himoyalanmagan. Bu himoya asosan monitorning old
ismida
o‘tirgan
foydalanuvchining
himoyasini
ta’minlaydi. Ko‘pgina idoralarda bir nechta
kompyuterlardan
foydalaniladi.
Ularning
kompyuterlari har xil tartibda joylashgan bo‘lishi
mumkin. U erdagi monitorlarning orqa qismidagi
foydalanuvchining sog‘lig‘i nima kechadi?! Agar
ularni orasini biror - bir mebel bilan to‘silgan taqdirda
ham nurlanish bir tekisda o‘taveradi. Ularning
orasidagi
masofa bir metr, yoki yarim metrni tashkil
qilishi mumkin, lekin nurlanish old tomondagi
foydalanuvchiga
nisbatan
yuqori
bo‘laveradi.
Shuningdek, ENT monitorning kadrlar almashinish
chastotasining eng yuqori qiymati 85 Gs(Gers) dan
oshmaydi. Bu borada shifokorlar ko‘zni toliqmasligi
uchun kadrlar almashinish
chastotasini yuqoriroq
tanlashni maslahat beradi. Bu masalaning echimi ENT
monitorida biroz qiyin. Uning og‘irligi, iste’mol
quvvati haqida gapirmasa ham bo‘ladi. SHuning
uchun ko‘pchilik mutaxassislar LCD monitordan
foydalanishni tavsiya qiladilar. Bu keltirilgan ENT
monitorning kamchiliklari
borasida LCD monitor
afzal hisoblanadi, lekin uning hizmat qilish vaqti biroz
kamroq. SHuningdek u faqat origanal rejimdagina
tasvirning aniq ko‘rinishini bera oladi. ENT
monitorining yashash davri 60000 soatni tashkil qilsa,
LCD monitorniki esa 15000 - 20000 soatni tashkil
qiladi. Bu esa kuniga 10 soatdan foydalanganda ENT
monitor o‘rtacha 16-17 yilni, LCD monitor esa 4-5
yilni tashkil qiladi. SHuningdek LCD monitorning
ko‘rinish burchagi
ham ENT monitorga nisbatan
kichikroq. Buni LCD monitorning yonidan qaraganda
tasvirning buzulishiga qarab bilib olish mumkin.
Kompyuterning tizimli qismini olib qaraydigan
bo‘lsak, u erda deyarli hamma narsa nurlanishdan
himoyalangan va uning ichidagi qurilmalar past
quvvatda ishlaganligi
uchun u erdan chiqayotgan
nurlanish kam miqdorda bo‘ladi, qolaversa ko‘pgina
tizimli bloklarning ustki qavati metal bilan qoplangan.
Tizimli blokdagi nurlanish asosan markaziy protsessor
va elektr ta’minot qismida hosil bo‘ladi. Intel
kompaniyasining birinchi mikroprotsessori elektron
hisoblagichlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 2300 ta
tranzistordan tashkil topgan. Hozirda esa kompyuter
uchun mo‘ljallangan protsessorlari
Intel Pentium IV
2GGs da 42mln, Intel Core 2 Duo da 291mln va eng
so‘ngi ishlab chiqargan protsessorlarida tranzitorlar
soni 2mlrddan ortib ketgan. Bu esa nurlanish
manbaini
tizimli
blokda
ham
tobora
ortib
borayotganini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: