Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 7
So’nggi yillarda ko’plab ilmiy texnik adabiyotlar buyumlar Interneti (IoT) deb
nomlanuvchi terminni ko’p uchratish mumkin. Aslida “I” – Internet, “o” – of va “T”
– things (narsalar, buyumlar, ashyolar) so’zlarining qisqartmasi bo’lib, internetga
ulanadigan barcha narsa-buyumlarni tavsiflab keladi. IoT so’zini texnik jihatdan
izohlamoqchi bo’lsak, o’zaro bog’langan tizimlar va o’zaro internet orqali
bog’langan ob’ektlar tushuniladi va ularning o’zaro bog’lanishi natjasida hosil
bo’lgan ekotizimda insonlarning aralashuvisiz simsiz tarmoq bo’ylab ma’lumotlar
yig’iladi, monitoring qilinadi va uzatiladi.
IoT ko’plab iqsodiy soxalarda joriy etib borilmoqda, masalan, tibbiyotda (aqll
tibbiyot yoki teletibbiyot), qishloq xo’jaligida (aqlli qishloq xo’jalik), transport
tizimida (aqlli transport tizimi), uyda (aqlli uy), shaharsozlikda (aqlli shahar),
ta’limda (aqllli ta’lim) va ko’plab boshaqa sohalarda. Faraz qilaylik, tibbiyot
sohasida IoT texnologiyasini joriy etish bilan qanday natijalarga erishildi. Inson yoki
bemorning tanasiga joylashtirilgan sensor (harakat, istma, kislorod, yurak urishi
tezligi, nafas olish yoki boshqalari)lar insondagi o’zgarishlarni masofadan turib
kuzatish va zarurat bo’lganida masofadan turib davolash imkoniyatlari ishlab
chiqilmoqda.
Yuqorida inson aralashuvisiz ma’lumotlar olish degan so’zning asl mohiyati
shuku, inson dam olayotgan vaqtda ham yurak urishi yoki tana harorati yoki kislorod
miqdorini sensorlar orqali internetga ulangan mikrokontroller yordami raqamli
ko’rinishda olish mumkin, bunda insonda etalon parametrlarni o’zgarishi natijasida
ular sensorlar tomonidan qayt etiladi va markaziy tugun orqali qabul qiluvchi
nuqataga uzatiladi. Yoki, qishloq xo’jaligini oladigan bo’lsa, suv etib bormagan
hududlar yoki suvga yo’yinmagan maydonlar sensorlar tomonidan olingan
ma’lumotlarga asosan aniqlanadi, dastur yordamida tahlil qilinadi va avtomatik
rejimda o’sha maydonlarga suv etkaziladi. Misollardan ma’lum bo’ldiki, IoT
deganda internetga ulangan har qanday narsa-buyumlarni, tarmoq qurilmalarini,
dasturlar, sensorlar, kompyuterlar va boshqa narsalarni tushunish mumkin.
Internetga ulangan va o’zaro ma’lumot almashuvchi buyumlar yagona
identifikatorlar (ID) bilan ta’minlangan bo’ladi.
IoT qurilmalari turli platformalarda ishlovchi texnologiyalar, real vaqtda tahlil
qilish, monitoring qilish, mashinali o’qitish, intellektual tizimlar, sensorlar qaror