1
1-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI
MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARI.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlarida ta’lim
sohasiga qo‘yiladigan ijtimoiy-siyosiy talablarni aks ettirilishi. O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni. Ta’lim sohasida islohotlarni
amalga oshirishning asosiy bosqichlari.
Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi. Pedagogikaning asosiy
kategoriyalari. Pedagogikaning va boshqa fanlar bilan aloqasi. Asosiy ta’limiy
kontseptsiyalar va yondashuvlar. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari.
Umumiy pedagogikaning obyekti, predmeti va tuzilishi
“Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqye imkoniyatlarini beradi.
Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga
o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni
shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga
yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi”
1
-deydi amerikalik pedagog
olim A.Muur.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi,
faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy biologik jarayon emas, balki u ma’lum qobiliyat
kurtaklari bilan tug‘uladi. Lekin u inson shaxs sifatida oilada, shuningdek turli
jamoalardagi faoliyat ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi.
Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkaol shaxni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji
ham ortib boradi. Shu sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning
ajralmas qismi deb qaraladi.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-
tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika
fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha
o‘rganishni tavozo etadi.
Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p
rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orqali avloddan-avlodlarga yetkazganlar,
Ye.E.Bertel’s mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axloqiy barkamollik,
shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.
Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi
orqali to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli
ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani qayd etilgan.
Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha, Markaziy
Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan xalqlari asosan chorvachilik
1
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 35-бет
2
va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy
(tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi
noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu
sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning
ijtimoiy
ong
faoliyatining
takomillashuvi,
xususiy
mulkning
dastlabki
kurtaklarining paydo bo‘lishi-yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga
aylangan. Qadimgi eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala
boshlangan. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy
davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar ortirgan
tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi.Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik
mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, aql-idrokli, odobli
bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar
yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob
munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi. Qadimgi odamlar tafakkurining
ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga ishonch hosil qilish uchun samoga sig‘ina
boshlaganlar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va
xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq
og‘zaki ijodi asarlarni yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga
munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmish-
“Avesto”da ifodalangan Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Yima singari
ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish,
yerlarni obod va serhosil qilish, ekin ekish, daraxtlarni o‘stirish uchun jamoa
harakati xususidagi mulohazalarni mujassamlashtirganlar.
Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boshlarida yaratilgan “To‘maris”,
“Shiroq”, “Yer hubbi”, “Chistoniyali bekk”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam”
singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik,
vatanparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, el-yurt manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy
fazilatlar tarannum etilgan va ana shunday fazilatlarga ega bo‘lish zarurligi
haqidagi g‘oyalar targ‘ib va tashviq qilingan. Muhimi shuki, mazkur asarlarda
insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq
udumlariga, ajdodlar an’anasiga bo‘y sunadigan, axloqan pok qilib kamol toptirish
masalalariga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining,
shu jumladan “Siyovush”, “Zarina va Stringey”, “Sparstra” dostonlarining
qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini mashhur sharqshunoslardan Ye. E. Bertel’s, S. P.
Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N. M. Mallayev va
boshqalarning asarlarida alohida ta’riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq
pedagogikasining ilk kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga tashlanadi. Xalq
pedagogikasidagi ta’lim va tarbiyaga doir fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy
xalqlar uchun mushtarak lirik she’rlar va qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan.
Qadimgi Yunonistonda mifologiya va xalq og‘zaki ijodiyoti nihoyatda
rivojlangan. Baxshilar qadimgi grek an’analarini uzluksiz davom ettirganlar, turli
3
afsonalarga kuylar bastalab bahodir va qahramonlarning madhini kuylar edilar.
Gomer qadimgi grek afsonalari asosida ikkita doston yaratgan. “Iliada”,
“Odesseya” deb nomlangan o‘sha dostonlarda greklarning janglardagi jasoratlari,
qahramonliklari, vatanparvarligi, jismoniy chiniqqanligi, mardlik fazilatlari she’ri
misralarda teran ifodalangan.
Qadimiy Yunonistonning ilk quldorlik davrida ikkita katta davlat-Afina va Sparta
paydo bo‘ldi, ularda o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi ham vujudga keldi. Masalan,
Afinada maktab tizimi uch tipdagi maktablardan, ya’ni musiqa maktabi, gimnastika
maktab va gimnaziya maktablaridan iborat edi.
Musiqa maktabi xususiy maktab bo‘lib, unda pul to‘lab o‘qitilar edi. Musiqa
maktablarida faqat 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il
bolalari o‘qirdilar. Bu tipdagi maktabda musiqiy tarbiya ham berilardi (“miza”
so‘zidan olingan, qadimgi Yunonistonda “muzi”-san’at, adabiyot va fan xudosi va
xomiysi) musiqiy ta’limotning mazmuni xat-savod, adabiyot, hisob, deklamatsiya,
ashula va musiqa darslarini o‘qitishdan iborat edi.
Gimnastik maktabi-palestra (kurash maktabi) deyilardi.bu ham ma’lum bir
toifadagi kishilarga qarashli maktab bo‘lib, unda 12 yoshga kirgan va ayni vaqtda
musiqa maktabida o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar pul to‘lab o‘qir edilar. Bu tipdagi
maktabda o‘smirlar yugurish, sakrash, disk irg‘itish, nayza sanchish va kurash
mashqini bajarardilar. Shu bilan birga suzish mashqlarini ham o‘tkazar edilar.
Gimnaziy davlatga qarashli maktab bo‘lib, unda asosan Afinadagi katta yer
egalari-kiborlarga mansub nomdor oilalardan chiqqan, musiqa va gimnastik
maktabini tamomlagan aslzoda yoshlar o‘qirdilar. Bunda ular 16 yoshdan 18
yoshgacha jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik tarbiya olishlarini davom ettirar
edilar. Bundan tashqari, aslzodalarni davlatni idora qilishga layoqatli qilib
tayyorlash maqsadida ularga falsafiy ta’lim va siyosiy tarbiya berilar, hamda
notiqlik san’ati o‘rgatilar edi. 18 yoshga to‘lgan aslzodalar efeblar guruhiga
mansub bo‘lib, ular 20 yoshgacha maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rar, ayni vaqtda
ijtimoiy-siyosiy tarbiya ham olar edilar. Mana shu ta’lim-tarbiya tizimi faqat o‘g‘il
bolalargagina tegishli edi. Qizlar esa yoshligidanoq uy-ro‘zg‘or ishlari bilan
shug‘ullanar edi.
Sparta davlatida jismoniy kamolotga katta e’tibor berilib, ayollar ham bu ishga
jalb etilgan. Chunki sog‘lom, baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni vujudga
keltirishi mumkin edi. Qullarning bolalariga esa, ota-onalarining kasb-hunarlari
o‘rgatilgan.
Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta’lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar.
Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu,
Demokrit va boshqalar o‘z faoliyatlarida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash
vazifalariga ham jiddiy e’tibor berganlar. Bu olim va mutafakkirlar ta’lim-tarbiya
nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan xissa
qo‘shdilar.
Suqrotning falsafiy va pedogogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni
bilimlarni bilib olishga erishish, uni yuksak ahloqli qilib kamol toptirishdir. U o‘z
4
ta’limotida mardlik, donolik, mo‘tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab
beradi. Uning fikricha, mardlik qo‘rquvni daf qilish, donolik-jamiyat qonunlariga
rioya qilish, mo‘tadillik-o‘z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat-yaxshilikni amalga
oshirish yo‘llarini o‘rgatishdir.
Suqrotning ta’limoticha, inson eng avvalo, umumiy ahloq mezonlarini, inson
uchun muqaddas bo‘lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Insoniy fazilat egasi
yaxshi fazilatlarni namoyon eta oladi. Inson ahloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta’lim
orqali egallaydi, ahloqning yagona sohibi bo‘ladi. Aql bilan ahloq o‘rtasida
ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug‘roq narsa yo‘q.
Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe’llikdan yomonroq
dushman yo‘qdir.
Suqrotning ahloq xususidagi ta’limotiga ko‘ra, ezgulik-bilim, donishmandlik-
yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshilikni yo
bilmaydi, yoki pirovardida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi.
Suqrot tadbirkorlikni ulug‘lab, uni eng go‘zal insoniy fazilat hisoblaydi. Uning
uqtirishicha, go‘zal tadbir ishlatib, dushmanni do‘st etish, nodon va johil odamni
ta’lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badohloq fosiqlarni pand-nasihat bilan
isloh etib yaxshilar qatoriga qo‘shish eng afzal amallardan sanaladi.
Suqrot o‘zining pedogogik qarashlarida mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beradi,
mehnatni ahloqiy go‘zallik deb biladi.
Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti qadimgi Yunonistonda falsafiy-
pedogogik fikrlar rivojiga ulkan xissa bo‘lib qo‘shilgan.
Aristotel-qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk
mutaffakkirdir. Aristotel o‘zining ahloqqa oid “Nikomax etikasi”, “Yendem
etikasi” asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan insonni tadrijiy
rivojlantirishdan iboratligini, aql va idrokni rivojlantirish muhim ekanligini aytadi.
Uning ta’limotiga ko‘ra, bolalarning yosh xususiyati hisobga olingan holda,
jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiya uzviy birlikda amalga oshirilishi kerak. Fuqaro
faqat o‘z shaxsiy ishi bilan shug‘ullanmay, xalqning tinchlikda yashashi,
farovonligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishi, go‘zallik yaratishi kerak. Aristotel tarbiya
muddatini 21 yil: bola tug‘ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14
yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rsatdi, har bir davrda amalga oshiradigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va
usullarini bayon etdi.
Aristotel ham Ploton kabi bolalarni maktabgacha yoshdan tarbiyalashga alohida
e’tibor berdi. Uning fikricha, bolani o‘rgatish mumkin bo‘lgan barcha narsaga
go‘dakligidan o‘rgatish kerak. Bola 7 yoshgacha oilada tarbiyalanishi lozim. 7
yoshgacha davr o‘sish davri hisoblanadi. Shunga ko‘ra birinchi navbatda ularning
jismonan rivojlanishiga e’tibor beriladi. Shu yoshdagi bolalarni o‘z vaqtida
ovqatlantirish, harakatda bo‘lishlariga e’tibor berish, chiniqtirish zarur. Bolalar
5
yoshlariga mos o‘yinlar bilan shug‘ullanishi kerak. Ularga ertak va xikoyalar aytib
berish orqali nutqlarini o‘stirish, 5 yoshdan boshlab ular oilada maktabga
tayyorlanishi, 7 yoshdan boshlab davlat huzuridagi maktablarda o‘qishi kerakligini
ta’kidlagan.
Aristotel bola tarbiyasi davlat ixtiyorida va barcha fuqarolar uchun bir xilda
bo‘lishini himoya qiladi. Chunki, davlat tarbiyada o‘z oldiga aniq bir maqsadni
qo‘yadi. Shuning uchun ham tarbiyaga o‘z xohishiga ko‘ra o‘qitish va tarbiyalashni
istagan ota-onalar emas, davlat rahbarlik qilishi kerak. Har bir fuqaro o‘z-o‘zicha
yashamaydi, u barcha fuqarolar kabi davlatga mansubdir, davlatning uzviy
bo‘lagidir. Davlat u haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Aristotelning ta’kidlashicha, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelgusida
o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv
predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq
holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib
ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda
o‘tkazishga o‘rgatishdir.
Aristotel do‘st orttirish, do‘stlarga nisbatan shavqatli, marhamatli bo‘lishga da’vat
etadi. Uning ta’kidlashicha, kishi iloji boricha o‘ziga dushman orttirmasligi kerak.
Dushmanlik ko‘rsatganga rahamat nazari bilan qarash, dilnavoz bo‘lishi kerak.
Shundagina u do‘stlari qatoridan joy oladi.
Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan mutaffakkir
olimlardan biri Demokritdir. U falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot,
ruhiyat, san’atga doir asarlar yaratib, inson shaxsini qaror topishini uning tabiati va
tarbiyasiga bog‘liq deb hisobladi. U agar inson o‘qimasa mahorat va
donishmandlikka erisha olmaydi deb hisoblagan. Demokrit yoshlarga aql-
idroklilik, keksalarga donolik xosligini, aql-idrokni tegishli tarbiya va tabiat baxsh
etishini olg‘a surgan.
Demokrit bolalarga namuna bo‘lish, so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish, ishontirish va
dalillar bilan tarbiyalashga, ularni mehnat qilishga odatlantirishga alohida ahamiyat
beradi. Uning ta’kidlashicha, mehnat qilishga odatlantirish orqaligina bolalarni
yozuvga, musiqaga, jismoniy mashqqa o‘rgatish mumkin. Demokrit jamiyat
oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etuvchi kishini
ahloqli inson deb hisoblagan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya.
6
Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros
yaratgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedogogik fikrlar
ilgari surilgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asrlar bo‘yi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida
shakllanib borgan barkamol insonga qaratilgan xalq og‘zaki va yozma
yodgorliklarida, ya’ni ertak, doston, qo‘shiq, topishmoq, tez aytish, masal, matal,
maqol, rivoyat va xikoyatlarida o‘z aksini topgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asta sekin keng tus olib, rivojlanib borgan. Bu zailda
insonlarda pedogogik madaniyat va merosga ixlos va intilish vujudga kelgan va
unga amal qilina boshlangan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida avvalo barkamol inson uchun ilm va hunar zarurligi
ta’kidlanadi. Xalq yaratgan hikoyalarda donishmandlik, aql va zakovat alohida
o‘rin egallagan. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan yaxshilikni
yomonlikka, ma’rifatni jaholatga, nurni zulmatga qarama-qarshi qo‘yib, hamisha
ma’rifatu ziyoni, adolatu ezgulikni olqishlab kelgan. Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit turk” kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, o‘zi och bo‘la
turib, saxiylik qilaman, deyish, g‘irromlik va boshqalar qattiq qoralangan, ota-ona,
qo‘ni-qo‘shnilarning pandu nasihatlariga quloq solish, og‘zdan yomon so‘zlar
chiqarmaslik, doimo kamtar, g‘amginlarning dardiga malham bo‘lishga undagan.
Bu kitobda ota-bobolarimizning inson xulqi, odobi, xatti-harakati, turmushdagi
urinishlariga doir juda ko‘p pand nasihatlar, ma’rifiy fikrlar mujassamlangan.
O‘rta Osiyo xalqlarining dastlabki yozma yodgorliklari, masalan, “Avesto”da
ajdodlarimizning axloqiy-didaktik qarashlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari u yoki
bu darajada o‘z aksini topgan. Avesto ta’limotiga ko‘ra ikki kuch: yaxshilik Axura
Mazda va yomonlik Angra Man’yu mavjud bo‘lib, ular bir birlariga abadiy
murosasizdirlar. Yaxshilik kuchlariga insonlarni yuksak fazilatlariga asoslanib
doimo insonga jismoniy, axloqiy, aqliy, tabiatni ximoya qilish, go‘zallikka doir
juda ko‘p muammolar mujassamlashgan. Jumladan, zardusht munojotlarida
Yazdondan yerda dehqonchiligu chorvachilikni rivojlantirish uchun bandalarining
sog‘lom, baquvvat bo‘lishini ta’minlashi iltijo qilingan, yaxshi ish, yaxshi xulq,
yaxshi odat ularda barqaror bo‘lishini tilagan.
“Avesto”da oila gigenasi, atrof-muxitni, aholi yashaydigan joylarni toza tutish,
ko‘cha, xovli, suv havzalari, ariq va chashmalarni iflos qilmaslik haqida maxsus
boblar mavjud. Chunonchi, ko‘cha eshigi yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon
sohibiga jamoaning hukmi bilan 25 darra, xovuz yoki chashmadan nopok ko‘za
7
yoki chelakda suv olgan shaxsga 5 darra urilgan. Suvning ustiga uch marta yomg‘ir
yog‘ib o‘tgach, u oldingidek odam va hayvonlar ichadigan suvga aylanadi, deb
hisoblangan. Yerni iflos qilgan, uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar 400 qamchi
urish jazosiga maxkum etilgan.
“Avesto”da bemorlarni davolashning ikki usuli ko‘rsatilgan. Undagi oila, shaxsiy
gigiyena hamda qiz va o‘g‘il bolalarni parvarishlash, tarbiyalash qoidalari haqidagi
fikr-mulohazalar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi.
Insonni har tamonlama tarbiyalash insoniyatni azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz
ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka
yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insoning ma’rifatli va
ma’naviy komilligiga erishish pedagogika faning yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. “Pedagogika” grekcha so‘z bo‘lib,
“peydogogos”- “bola yetaklovchi” ma’nosini anglatadi. Insonlarni ma’naviy va
ma’rifiy barkamollikka munosabatlarining o‘zgarib borishi natijasida pedagogika
fani xalq orasida o‘z mavqyeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi-fan
sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida o‘rin egalladi.
