80
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida quyidagilar oliy ta’lim
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
-oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini
muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va
amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha
innovasiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari
sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish;
-yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovasiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy
tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur
va
uslublarini
tubdan
yangilash;
-oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia
tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy
innovasion pedagogika, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini egallashi va
ularni
o‘quv
jarayoniga
faol
tatbiq
etishi;
-oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish
darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini
muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
Darhaqiqat, ta’lim tizimidagi sifat ko‘rsatishini zamonaviy va oliy darajadagi
integralashgan ta’limni boshqarishda bugungi kundagi har bir rahbar xodimdan
asosiy talablarni belgilab bergan.
Dostları ilə paylaş: