Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
17
18-rasm. Umumiy bulutli texnologiya asosida tarmoqning tuzilishi
Qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun bulutli tarmoq faqat bitta
tashkilot uchun yoki bir nechta tashkilotlar uchun moslash ishlab chiqilishi mumkin
yoki global miqyosidagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishi mumkin.
Shuningdek, ommaviy va gibrid bulutli tarmoq expertlari ta’kidlashicha, bulutli
hisoblash kompaniyalari AT infratuzilmasining boshlang’ich narxidan qochish yoki
uni kamaytirishga imkon beradi. Expertlar bulutli hisob-kitoblar korxonalarga
o’zlarining dasturlarini tezroq ishga tushirish va ishlash jarayonini qo’llab
quvvatlaydi, boshqaruv jarayonini yaxshilaydi va texnik xarajatlarni kamaytiradi.
Hozirgi kunda ko’plab turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan kichik
tashkilotlar o’zlarining ishchi xodimlari uchun turli xizmatlar, ochiq ma’lumotlar
bazasi, ko’ngil ochar dasturlar, imkoniyatlar, resurslarni taqdim etmoqda. Yoki
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
18
Internet provayderlari bugungi kunda bir necha ming yoki yuz ming dollar pul tikish
evaziga faqatgina ro’yhatdan o’tgan mijozlari uchun turli xizmatlarni mutloqo bepul
ko’rinishda taqdim etishmoqda. Xizmatlar bo’lishi mumkin konsertga skidga
evaziga chiptalar xarid qilish yoki IPTV xizmatlaridan foydalanish, yoki yirik
tashkilotlar bilan shartnoma evaziga oliy ta’lim dargohlari uchun kutubxonalardan
foydalanish huquqi tadqim etish.
19-rasm. Bulutli texnologiya asosida tashkilot tarmog’i
Umuman olganda bulutli texnologiyadan foydalanish oddiy foydalanuvchi
yoki tashkilot xotira qurilmasi, tarmoqni kengaytirish, optimizatsiya qilish,
himoyalash, tarmoqni boshqarish yoki boshqa masalalar uchun bo’ladigan sarf
xarajatlarni qisqatiradi. Shuningdek bulutli hisoblash har bir sohada oddiy shaxsiy
kompyuterlardan foydalangan holda katta hisob kitoblarni amalga oshirish
imkoniyatini beradi.
5.
Tumanli texnologiya.
|