Pedagogikaning bosh masalasi-tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim,
rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga
yetkazishdir.
Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda
yuksak ma’naviy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarini
o‘rgatuvchi xodisalar doirasidagi fandir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, milliy va amaliy
asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy
tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon
ma’rifatparvar mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni
tarbiyalash, o‘qitishning qonun-qoida va tamoyillariining umumiy qonuniyatlariga
asoslanadi
Pedagogikaning milliy asosi ta’lim-tarbiya muammolarini har bir millatning
milliy merosi bilan birga umumbashariy, umuminsoniy
8
qadriyatlar bilan bog‘langan holda amalga oshirishdir.
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
Kelajak bugundan boshlanadi – deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti
uni inson qilib ko‘rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning qay maqsadga
yo‘naltirib, kelib chiqadigan muhim vazifalarni bajarishga bog‘liq. Pedagogika
fanining maqsadi tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida o‘z oldiga aniq
maqsad qo‘yib, uning o‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, tanlangan vosita va
usullarning qo‘llanishi natijasini ko‘ra bilish kabi tarbiyachilik san’atini o‘rgatishga
qaratilgan.
Pedagogika fanining maqsadi:
- Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi
muammolarini hal etish;
- ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib
chiqish masalalariga ijodiy yondoshish;
- umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-
tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
- pedagogika - tarbiyashunoslik qoida-qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib
borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
- bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni voyaga yetkazish masalalari;
- uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish.
Pedagogika fanining vazifalari:
- Sharq va G‘arb xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir,
ma’rifatparvar, pedogog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini
o‘rganib, tahlil qilib komil inson tarbiyalash jarayonini o‘rganish;
- komil inson tarkib toptirishning qonuniyat-qoida va zarur sifatlarini aniqlash;
- pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr
xususiy metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedogogik
texnologiya qonunlariga amal qilish;
- ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab
amaliy hayoti bilan bog‘lab bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
9
- xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib-bo‘lajak
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish.
Pedagogikaning metodologik asosi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli
sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Olloh yeru
osmonni yaratib insonni yer yuziga o‘zidan xalifa etib yaratdi. O‘zining mavjudligi
har bir ishga qodirligini , ilmda tengsizligini , mehru-muruvvatda beqiyosligini
bildirdi. Islomda ilm berishda bir biriga bog‘liq bo‘lgan din va dunyo haqida
tushuncha mavjud, ular alohida tushunchalar emasligi isbotlangan. Dunyoviy deb
ataladigan ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liqdir. Shuni
ta’kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy
fanlar tarkibida rivojlangan. Qur’onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta
takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod
etganlar.
Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Aristotel’, Platonlar ideyaga asoslangan
o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan.
Pedagogika ilmining asosini yaratishda Hadis, Qur’oni Karim, ya’ni Islom
ta’limoti katta rol’ o‘ynaydi.
Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasixatnoma,
pandnoma va vasiyatnomalarda komil inson tarbiyalash qonun-qoida va usullari
aks etgan.
Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va
pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon
Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy,
shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol’f
Disterverg, rus pedagogi K. D. Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning
metodologik asosini yaratib, komil inson tarbiyalashdagi qonuniyatlarni
asosladilar. Yangicha sharqona pedagogikaning metodologiyasi o‘tmish
ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi g‘oya va ta’limotlarini o‘rganib,
unga suyangan holda milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlash va unga amal
qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil usul va
vositalari, umuman, har bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha
asosga ega bo‘lishi kerak.
Prezidentimiz I. A. Karimov bu borada shunday degan edi:
10
“O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga
asoslanadi:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqli;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- vatanparvarlik”
O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda pedagogika
fani metodologiya asoslari unga bevosita bog‘langan holda har bir pedagogik
masalalarga ijodiy, rivojlantiruvchi nuqtai nazardan yondashish zarurdir.
Pedagogik tushunchalar.
Pedagogika fanida bir biriga uzviy bog‘langan quyidagi tushunchalar mavjud:
Tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisadir.
Tarbiya jismoniy barkamollik, yaxshini yomondan farqlash, yuksak insoniy
fazilatlarni shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma
bosqichlarida rivojlanib, o‘sib avloddan avlodga
vorislik vazifasini bajargan, lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi,
mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruriyatidan kelib chiqib yosh avlodni
tarbiyalash muammolari dastlab xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, yozma
yodgorliklari, pandnomalarda, ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo‘lib
komil inson uchun zaruriy xodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida
tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan. Tarbiya va odob, vatanga cheksiz
muhabbat, adolat, insof, adolatsizlik, botirlik, qo‘rqoqlik, mehnatsevarlik,
bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi hamdir.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining milliy pedagogika fanida tarbiya-inson
muammolari, ajdodlarimiz g‘oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi
zarur deb hisoblanadi:
- tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi mahsul bo‘lib, natijasini
insonninig yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
- inson kamolotining xarakterlovchi kuch o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni
mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon bo‘ladi;
11
- inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va xodisalarga qiziqishini uyg‘otish
va uni e’tiqodga aylantirish;
- tarbiya jarayoni yoshlarni kattalar bilan, kattalarni yoshlar bilan qonuniy
munosabati natijasida amalga oshiriladi.
Ta’lim tarbiya bir biriga uzviy bog‘langan jarayon bo‘lganligi sababli
tarbiyalangan komil insonning aqliy kamolotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali
bilimli, barkamol inson bo‘lib voyaga yetadi. Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga
chiqaruvchi pedagogika-tarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning
didaktika qismi uni atroflicha o‘rganadi.
Pedagogik ma’lumot o‘rta va oliy darajali bo‘lib, o‘rta ma’lumot maxsus
akademik litsey pedagogik kollejlarda bosqichli shaklda beriladi. Natijada o‘rta
ma’lumot haqidagi o‘qish davrida olgan mutaxassisligi haqida guvohnoma beriladi.
Oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar universitetlarda, pedagogika
institutlarida, bakalavriyat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi.
Pedagogika fanining tizimi.
Pedagogika fani komil insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan bozor
munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning boy manbaalari bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida
bilim, malaka hosil qilishda pedagogikaning ko‘p fanlar bilan aloqadorligi bilan
ulug‘dir.
Pedagogika fanlar tizimida etnopedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi,
maktab pedagogikasi, ahloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot
pedagogikasi, xarbiy pedagogika, maxsus pedagogika, kar, soqov (surdo)
pedagogika, ko‘rlar (tiflo) pedagogika, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno)
pedagogika, pedagogik maxorat kiradi.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganlagi sababli unga hamma
fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz,
u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonuniyatlariga
suyanadi.
Pedagogikaning metodik asosi, bilim nazariyasi va tarbiyadagi qonuniyatlari
bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Pedagogika fanidagi xalq ta’limi va bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda
12
anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi, kabi fanlarning o‘rni kattadir.
Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika,
EHM kabi fanlar bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik
bilan amalga oshiriladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol mafkurasini
shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik
muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-
mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy,
ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot xodisalarini bilish maqsadida hizmat qiladi. Ilmiy-
pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida
talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar.
Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan
boshlanadi.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Adabiyotlarni o‘rganishjarayonidamilliy va
umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog
olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga
doir adabiyotlar, O‘zbekiston yurtboshisi I. A. Karimov asarlari, tadqiqot
mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir
pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi.
Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish
rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti,
vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish
muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa
kuzatish obyektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma’lum xulosaga
kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib
borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd
qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan
foydalanish mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki xodisalari haqida bilib
olish maqsadida ma’lum ma’sul shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan
13
axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli,
aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval
tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv’yu olish ham mumkin.
O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib
boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi
anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini ishonchliligi anketalar mazmuniga,
berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi
tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriya eksperimenti
pedagogik eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga
bo‘linadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va
boshqalar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik
eksperiment bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayoning o‘tish sharoitlarini
muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik
jarayonni aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni
kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi
faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki
ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan
materiallarni aniq belgilashni, shuningdek eksperiment natijalarini har tomonlama
hisobga olishni talab etadi.
Labaratoriya pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shaklidir.
Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni
aniq tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon
beradigan sun’iy sharoit yaratiladi.
Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash.
Rivojlantirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga
ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar
soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z
ichiga oladi.
Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan
holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta
14
ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun
quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak:
Tekshiruvchilar soni va miqdorining optimal bo‘lishi;
Tadqiqot metodlarini ishonchli bo‘lishi;
Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning
samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika
metodlarining hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamida eksperiment
natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi – pedagogika xodisalari va faktlarini
tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab
hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab
hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini,
iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy
etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi – maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning
turli tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali
metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy
qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi.
Ta’lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari
va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va
takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqotga
kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish
mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli
xissa qo‘shadi.
Anketa metodi – o‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining
ma’lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va
qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada
ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari
bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon sanoat ishlab
chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan
15
texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida
va pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida
o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos
xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish
jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlardan kino, ovoz texnikasi, foto, televidiniye singari
texnika vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish
faoliyatlarini aktivlashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha
rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma’lum
maqsadda yengillashtiradi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini,
o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Milliy dasturni maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida yangi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar
tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatish va barqaror rivojlantirishining
kafolatlarini ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot
bazasini yaratish pedagogik tadqiqotni asosini tashkil etadi.
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy asoslari
Har bir model o‘sha mamlakatning tabiiy-geografik, iqtisodiy shart-sharoitlari,
ishlab chiqarish omillari va resurslari, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, va albatta,
mamlakat aholisining mentaliteti, tarixiy vamadaniy qadriyatlari, urf-odatlari,
an’analari, siyosiy tuzum hamda ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadi.
Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo
etish va uning asosida xalq turmush farovonligini oshirishdan iborat. Model yo‘l,
yo‘nalish eng avvalo mavjud tabiiy, ishlab chiqirish, nisbiy afzallik (ustunlik) va
buyuk aql-zakovatning amaldagi ifodasidir2.
“O‘zbek modeli” tushunchasining hayotga kirib kelganiga 20 yildan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida o‘zbek modelining
mohiyati va shakl shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi.
2
Тухлиев Н. Осиё тараққиёт модели.
-
Тошкент: Ўзбекистон, 2015. –
Б. 22
16
O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli o‘z xalqining tarixiy tajribasi, milliy
va madaniy an’analariga asoslanadi3.
Mustaqillik yillarida «O‘zbek modeli» deb nom olgan va dunyoda e’tirof etilgan
ana shu taraqqiyot strategiyasining negizida ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi.
To‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini o‘z
ichiga olgan, davlat tomonidan kafolatlangan bepul majburiy ta’lim tizimi joriy
etildi. Ta’lim muassalari yangitdan qurildi, mavjudlarida kapital ta’mirlash ishlari
bajarilib, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi,
o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratildi. O‘quv
jarayoni sifat va metodik jihatdan yangilanib, adabiyotlarning yangi avlodi
yaratildi, uzluksiz ta’lim tizimi modernizasiya qilindi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO’G’RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
2-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
3
Ўша китоб. –
Б 110.
17
davlat akkreditasiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek
nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb
yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda
o’quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning
bitiruvchilariga ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim
etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan
davlat mulki bo’lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga
va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga
nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy,
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo’yiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga
tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to’g’risidagi tegishli hujjat bilan
tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko’nikmalar darajasi;
mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy
tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va
o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish
huquqini beradigan lisenziya asosida ta’lim xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har
tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy
ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka
hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
tizimli jarayon;
ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o’quv binolarini, ilmiy-tadqiqot
institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni,
axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy
18
ovqatlanish obyektlarini o’z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan
iborat bo’lgan, o’quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori
samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan
ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar
va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestasiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash,
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o’quv dasturlariga muvofiq
kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo’yicha davlat
nazoratining asosiy shakli.
4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir
yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning
hamma uchun ochiqligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va
tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
19
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda. Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy
mavqyeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovasion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va o’quv
dasturlarini innovasion texnologiyalarni qo’llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limni va boshlang’ich professional ta’limni bepul
olish;
oilada yoki mustaqil o’qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy
o’rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditasiyadan o’tgan davlat ta’lim
muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o’tish huquqini berish orqali
ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va
qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
ta’lim olish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
6-modda. Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o’quv rejalari va o’quv
dasturlarini;
20
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlarini amalga
oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur
bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi
tashkilotlarni o’z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni
boshlang’ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek
«Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
9-modda. Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim
21
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim o’quv dasturlarini, zarur bilim,
malaka hamda ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o’rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang’ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o’rta ta’lim (V — IX sinflar);
o’rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o’rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga
to’ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang’ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o’rta ta’limni davom ettirish
uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko’nikmalar asoslarini
shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o’rta ta’lim o’quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka
va ko’nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o’rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so’ng) ta’lim oluvchilarda kasblar
bo’yicha birlamchi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional
tashxislash va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha choralar amalga oshiriladi.
O’rta ta’lim o’quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim,
malaka va ko’nikmalar o’zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi
tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini
ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo’naltirish, shuningdek ta’lim
oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy o’rta ta’lim umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy
bo’lgan o’n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus ta’lim akademik liseylarda to’qqiz yillik tayanch o’rta ta’lim asosida
ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual
qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-
xunarga va shaxsga yo’naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
22
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim to’lov-
shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod
va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil
etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar, shuningdek
uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarida, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv
shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar
soni o’ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.
10-modda. Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo’yicha quyidagi
darajalarni o’z ichiga oladi:
boshlang’ich professional ta’lim;
o’rta professional ta’lim;
o’rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari
negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha umumta’lim fanlarining va
mutaxassislik fanlarining ikki yillik integrasiyalashgan dasturlari asosida amalga
oshiriladi.
O’rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to’lov-shartnoma
asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda,
davomiyligi ikki yilgacha bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari
bo’yicha umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim hamda boshlang’ich professional
ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o’rta, o’rta maxsus,
boshlang’ich professional va o’rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi
yoki to’lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo’lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi.
23
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to’qqiz
yillik umumiy o’rta va uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar
ham o’rta professional va o’rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o’zi
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo’lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish
huquqiga ega.
11-modda. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o’rta (o’n bir
yillik ta’lim), o’rta maxsus (to’qqiz yillik tayanch o’rta va ikki yillik o’rta maxsus
ta’lim), boshlang’ich professional ta’lim (to’qqiz yillik tayanch o’rta va ikki yillik
boshlang’ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga
kirguniga qadar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to’qqiz yillik umumiy o’rta va
uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish
huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha chuqurlashtirilgan bilim,
malaka va ko’nikmalar beradigan, o’qish davomiyligi kamida uch yil bo’lgan
tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo’yicha o’qish
davomiyligi kamida bir yil bo’lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo’lgan bakalavriat ta’lim
yo’nalishlarining ro’yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi
tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish
huquqiga ega.
12-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
24
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertasiyasini tayyorlash va himoya
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganishni va ilmiy izlanishlar olib
borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi
ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan
doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli
hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar
berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy
ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida
belgilanadi.
13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo’lgan
yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo’shimcha kasbiy bilim,
malaka va ko’nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning
chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari
tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
25
14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish
uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo’nalishidagi maktabdan
tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi
sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o’smirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari,
bolalar-o’smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar,
axborot-kutubxona hamda sog’lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash.
16-modda. Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar
tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni axborot-kommunikasiya
26
texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog’idan foydalangan holda
masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni
olishga qaratilgan bo’lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy
qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko’maklashadi.
Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat
yordami ko’rsatilgan holda tegishli o’quv dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim
oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan
holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa
qonuniy vakillari o’rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni
kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjatni berish davlat ta’lim
muassasalarining tasdiqlangan o’quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga
oshiriladi.
19-modda. Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish
Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida
o’qitishning markaziy tarkibiy qismi bo’lib, ta’lim berish hamda o’qitishning
jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini
27
ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o’z ichiga oladi, shuningdek rasmiy,
norasmiy va informal o’qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan
akkreditasiyadan o’tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi
institusionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi),
aniq maqsadga yo’naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki
tashkilot tomonidan institusionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo’naltirilgan va rejalashtirilgan bo’lib,
shaxsni butun hayoti davomida o’qitishdagi rasmiy ta’limga qo’shimcha va (yoki)
uning muqobilidir.
Informal ta’lim aniq maqsadga yo’naltirilgan, ammo institusionallashtirilmagan
(muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy
ta’limdan ko’ra kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi,
ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi o’quv faoliyatini o’z ichiga
olishi mumkin.
