Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 7
Tarmoq topoliyalari ta’kidlanganidek, tarmoq qurilmalarini joylashuviga va
bir-biri bilan bog’lanishi hamda tarmoqni qurishda foydalanilayotgan standart
texnologiyaga mos ravishda har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biror tarmoqdagi
har qanday tugun tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta fizik kanallar
orqali bog’lanish imkoniyatga ega bo’lishi mumkin; ushbu kanallarni grafik
ravishda bog’lash natijasida geometrik shakllar hosil bo’ladi va hosil bo’lgan
shakllarning ko’rinishiga qarab tarmoq topologiyasi nomlanadi. LAN tarmoqlarida
turli xil fizik topologiyalardan foydalaniladi, jumladan shina, yulduz, mesh, daraxt,
nuqt-nuqta va h.k., 2.1-rasm. Shuningdek, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan
uzatish muhitlarining joylashuvi tarmoqning fizik topologiyasini ifodalaydi.
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq
topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan radio
tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini aniqlash yoki tavsiflash
uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari shuningdek, tarmoqni geografik
muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va foydalaniladigan texnologiyasiga
muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt,
shina, halqa ва 3-D torus.
Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida
ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik
bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni
foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi.
Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga
tushadi.