Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
11
11-rasm. Kam quvvatli va qisqa masofali IoT tarmog’i
5.
Kam quvvatli katta (global) tarmoqlar
. An’anaviy uyali aloqa tarmoqlari
nisbatan past o’tkazish qobiliyatli, batareya quvvati cheklangan, qurilma va dasturiy
xarajatlar kam bo’lgan IoT dasturlarini qo’llab quvvatlamaydi, ya’ni
uyali aloqa
tarmoqlari IoT qurilmalari uchun emas balki aynan smartfonlarning parametrlariga
moslab ishlab chiqilgan. Ushbu Internet buyumlari tor polosali Internet xizmatlari
kabi yangi standartlarni ishlab chiqish talabini qo’ymoqda.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
12
12-rasm. Kam quvvatli va global IoT tarmog’i
6.
IoT protsessorlari
. IoT qurilmalarida ishlatiladigan protsessorlar va
arxitekturalar ularning ko’pgina imkoniyatlarini ko’rsatadi, masalan,
xavfsizlik
darajasini va shifrlashga moyilligini,
quvvat sarfini, operatsion tizimni qo’llab-
quvvatlash uchun etarlicha takomillashtirilganini, yangilanadigan dasturiy ta’minot
va o’rnatilgan qurilmani boshqarishni. Kelajakda IoT qurilmalari uchun arzon va
yuqori samaradorlikka ega bo’lgan prosessorlarni
ishlab chiqish zarurligini
ko’rsatmoqda.