20-modda. Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida
ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar)
uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o’quv dasturlarini mustaqil ravishda
o’zlashtirishni o’z ichiga olib, uning yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan davlat
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestasiyalaridan o’tishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida
kadrlarni tayyorlash
28
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni
tayyorlash ularning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish
23-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi
vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini
ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan, pedagog
kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestasiyadan o’tkazish, nodavlat ta’lim
tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini
beradigan lisenziyalar (bundan buyon matnda lisenziya deb yuritiladi) berish,
ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga apostil qo’yish tartibini belgilaydi;
pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini
baholash tartibini belgilaydi;
xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida
ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibini
belgilaydi;
davlat namunasidagi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjatlar berish tartibini
belgilaydi;
eksternat tartibida o’qitishga yo’l qo’yilmaydigan ta’lim yo’nalishlari,
mutaxassisliklar va kasblar ro’yxatini tasdiqlaydi;
faqat davlat ta’lim muassasalarida o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlari,
mutaxassisliklar va kasblar ro’yxatini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
29
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil
etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo’lgan nodavlat oliy ta’lim
tashkilotlari, qo’shma ta’lim muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil
etiladigan ta’lim muassasalari va boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga
tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
ta’lim oluvchilarni akkreditasiya qilingan bir ta’lim tashkilotidan boshqasiga
ko’chirish, shuningdek ularni o’qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini
belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotlarida
kadrlarni tayyorlash bo’yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik
talablarni belgilaydi;
darsliklar va o’quv qo’llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini,
shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga
qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb
yuritiladi) ta’lim tizimida o’quv-tarbiya jarayoni, professor-o’qituvchilar tarkibi,
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan
nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan, shuningdek
ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestasiyadan o’tkazadi;
30
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga
oshiradi;
maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va maktabdan tashqari
ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini
berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlari yuzasidan tegishli
davlat boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
Ta’lim inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
25-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi
vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash,
o’qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga
oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlaydi;
davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablar faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy
rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatasiya qilish
ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
26-modda. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
31
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlaridir.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga
oshiradi;
ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik
qilishni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat
standarti) va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va kasbiy
tayyorgarligi sifatiga qo’yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat
standartini) va davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni
tasdiqlaydi;
ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash tartibini
belgilaydi;
professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta’limning bakalavriat
ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va
ta’lim sohalari ro’yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o’qitishning ilg’or shakllari, yangi pedagogik
texnologiyalar, o’qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o’quv dasturlarini takomillashtiradi;
o’quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o’zlashtirishni baholashga, o’quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat
attestasiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi,
shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
32
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta
tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni
ishlab chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda
davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan
respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
o’z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun
moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish
masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni
(mikrouchastkalarni) belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga
ko’maklashadi;
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini
shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish
bo’yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
o’z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi
va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirishga ko’maklashadi;
umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga
ko’maklashadi.
33
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv (vasiylik) kengashi;
oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari
ishtirok etadi.
4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
29-modda. Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O’zbekiston Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari,
shuningdek xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi
bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka
tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati
bilan shug’ullanishga haqli.
Ta’lim tashkilotlari o’z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida
yuritadi.
Ta’lim tashkilotlari o’quv-tarbiya va o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga
birlashishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga
yo’l qo’yilmaydi.
30-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
34
Davlat oliy ta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning
filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o’rta maxsus, professional ta’lim
tashkilotlari va ularning filiallari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bo’lgan
ehtiyojlarini, shuningdek aholining oliy ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojini
qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining
filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo’linmalari tashkil etilishi
mumkin.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining bo’linmalari O’zbekiston Respublikasida
yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta’lim
muassasalari filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo’linmalari
faoliyatini tashkil etish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar
Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha davlat ta’lim
muassasalari:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar
shaklida;
tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy
ta’lim muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika bo’ysunuvida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari tomonidan
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’ysunuvida
tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi bilan kelishilgan holda;
35
tumanlar va shaharlar bo’ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil
etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan
amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi
ma’lumotlar davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda
O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy
organlariga taqdim etiladi.
31-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o’z faoliyatini lisenziya asosida amalga oshiradi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim
xizmatlari ko’rsatadi.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini
ko’rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni beradi.
Mustaqil ishlab chiqilgan va lisenziyada ko’rsatilgan o’quv dasturlari bo’yicha
ta’lim xizmatlari ko’rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga
O’zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va
yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb
qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’radi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o’quv dasturlari bo’yicha
o’qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va
nodavlat ta’lim tashkiloti o’rtasida tuziladigan, o’qitish muddatlari, shartlari va
to’lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar
belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi
36
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim turlarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga
olgan holda ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko’rsatiladi:
ta’lim turi va shakli;
ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta’lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha xodimlar,
ma’muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan
tashqari ta’lim tashkilotlari uchun — O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan;
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o’rta maxsus,
professional va oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O’zbekiston Respublikasi Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha ta’lim
tashkilotlari uchun — tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan
ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan
tasdiqlanadi va hududiy tegishlilik bo’yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan
ro’yxatga olinadi.
33-modda. Ta’lim berish tili
37
Ta’lim tashkilotlarida o’qitish tilidan foydalanish tartibi «Davlat tili haqida»gi
O’zbekiston RespublikasiQonuni bilan tartibga solinadi.
34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional hamda oliy
ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari
to’g’risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat
standarti qo’llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha
ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi
qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va lisenziyada ko’rsatilgan
o’quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim
standartlari, malaka talablari, oliy ta’lim, o’rta maxsus ta’lim hamda professional
ta’limning o’quv rejalari va o’quv dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu
maqsadlar uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning
talabgorlari ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o’quv
rejalari va o’quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim
standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’limning davlat
ta’lim standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional, o’rta maxsus va umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim
standartlari, malaka talablari, o’quv rejalari va o’quv dasturlari tegishincha
38
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan
tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va
idoralar davlat ta’lim standartlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi
organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan shaxslarni o’qitish
maxsus o’quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim
muassasalariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o’quv dasturlari, malaka
talablari hamda o’quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko’rsatish bo’yicha
vakolatlarni berishi mumkin.
35-modda. Ta’lim jarayoniga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish
O’quv rejalari va o’quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda
vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o’quv rejalari va o’quv
dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o’quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol
toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko’nikmalarni, saviyani
shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o’quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli
kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish ta’lim
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
39
O’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, o’qitishning innovasion shakllari va usullari, axborot-
kommunikasiya texnologiyalari qo’llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish chog’ida ta’lim
tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o’qitish texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
O’quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o’qitishning
boshlanishi, muddati va davriyligi, o’quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot,
ta’tillar hamda attestasiya, ajratilgan haftalar soni, o’rganiladigan fanlar (modullar)
va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks
ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishga doir o’quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o’tash nazarda
tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o’tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o’quv rejalari davlat ta’lim standartlariga
muvofiq mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-
ilmiy, gumanitar va qo’shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O’quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo’l bilan qo’shimcha fanlarni kiritishga yo’l
qo’yilmaydi.
36-modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovasion faoliyat
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovasion faoliyat ta’limni modernizasiya
qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va
resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o’tkazishga hamda ta’lim jarayoniga
joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovasion faoliyatni amalga oshirish
tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat
hokimiyati organlari innovasion o’quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish
hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o’z vakolatlari doirasida
shart-sharoitlar yaratadi.
40
Iqtisodiy rivojlanish va innovasion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
davlat tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari
natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar,
shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining yanada takomillashtirilgan
shakllariga bosqichma-bosqich o’tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovasion faoliyatda masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-
saytlarida Internet jahon tarmog’ida joylashtiriladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati
to’g’risidagi ochiq axborot resurslari bilan ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim tashkilotining ustavi;
ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
lisenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim tashkilotining reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi
sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yo’nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish
uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to’g’risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
ta’lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam
ko’rsatishning mavjudligi va shartlari to’g’risidagi ma’lumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek
to’lov miqdori to’g’risidagi ma’lumot;
pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy
salohiyati to’g’risidagi ma’lumot.
41
Ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning
ishonchligini ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan
javobgardir.
Ayrim ta’lim tashkilotlarining faoliyati to’g’risidagi axborotdan foydalanish
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
38-modda. Ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish
Ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim
olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi,
shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq
imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa
qonuniy vakillarini ustav, lisenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat
akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikat, o’quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini
tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari
bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar o’qishga o’z
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik liseylarga,
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o’qishga qabul qilish
tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida o’qishga
qabul qilish chog’ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni o’tkazish tartibi to’g’risidagi
axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish
davlat granti va (yoki) to’lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim
tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O’zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga
qabul qilish to’lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar
mustasno) amalga oshiriladi.
42
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o’qishga qabul qilish parametrlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish chog’ida imtiyozli kontingent
uchun qo’shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
39-modda. Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga maqsadli qabul qilish
Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga maqsadli qabul qilish tegishli
hududlarning, sohalar va tarmoqlarning kadrlarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari
doirasida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga maqsadli qabul qilish kadrlar
buyurtmachilari, davlat ta’lim muassasalari va fuqarolar o’rtasida tuziladigan
shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o’qishga kirish
umumiy asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda. Ta’lim to’g’risidagi hujjat
Akkreditasiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va
davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom,
sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan hamda
akkreditasiya qilingan davlat ta’lim muassasalarining tegishli o’quv dasturlari
bo’yicha eksternat tartibida yakuniy va davlat attestasiyasidan o’tgan shaxslarga
ham beriladi.
O’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim to’g’risidagi diplomga
o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari va fanlar bo’yicha baholari
yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Tegishli ilmiy darajani olish uchun dissertasiya himoya qilgan shaxslarga falsafa
doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc)
ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom
topshiriladi.
43
O’zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi
ikki tomonlama bitimlar asosida ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni o’zaro tan olish
amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz ta’limning tegishli turini tamomlamagan shaxslarga belgilangan
namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjat,
shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan O’zbekiston
Respublikasida tan olinadigan ta’lim to’g’risidagi hujjat uzluksiz ta’limning
keyingi turi (darajasi) bo’yicha o’qishni davom ettirish yoki tegishli mutaxassislik
va kasb bo’yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy davlatlarning va O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari
o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga O’zbekiston
Respublikasi hududida oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjat sifatida tan olinadigan
ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkin.
41-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o’sishini va sifatining oshishini
rag’batlantirish;
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
o’qitish sifatining yuqori ko’rsatkichlariga erishish;
mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida
belgilanadi.
Reytingni belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar
bo’ladi.
42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining o’zgarishi
sur’atlarini, ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni
o’rganish va kuzatishni, shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti to’g’risidagi
44
ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini tahlil etishni o’z ichiga
oladi.
Ta’lim tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi
vakolatli davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo’linmalari tomonidan
amalga oshiriladi.
Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to’g’risidagi axborot
Ta’lim inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlarining va ular hududiy bo’linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining
rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim
tizimi monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlarining va ular hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati
davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga,
shuningdek ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash yo’li bilan amalga
oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Ta’lim
inspeksiyasiga, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga
ko’maklashadi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim
to’g’risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Ta’lim
inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi.
Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Ta’lim inspeksiyasi ta’lim
tashkilotining davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikatini qonun hujjatlariga
muvofiq bekor qilishga haqli.
Ta’lim sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bo’lmagan organlar
tomonidan ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini,
pedagog xodimlarining mehnat faoliyatini, ta’lim oluvchilarining o’zlashtirishini
tekshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Ta’lim inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakilni
45
xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va
monitoringni amalga oshiradi.
5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo’lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga
ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega. Magistraturani
tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o’z mutaxassisligi bo’yicha
pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, pedagogik
oliy ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o’tganidan
keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanish huquqi beriladi.
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o’tmasdan
professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga haqli.
Zarurat bo’lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi
ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan, oliy
ma’lumoti bo’lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo’shimcha
mashg’ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog
xodimlar ijtimoiy qo’llab-quvvatlanadi, o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi,
ularning ijtimoiy maqomi va obro’sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlar yaratiladi, shuningdek o’z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va
ishchanlik obro’si davlat himoyasi ostida bo’ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim
oluvchilarning bilimlarini to’g’ri va xolis baholashga ta’sir ko’rsatishga,
shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga
to’sqinlik qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
46
o’z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini himoya qilish;
o’quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish,
o’qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o’quv fanlari, kurslari,
modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko’rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o’qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin
tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini
talab qilish;
o’quv, ilmiy va uslubiy yo’nalishlardagi axborot-resurs markazlarining
xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o’quv
rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental
faoliyatda ishtirok etish, innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan
bog’liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo’lish,
xodimlarining vakillari bo’lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida
qatnashish;
o’z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish
uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o’z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog’liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko’rikdan o’tish (davlat
ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok
etish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo’lishi mumkin.
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog’liq bo’lmagan har
qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
47
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro’sini hurmat qilishi;
o’quv mashg’ulotlarini sifatli o’tkazishi;
axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan, o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda
innovasion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o’ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy
salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor
(sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan shaxslarni o’qitish uchun shart-sharoitlar
yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat
tartibi qoidalariga rioya etishi;
o’z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga
muvofiqlik jihatidan davriy attestasiyadan o’tishi;
tibbiy ko’rikdan o’z vaqtida o’tishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonun hujjatlariga, shuningdek ta’lim oluvchi
va ta’lim tashkiloti o’rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika
normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan
belgilanadi.
6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy
vakillarining huquq va majburiyatlari
47-modda. Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
48
bepul asosda umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim va boshlang’ich professional
ta’lim olish;
yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o’rta ta’lim muassasasiga
qabul qilinish;
ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga muvofiq
sifatli ta’lim olish;
ta’lim olish uchun o’zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga
olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo’lish, shuningdek bepul psixologik-
tibbiy xizmatlardan foydalanish;
davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional
ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab
chiqilgan, o’zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan
hayoti va sog’lig’iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo’ravonlikdan,
shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o’qishni tiklash va o’qishini boshqa
ta’lim tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo’nalishidan,
mutaxassisligidan boshqasiga ko’chirish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok
etish;
ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o’quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish,
madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy,
eksperimental va innovasion faoliyatida ishtirok etish.
Ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog’liq bo’lmagan
ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
49
48-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar:
o’quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishi,
mashg’ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko’rishi, pedagog
xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki)
ruhiy zo’ravonlik ishlatmasligi va ularning o’z majburiyatlarini bajarishiga
to’sqinlik qilmasligi;
ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari
qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa
ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o’z dunyoqarashini
kengaytirishga intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro’sini hurmat qilishi;
ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo’yiladigan talablar
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni vaqtincha yashash joylari
bilan ta’minlash
Kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim tashkilotida ta’lim oluvchilarga, shuningdek
sirtqi ta’lim shaklida yakuniy va oraliq attestasiya davrida vaqtincha yashash
joylari, ular mavjud bo’lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha yashash joylari ta’lim oluvchilarga ta’lim tashkiloti tomonidan
belgilangan tartibga muvofiq beriladi.
50
Vaqtincha yashash joylariga muhtojlar mavjud bo’lgan hollarda, ushbu joylardan
boshqa maqsadlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Vaqtincha yashash joylaridan foydalanish uchun ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq haq to’lanadi.
Vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun to’lov miqdori ta’lim tashkiloti
tomonidan belgilanadi.
Davlat ta’lim muassasalari ayrim turdagi ta’lim oluvchilar uchun vaqtincha
yashash joyidan foydalanganlik uchun to’lov qiymatini kamaytirishga yoki ularni
to’lovdan to’liq ozod qilishga haqli. Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan
mahrum bo’lgan bolalar, shuningdek o’qitish davrida yetim bo’lib qolgan bolalar,
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar)
vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to’lashdan ozod qilinadi.
51-modda. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa
qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari
bolaning o’qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi
uchun mas’uldir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda,
ularning jismoniy hamda ruhiy sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlashda,
shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda
boshqa qonuniy vakillariga ko’maklashadi.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari
quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarga,
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalarga oilada ta’lim olish
imkoniyatini berish;
oilada ta’lim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning o’qishini
ta’limning har qanday bosqichida ta’lim tashkilotida davom ettirish to’g’risida
qaror qabul qilish;
51
ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ta’lim tashkilotlariga
xayriya yordami ko’rsatish bo’yicha takliflar kiritish;
ta’lim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa ta’sis hujjati, lisenziyasi, davlat
akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikati, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim
talablari, malaka talablari, o’quv rejalari va o’quv dasturlari bilan tanishish;
ta’limning mazmuni, qo’llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim
texnologiyalari bilan, shuningdek o’z bolalarining o’quv fanlarini o’zlashtirishi
natijalari bilan tanishish;
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok
etish.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
o’z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
bolalarining umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim yoki boshlang’ich professional
ta’lim olishini ta’minlashi;
bolalarining o’quv mashg’ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o’zlashtirishi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
o’z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratishi;
ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-
qoidalariga rioya etishi;
jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus
vakolatlarsiz o’z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi
shart.
52
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari
zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar,
stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
To’lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi
mumkin.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonun
hujjatlariga, o’z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan
oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan
bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy
o’sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
53-modda. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan
kafolatlanadi.
Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi
belgilanadi, haq to’lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va
kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga
oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan
sog’liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to’lash uchun mavjud bo’lgan mablag’lar
doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan
ustamalar belgilashga va mehnatga haq to’lash hamda uni rag’batlantirishning turli
shakllarini qo’llashga haqli.
54-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining
qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti
53
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan
mahrum bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarni
(shaxslarni) o’qitish hamda tarbiyalash
Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning
(shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta, o’rta
maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o’rta,
o’rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan, shuningdek uzoq
vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash uchun
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni
ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki
boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat
ta’minotida bo’ladi.
56-modda. Ijtimoiy reabilitasiyaga muhtoj bo’lgan bolalarni (shaxslarni) o’qitish
va tarbiyalash
Alohida sharoitlarda o’qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo’lgan bolalar (shaxslar)
uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitasiya
qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalari tashkil
etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan
bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi
uchun sharoitlar yaratiladi.
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash, ta’lim tashkilotlarini
attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish. Xorijiy davlatda olingan
ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo’yish
57-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash
54
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash «Faoliyatning ayrim
turlarini lisenziyalash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
tartibga solinadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziya berish, lisenziyaning amal qilishini
to’xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Lisenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi.
58-modda. Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan
o’tkazish
O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan maktabgacha,
umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek
maktabdan tashqari ta’limni, oliy ta’limdan keyingi ta’limni, kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari
davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o’quv dasturlariga
muvofiqlik jihatidan attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish besh
yil muddatga amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish ta’lim
tashkilotlarining arizasiga ko’ra Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza akkreditasiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestasiya ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va
tashqi baholash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash ta’lim tashkilotining o’zini o’zi baholashidir.
Tashqi baholash ichki baholash o’tkazilganidan keyin Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat
qo’mitalari, idoralari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil
etilgan ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan e’tiboran besh yil mobaynida
akkreditasiya qilingan hisoblanadi.
55
Nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e’tiboran besh yil davomida
akkreditasiyadan o’tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda
belgilangan tartibda attestasiya va akkreditasiyadan o’tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditasiyasidan o’tkazish maqsadida Ta’lim
inspeksiyasi huzurida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi davlat akkreditasiya komissiyasi
tuziladi.
Davlat akkreditasiyasi ta’lim tashkilotining attestasiyasi asosida amalga oshiriladi.
Doimiy faoliyat ko’rsatuvchi davlat akkreditasiya komissiyasi ta’lim tashkilotining
maqomini va uning faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga
va o’quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditasiyasi to’g’risida ijobiy qaror qabul qilingan
taqdirda, unga davlat akkreditasiyasining amal qilish muddati ko’rsatilgan holda
belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat
akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining
qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarining talablari yoki sertifikatda ko’rsatilgan
shartlar buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti
tomonidan bartaraf etilmagan hollarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat
akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish xaqida qaror
qabul qilinadi.
Davlat akkreditasiyasidan o’tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining
reyestriga kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy
veb-saytiga joylashtiriladi.
59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan
o’tkazish
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o’tkazilishidan oldin ular
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestasiyadan o’tkazish mezonlari
va ko’rsatkichlari asosida o’z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan
o’tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o’z faoliyati tashqi baholashdan o’tkazilishidan ikki oy oldin
ichki baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
56
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini
o’rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida
foydalanadi.
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun
javobgar bo’ladi.
60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to’g’risidagi hujjat tan
olish jarayonidan o’tkazilganidan keyin O’zbekiston Respublikasining butun
hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining
haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga
muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qo’yiladi.
Apostilga qo’yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo’shimcha ravishda tasdiqlashni
talab etmaydi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish Ta’lim
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
62-modda. Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan,
kadrlar buyurtmachilarining mablag’lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari
mablag’lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
amalga oshiriladi.
57
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar
buyurtmachilarining pul va moddiy mablag’lari hamda qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy
faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarida qo’shimcha ta’lim xizmatlari ko’rsatganlik uchun
haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish
hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish hisobidan olingan pul
mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo’shimcha manbalari quyidagilardan
iborat:
shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan
tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag’lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o’quv-
uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan
mablag’lar;
ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va
ko’rsatilgan xizmatlarni realizasiya qilishdan olingan daromadlar;
binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan
mablag’lar;
ta’lim tashkilotlarining bo’sh turgan pul mablag’larini bank muassasalariga
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag’lari (foizlar);
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan ajratiladigan mablag’lar;
bank kreditlari va ssudalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag’lari.
58
Maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limda va boshlang’ich professional
ta’limda ajratiladigan mablag’lar summalari O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag’lar tarbiyalanuvchilar va
ta’lim oluvchilarning o’qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo’naltiriladi.
63-modda. Ta’limni rivojlantirish jamg’armalari
Ta’limni rivojlantirish jamg’armalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
davlat muassasalari hamda tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu
jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hamda ajratmalari,
shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil
etilishi mumkin.
64-modda. Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning
muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik
loyihasini amalga oshirish uchun o’z resurslarini birlashtirishiga asoslangan
hamkorlikdir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida
tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik «Davlat-xususiy sheriklik
to’g’risida»gi O’zbekiston RespublikasiQonuni prinsiplari, normalari va
qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
65-modda. Ta’lim sohasiga investisiyalarni jalb etish
Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek
investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investisiyalarni jalb etish
uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini
ta’minlaydi.
66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim tashkilotlari o’z mulkiga, xo’jalik yurituvidagi yoki operativ
boshqaruvidagi mulkka ega bo’lishi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo’jalik yurituvida
bo’lgan obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning,
o’quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha
59
turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko’chmas mulk obyektlarining, shu
jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk obyektlarining) xususiylashtirilishiga
yo’l qo’yilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil
etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o’tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari
qanoatlantirilgandan so’ng, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim
muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo’shma fakultetlar, o’quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va
dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga
oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o’tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o’qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini
amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.
Ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim
muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga
oshirishi mumkin.
68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
60
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan
hamkorlik qiladi;
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning
ta’lim muassasalariga o’qish uchun yuboradi;
pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
o’z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va
stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda
ishtirok etishini qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga
muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha boshqa
tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
69-modda. Xorijda ta’lim olish
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar O’zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda
ta’lim olish huquqiga ega.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
70-modda. Nizolarni hal etish
Ta’lim sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
71-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo’ladi.
72-modda. O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini
yo’qotgan deb topish
Quyidagilar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin:
61
Kadrlar tayyorlashning milliy modelini hayotga tatbiq etishning ahamiyati
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari. Kadrlar tayyorlash
milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va
ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va
ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza,
loyiha hisoblanadi (2-chizma):
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli
va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati mustaqil
ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida umumiy ta’lim
dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o‘tilishiga zamin
yaratadi1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi
xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
1Ўша манба, –
34-
бет.
Давлат,
жамият
Узлуксиз таълим
Шахс
Фан
Ишлаб
чиқариш
62
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan
asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek,
o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi.
Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida
kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori
darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni
qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim.
Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan
to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta
o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor
yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-
hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat
ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish
sohasida faoliyat ko‘rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok
etadi»1.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish
va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu
bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi,
iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat
va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi
1Ўша манба, –
30-
бет.
63
uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga
oluvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda
quyidagilarga kafolat beradi:
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning
ro‘yobga chiqarilishiga;
majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida
ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini olishga;
davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’limni olish huquqiga;
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga1.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib,
ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor
soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori
malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi2.
1Ўша манба, –
30-31-
бетлар.
2Ўша манба, –
31-
бет.
64
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay
davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini
o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr
sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda
o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
ta’limning ustuvorligi;
ta’limning demokratlashuvi;
ta’limning insonparvarlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish1.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari
ham aniq ko‘ratib berilgan. Mazkur yo‘nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va
nodavlat ta’lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy
jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini tubdan o‘zgartirish; majburiy o‘rta
umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash; yangi
tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va
mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ta’limning barcha
daraja va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini
rivojlantirish; ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim muassasalarini
mintaqalashtirish; shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar,
jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish;
1Ўша манба, –
31-32-
бетлар.
65
ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan
ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish
bilan integrasiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub yerli millatga mansub
bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o‘z ona tillarida ta’lim
olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha
darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-
gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar
tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi
yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli
foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar
infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun
bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy
tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni
qamrab oladi»1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana
shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim
dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni
amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi»2.
5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning
tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan
ta’minlash jarayonining qatnashchisichisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi,
darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari
va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy
2Ўша асар, 171
-
бет.
66
texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi»1.
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni
tayyorlashni, guruhlarni va o‘quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib,
mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag‘batlantiradi, ularni
moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi»2.
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi
iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu
faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo‘lida uzluksiz
ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-
quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash
tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi va
ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan
«ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanilib kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni
ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining
ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va
malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli,
komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek
xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida o‘ziga xos, takrorlanmas, tarixiy
an’analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to‘la javob bera oladigan
kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
Zamonaviy o‘qituvchi va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar
Pedagoglik kasbi, uning paydo bo‘lishi va ravnaq topishi. Pedagoglik kasbining
shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog‘liq. Terib-termachlab kun
kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o‘zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov
67
qilish, turli daraxt mevalarini terish, o‘simliklarning ildizi kovlab olish, suv
manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatganlar. Bunday
harakatlar qabila (urug‘)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga
oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida olib borilayotgan xatti-
harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida
atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning
namunalari asosida o‘zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar bu kabi
harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni
sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo‘lishi, shuningdek, urug‘ jamoasi
tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga
nisbatan munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan
kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga
bo‘lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati
yo‘nalishida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga
muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o‘rgatuvchi
kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarni
berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo‘lib,
ularda bolalarga ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvi asoslari o‘rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy
qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya»
so‘zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV
asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z
shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi
maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va Yunonistonda
bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim
maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular
«pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi»
demakdir.
68
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish
bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki
ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga
diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o‘rgatilgan.
O‘rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko‘rinishidagi ta’lim muassasalari ham
faoliyat yuritgan bo‘lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag‘dod), «Ma’mun
akademiyasi» (XI ar boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV
asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari
bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo‘lib, ular
tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, medisina, astronomiya kabi
yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O‘rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya
(Sharqda madrasa)lar ko‘rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk,
turli sohalar bo‘yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat
yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o‘z davrining taniqli olimlari – Ali
qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, /iyosiddin Jamshid
Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining
asoschilari, taniqli ma’rifatparvarlar – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla
Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat
murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar.
Sharq mutafakkirlari va G‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan
o‘rni haqida. Jamiyat tomonidan o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablar o‘z
davrida Sharq mutafakirlari hamda G‘arb ma’rifatparvarlarining asarlarida o‘z
aksini topgan.
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar
o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishlariga alohida ahamiyat
qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o‘qituvchi boshqalardan bir jihati bilan
farq qiladi, ya’ni, u o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o‘rgatadi, har
bir ishda ularga namuna bo‘la oladi.
69
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida o‘qituvchi bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli
burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiyatga erishish
garovi bo‘lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish;
ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
fanga qiziqtira olishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berish;
har bir so‘zning boalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish1.
Alisher Navoiy o‘z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‘lgan sifatlar, xususan,
qattiqqo‘llik, ta’magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o‘qituvchining ma’naviy
qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo‘yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g‘arazi
mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars
berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va qavqo yurgizmasa,
nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni
boshi unga o‘rin bo‘lmasa. ... Yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa,
nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol
qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga
qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»2.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o‘tadi:
«Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir
kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va
adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima yetsin.
Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha
mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning
1Раҳимов С. Абу Али ибн Сино, Таълим ва тарбия ҳақида. –
Тошкент, Ўқитувчи, 1967. –
75-
бет.
2 АлишерНавоий. Маҳбуб ул
-
қулуб. Асарлар. Ўн беш томлик. 13 том. –
Тошкент, Бадиий адабиёт
нашриёти, 1966. –
189-190-
бетлар.
70
haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq
qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila»1.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida o‘qituvchi shaxsi va uning
faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. Allomaning qayd
etishicha, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar,
uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanligini
ta’kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish
muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir
vazifa» ekanligini ta’kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning
tarbiyasiga bog‘liqdur»2, - deydi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchining bola dunyoqarashini
rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzidagi har qanday
kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi.
Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-
qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o‘qituvchi obrazini
tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo‘lishi maqsadga
muvofiqligiga urg‘u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi,
o‘quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi,
o‘quvchilarni o‘z ortida ergashtiruvchi va diniy e’tiqod.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi
hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish
maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning
ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk
bor asoslaydi.
O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar. «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim
tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim
1, АлишерНавоий. Маҳбуб ул
-
қулуб. Асарлар. Ўн беш томлик. 13 том. –
Тошкент, Бадиий адабиёт
нашриёти, 1966. 192
-193-
бетлар.
2Хошимов К. ва бошқалар. Педагогика тарихи //Педагогика олий ўқув юртлари ва дорилфунунлар
талабалари учун қўлл.
-
Тошкент, Ўқитувчи, 1996,
- 301-
бет.
71
muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish
ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda
qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur
holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti,
balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini
anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda.
Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar,
haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi
kerak»1.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan
qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi
zarur?
O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari
bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega
hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasi 3-
bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat
bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi
fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan
o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va
mas’uliyatlarini ifodalaydi):
1Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. –
Тошкент, Шарқ нашриёт
-
матбаа концерни
Бош таҳририяти, 1993, 27
-28-
бет.
72
O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib
borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada
o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va
yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z
ustida tinimsiz izlanishi lozim.
O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga
olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan
unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik
layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika,
pantomimika, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.
O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi
xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda
ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar);
varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos
so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan
so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan
foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va
tushunarli bo‘lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma
gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).
73
O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush
taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto,
soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi
lozim.
O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir
qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo,
mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni
barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘quvchi, ota-onalar hamda
hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga
ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni
salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki
hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada
boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot
jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik,
samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki
kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning
o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini
ta’minlaydi.
Pedagogik mahoratni egallash yo‘llari. O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash
jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan
atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta
olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining
munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli,
ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u
doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor
bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Yosh,
shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan
takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga ta’minlanadi.
Ular quyidagilardan iborat:
74
Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan yangiliklar haqida
ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot
sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan
tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash
asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
Hamkasb tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga
chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt, shuningdek, iqtisodiy nuqtai nazardan
samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish ular tomonidan
tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish
maqsadga muvofiqdir).
Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurs (institut)larida
kasbiy malakalarini oshirish.
Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda
seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim
muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish (stajirovka).
Ayni vaqtda, respublikada, «Ustoz» jamg‘armasining homiyligida ta’lim
muassasalarining o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning
ta’lim tizimi va ish tajribalarni o‘rganmoqdalar.
Pedagogik mahoratni egallashda, guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish
ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy
mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab,
ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada
boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni barataraf etish yo‘llarini
topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi
bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining jamoadagi obro‘-e’tiborini ham
oshiradi, o‘quvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik
faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar,
hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish
imkoniyatini yaratadi.
75
O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy,
Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning
mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar
xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga ega
ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini
anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs ta’lim-tarbiya
samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Ularning
pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish, unga insbatan insonparvar
munosabatda bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan
ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat
taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu
g‘oyalarning hayot mavjudligini ta’minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga
ishonch kabilar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli)
o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Mahoratli o‘qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko‘rik,
tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, «Yil o‘qituvchisi» Respublika ko‘rik-tanlovi
ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga pedagogik
mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa,
«Yil maktabi» Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim
muassasasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko‘rsata olishlari uchun
sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, respublika miqyosida, pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo‘lga
kirita olgan o‘qituvchilar ta’lim sohasida nufuzli sanaluvchi davlat mukofoti –
O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi ko‘krak nishoniga sazovor
bo‘lmoqdalar.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
O‘zbekiston respublikasida, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohalar
mazmunini o‘zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat bo‘lib, istiqbol uchun
yo‘llanmadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, alohida ta’kidlangan milliy model
O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda
ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis)
76
– komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi
namunadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarining amaliyotga tadbiq etilishi
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan bir qator
holatlarning qaror topishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi kadrlar
muhim rol o‘ynaydilar. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil
etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda
o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy
ma’naviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |