oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi
aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin.
Shuning
uchun
ham
aralashmalarning
alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar
sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara
miqdori deb, ularning alanga
hosil qilgan holatidagi
minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara,
sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga
moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib
xizmat qiladi.
Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda
va ashyolarning yonish va portlash xavfi o‘zaro bir-
biriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi
shundaki, portlash jarayonida
alanganing atrofga
tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori
bo‘ladi. YOnuvchi gaz va bug‘larning havo bilan
gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab
yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil
otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun
yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini bilish juda
zarur hisoblanadi.
Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash
xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat
holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi
moddalarning agregat
holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi
modda
gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar
quydagilardan iborat bo‘ladi:
-
alanganish chegara miqdori (ACHM);
-
alangani tarqalish tezligi (ATT);
-
kislorodni
portlashdagi
quyi
miqdori
(KPQM);
-
o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish
harorati (T
a
);
-
portlash jarayonidagi xavfli bosim (R
max
);
-
bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar.
Yonuvchi gazsimon moddalarning atmosferada
alangalanish chegaralari, ularni ma’lum atmosfera
bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun
hajmi bo‘yicha) alangalana olish imkoniyatiga ega
bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori
bilan aniqlanadi.
Bunday holatdagi gazlarning
yonish va portlash
chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara
miqdorlar hajmida bo‘ladi. Aralashma tarkibidagi
yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash
yoki yong‘inni keltirib chiqara oladigan eng ko‘p
miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM),
va yonish sodir bo‘lmaydigan
eng kam miqdori esa
quyi chegaraviy miqdor (QCHM) deyiladi. Bu
alangalanish
chegaralari
gazsimon
yonuvchi
moddalarning portlash (yonish) xavfini aniqlash
bo‘yicha asosiy baholash o‘lchami hisoblanadi va ular
quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:
QCHM=M/(N-1) 4,76 Vt , mg/l, yoki
QCHM=100/ 1+(N-1) 4,76 , %
Dostları ilə paylaş: