Xavfsizlik belgilari
standart bo‘yicha turt
guruhga ajratiladi:
taqiqlovchi, ogohlantiruvchi,
ko‘rsatuvchi va buyuruvchi.
Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash
yoki cheklash uchun ishlatiladi.Ular yumaloq shaklga
ega bo‘ladi.
Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish
ehtimoli
to‘g‘risida malumot beradi va uchburchak shaklga ega
bo‘ladi.
Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror
harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi,
kvadrat shaklda bo‘ladi.
Ko‘rsatuvchi belgilar to‘rtburchak
shaklga ega
bo‘lib turli xil obektlar joyini,manzilini ko‘rsatish
uchun ishlatiladi.
Mashina
va
mexanizmlardan
foydalanish
xavfsizligini va qulayligini
oshirish maqsadida
masofadan boshqarish (“distansion”) qurilmalardan
ham keng foydalaniladi. Ular ishlash prinsipiga ko‘ra
mexaniq,
gidravlik,
pnevmatik,
elektrik
va
kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: