Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi: 
Birinchi fazada
(5 dan 30 daqiqagacha) harorat 
sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. 
Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo 
yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda 
kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning 
boshlanishini ta’minlaydi. 


Ikkinchi fazada
- alanga jadal tarqalib, harorat tez 
ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi). 
Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham 
chiqishi kuzatiladi. 
Uchinchi fazada
- yonuvchi narsalarning yonib 
bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi. 
Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi. 
Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish 
tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 
0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda, 
masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi 
10-15 m/min ga teng bo‘ladi. 
Yonish 

yonuvchi 
mahsulotlar 
bilan 
oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida 
bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon
bunda issiqlik va Yorug’lik nurlarining ajralishi 
kuzatiladi. 
Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi 
uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va 
oksidlovchilar bo‘lishi zarur. 


Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% 
bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar 
kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham 
to‘xtaydi. 
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar 
ochiq (uchqun, Yorug’lik kuchlari, alanga va 
cho‘g‘langan 
predmetlar) 
va 
berk 
holatda 
(ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy 
reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va 
hokazo) bo‘lishi mumkin. 
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon 
bo‘lishi mumkin, masalan. taxta, kinoplyonka, 
nitrotselluloza, 
kimyoviy 
erituvchi 
suyuqliklar, 
vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar. 
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy 
peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi. 
Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 
5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda alanga tarkibida 
yonuvchi gazlar hududi keltirilgan: 


1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz 
aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 400
0
C dan 
oshmaydi.
2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona 
boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.
3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir 
bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni 
1100
0
C gacha ko‘tariladi.
Yonuvchi 
muxitdagi 
alangani 
balandligi, 
yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, 
zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq 
bo‘ladi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat 
miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-
1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200-
1300°C hosil bo‘ladi. 
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt 
birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori 
qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar 


o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur 
bo‘lgan quvvat miqdoridir.
5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida 
yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi 
gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) 
5
О

О

buglar, gazlar 
H

1
О

а) 
2
3
О


6
b) 


alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali 
yonishning chegaralari. 
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik 
yonuvchi 
aralashmaning 
qizishiga 
olib 
keladi. 
Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan 
oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga 
tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari 
orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va 
aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri 
proporsional bo‘ladi, ya’ni 
V = A*S(T-T
i
)
(5.1) 
bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik 
tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari 
yuzasi; T-aralashma harorati; T
i
-idish devori harorati.
Moddalar 
uchun 
o‘z-o‘zidan alangalanish 
harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-


o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga, yog‘ochniki - 
400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.
Tabiatda 
shunday 
aralashmalar 
uchraydiki, 
ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda 
kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-
o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi 
mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy 
jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga 
asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, 
ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan 
xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari 
hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar 
bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi 
modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv 
markazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: 
alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-
o‘zidan yonish. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin