Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
9
4-rasm. Yulduz topologiyali tarmoq
Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter
tizimidagi ishlov berish
tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi
avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri
bilan bog’laydi, 5-rasm.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
10
5-rasm. Torus aloqali topologiy.
5. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish tashkilotlari
bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi standartlarni ishlab chiqish,
tadbiq etish, muammolarni o’rganish,
echimlar, va tavsiya ishlab chiqish
jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar,
tartibga soluvchi yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon
hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi (3G, 4G,
5G)
ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi,
axborot xavfsizligini
takomillashtirilishi,
yangi
WiFi
texnologiyasini
ishlab
chiqilishi
yoki
telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global tarmoq uchun ishlab chiqilgan har
qanday fizik yoki dasturiy maxsulot o’zining standartiga ega bo’ladi.
Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy
va milliy ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha
to’xtalib o’tamiz.
Dunyo miqyosida yirik standartlashtirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
1. ISO – International Organization for Standardization