Modernizatsiyalash jarayonlari


Boshqaruvchi shaxs – rahbar kompetentligi



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
pedagogika (2)a

Boshqaruvchi shaxs – rahbar kompetentligi
Boshqaruvchi shaxs - rahbar
avvalo boshqarishdan oldin, albatta, kerakli ilmni 
egallagan bo‘lishi lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, «Har 
kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi 
kafolatlanadi» deyiladi. Ilmiylik - nazariya va amaliyot bilan bir tushunchadir. 
Nazariya - amaliyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliyotsiz nazariya ko‘r 
odamni eslatadi. Amaliyot - nazariya oldida yangi vazifa va savollarni qo‘yadi.
Kadrlar tanlash va ularni yanada o‘stirish - bu boshqarishning tashkiliy asosidir. 


79 
«Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda 
katta ahamiyatga egadir»
- deyiladi O‘zbekistonning birinchi prezidenti
I.A.Karimovning «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik» asarida.
1
Kadrlarni to‘g‘ri tanlashda: 
va ilmiy kadrlarni ilgari surish va ularni to‘g‘ri taqsimlashning mohiyati 
muhimdir. Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat harakterga ega 
bo‘lib, bu vazifalarni hal etishni ilmiy asosda olib borish kerak. Boshqaruv
xodimlarini tayyorlash eng samarali ishlardan hisoblanadi, chunki bu masalani
yechib, insoniyat iqtisodiy yutuqlar cho‘qqisiga yeta oladi, kambag‘allik
tanazzulidan qutiladi, degan edi Konfusiy ikki yarim ming yil oldin. 
Hozirgi kunda ta’lim muassasasi rahbar xodimlarni ta’lim sifatini boshqarishning 
konseptual muhim usullaridan biri–kasbiy ta’lim mazmunini modernizasiyalashda 
kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “... Biz ko‘pincha rahbar qat’iyatli, bilimdon va 
talabchan bo‘lishi kerak, deymiz. Hyech shubhasiz, rahbar uchun bu fazilatlar suv 
bilan havoday zarur ...”
4
Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish va 
tarbiyalashning yangi g‘oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish 
qobiliyatlariga ega bo‘lgan rahbarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish 
muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi.
Zamonaviy jamiyatga keyingi hayotga kirisha oladigan, oldida paydo bo‘lgan 
har qanday hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal eta oladigan rahbarlar 
zarur.
Buning tasdig‘i sifatida 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan «Oliy ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4732–sonli) ko‘rish mumkin 
va Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini 
muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta 
tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali 
4


80 
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida quyidagilar oliy ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin: 
-oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini 
muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va 
amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha 
innovasiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari 
sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish;
-yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovasiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy 
tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur 
va 
uslublarini 
tubdan 
yangilash;
-oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia 
tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy 
innovasion pedagogika, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini egallashi va 
ularni 
o‘quv 
jarayoniga 
faol 
tatbiq 
etishi;
-oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish 
darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini 
muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi. 
Darhaqiqat, ta’lim tizimidagi sifat ko‘rsatishini zamonaviy va oliy darajadagi 
integralashgan ta’limni boshqarishda bugungi kundagi har bir rahbar xodimdan 
asosiy talablarni belgilab bergan. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin