Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 11
2. ITU – The International Telecommunication Union
•
ITU-R – ITU Radiocommunications Sector.
•
ITU-T – ITU Telecommunications Sector.
•
ITU-D – ITU Telecom Development.
3. IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers
6. IETF – Internet Engineering Task Force
7. ISSN -International Standard Serial Number centre
8. 3GPP – 3rd Generation Partnership Project
ISO – International Organization for Standardization. Xalqaro
standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standardization – ISO).
ISO – turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro
standartlarni belgilovchi tashkilotdir va u mahsulotlar, xizmatlar va tizimlarning
sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun standartlarni ishlab
chiqadigan mustaqil, nodavlat xalqaro tashkilot hisoblanadi. ISO 1947 yil tashkil
topgan bo’lib, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu
tashkiloti 165ta standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarni o’z ichiga oladi va
jami 164ta a’zosi bor. Tashkilotning a'zolari o’zaro bilimlarni almashish va
innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan va global muammolarga echimlarni taklif
qiladigan ixtiyoriy, konsensusga asoslangan bozorga mos xalqaro standartlarni
ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi.
ITU – The International Telecommunication Union. Xalqaro elektr aloqa
ittifoqi 1865 yil 1 mayda tashkil etilgan eng dastlabgi standartlashtirish tashkiloti
bo’lib, o’sha paytlarda telegraf qurilmasi uchun birinchi standartni ishlab chiqqan va
xalqaro telegraf tarmog’i tashkil etilgan. 1947 yil 15 noyabrdan boshlab ITU
birlashgan millatlar tashkiloti kiritilgan va ixtisoslashtirilgan tashkilot maqomini