mumkin.
D-toifaga
faqat yonuvchi, ya’ni A va В
toifalarga
kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan,
chaqnab yonish harorati 120°C dan yuqori bo'lgan,
yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta
ishlov berish hamda har xil yoqilg'i moddalar
ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi.
Bunga misol
qilib, yog'ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati,
qog'oz, karton, to'l qog'oz ishlab chiqaruvchi
korxonalarni ko'rsatish mumkin.
E-toifaga
yonmaydigan modda va ashyolarning
qaynoq,
cho'g'langan
yoki
eritilgan
holatida
ishlatiladigan korxonalar kiradi.
Bunga metallurgiya
sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi
markazlar va bug'xonalar misol bo'la oladi.
F-toifaga
yonmaydigan modda va ashyolarni
sovuq holatda ishlatiladigan
hamda saqlanadigan
sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari kiradi.
Masalan, toshni maydalash, keramika va sement
zavodlari shular jumlasidandir.
Bino va inshootlarning yong'in hamda portlash
xavfi
bo'yicha
guruhlanishi,
ulardagi
barcha
xonalarning yonish va
portlashga moyillik toifasi
aniqlangandan so'ng belgilanadi. Agar binoda A
toifaga taalluqli xona bo'lsa-yu, uning maydoni
binodagi barcha xonalaming umumiy maydonidan 5%
dan kam bo'lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko'p bo'lsa,
bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga
taalluqli xonalar mavjud bo'lsa-yu, A va В toifadagi
xonalaming yig'indi maydoni,
qolgan barcha xonalar
umumiy maydonining 5% dan kam bo'lmasa yoki
sathi 200 m2dan ziyod bo'lsa, bu bino В toifaga
mansub bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: