga uchragan yoki 
buzilgan kadrlar aniqlansa, qabul qiluvchi bunday noto’g’ri ma’lumotlar kadrini 
qabul qilmaydi, 12.7-rasm. 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
12.7-rasm. Kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish jarayoni 
Kanal sathi ikkita ichki sathlarni o’z ichiga oladi: mantiqiy kanal boshqaruvi 
(LLC) va media kirishni boshqaruvi (MAC).
12.8-rasm. Mantiqiy kanal boshqaruvi (LLC) 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
LLC - protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarish bilan 
shug’ullanadi. Kanal uchun mantiqiy bog’lanishni ta’minlaydi. Shuningdek, 
protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarishdan tashqari kanal sathida 
sinxronizatsiya jarayoni ham amalga oshiriladi, 12.8-rasm. 
Media kirishni boshqarish - bu tarmoq kabeli orqali ikkita kompyuter 
terminali o’rtasida ma’lumotlar qanday uzatilishini aniqlaydigan tarmoq siyosati 
hisoblanadi. Shuningdek. MAC protokollari bir nechta qurilmalarning umumiy 
media tarmog’iga kirishiga ruxsat berish uchun metodologiyani ta’minlaydi. LAN 
tarmoqlarini ishlab chiqilguniga qadar qurilmalari o’rtasidagi aloqa nuqta-nuqta 
(point-to-point) ko’rinishida bo'lgan. Ya’ni, ikki mustaqil qurilma maxsus ajratilgan 
kanal orqali ulangan. Hozirgi kunda LAN tarmoqlarida bir nech o’nlab yoki yuzlab 
kompyuterlarni borligini hisobga olsa, MAC adres orqali qabul qiluvchi tarmoq 
qurilmasiga yetkazib berish juda ham qulay echim hisoblanadi, 12.5-rasm.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin