Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in
xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga, yong‘in
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq,
shuningdek yong‘inlarga qarshi kurashish tajribasi,
moddalar,
materiallar,
texnologik
jarayonlar,
buyumlar,
konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar
va inshootlarning yong‘in
xavfliligiga baho berish
asosida ishlab chiqiladi.
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar
va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (etkazib
beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar,
konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yong‘in
xavfliligi ko‘rsatkichlarini, shuningdek ulardan
foydalanishda qo‘llaniladigan yong‘in xavfsizligi
chora-tadbirlarini
tegishli
texnik
hujjatlarda
ko‘rsatishi kerak.
Tashkilotlar, binolar,
inshootlar va boshqa
ob’ektlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini
ishlab chiqishda va amalga oshirishda,
shu jumladan
ular loyihalashtirilayotganda yong‘inlar chog‘ida
odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va
jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini
ta’minlovchi echimlar nazarda tutilishi kerak.
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari
tegishli mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi
hamda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: