bo'yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar
kiradi.
Qurilmalami yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan
yuk ko‘tarish yoki to'sib turish qobiliyatining
yo'qolishiga sabab bo’luvchi
dastlabki buzilishgacha
bo‘lgan vaqt oralig‘i, ularning o‘tga chidamliIik
chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o'lchanib,
qurilmalaming sinov boshlangan daqiqadan to
quyidagi buzilish belgilarining
birortasi paydo
bo'lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi:
-
qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan
teshikning paydo bo'lishi;
-
qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat
160°C ga ko‘tarilsa
yoki uning boshqa ixtiyoriy
nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa;
-
qurilmaning biror qismi qulab tushishi
natijasida yuk ko‘tarish
qobiliyati kamayib qolganda
va h.k.
Qurilmalaming o‘tga chidamlilik chegarasi
tajriba usuli bilan yoki analitik hisoblash yo‘li bilan
aniqlanadi. Bu usullarning
asosiy shart va qoidalari
Xalqaro
mezonlashtirish
tashkilotining
tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78
yong‘inga
qarshi
qurilishni
loyihalashtirish
me’yorlarida aks ettirilgan.
Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi
Bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi
zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni
amalga oshirishda odamlarning harakati me’yoriy
yoki majburiy holda bo'lishi mumkin.
Birinchisida
odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj
yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa,
ikkinchisida bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila
sharoitida odamlarni xavfli
muhitdan xavfsiz joyga
majburiy ko'chish uchun mo‘ljallangan harakati
tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki
to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: