Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
15
16-rasm. IoT platformalari
10.
IoT standartlari va ekotizimlar
. Standartlar va ular bilan bog’liq
dasturiy interfeyslar (API) IoT ekotizimi uchun juda muhimdir,
chunki IoT
qurilmalari o’zaro ishlashi va o’zaro aloqa qilishi, ko’plab IoT biznes modellari bir
nechta qurilmalar va tashkilotlar o’rtasida ma’lumot almashishi talab etiladi. Ko’p
IoT ekotizimlari paydo bo’lish arafasida va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi
tashkilotlar bir nechta standartlar yoki ekotizimlarni qo’llab-quvvatlash uchun
variantlarni ishlab chiqishmoqda hamda standartlarni
rivojlanib borishi va yangi
standartlar va API paydo bo’lishi bilan uzoq yillar davomida qurilmalarni
yangilashga bo’lgan ehtiyojini ta’minlamoqda.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
16
17-(a) rasm. IoT standartlari
17-(b) rasm. IoT ekotizimi
4.
Bulutli texnologiya.
Bulutli texnologiya – Internet orqali turli xizmatlarni
etkazib berishni
izohlaydi. Bu shuningdek adabiyotlarda muqobil ravishda bulutli hisoblash nomi
bilan ham keladi. Ushbu atama odatda Internet orqali ko’plab foydalanuvchilar
uchun ochiq bo’lgan ma’lumot markazlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bugungi
kunda ustunlik qilayotgan katta bulutlar (quyidagi rasmga qarang) ko’pincha
taqsimlanadigan markaziy serverlardan bir nechtasidan tashkil topadi. Agar
foydalanuvchi bilan aloqa nisbatan yaqin bo'lsa, u chekka server sifatida belgilanishi
mumkin. Bulutli hisoblash – bu kompyuter
tizimining resurslaridan, xususan
ma’lumotlarni saqlash (bulutli saqlash) va hisoblash
samaradorligidan
foydalanuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri faol boshqarilmasdan turib foydalanish
imkoniyatidir.