Modernizatsiyalash jarayonlari


-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI. KASBIY



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
pedagogika (2)a

5-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI. KASBIY 
KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK 
REJA 
Pedagogik mahorat, uning mohiyati va tuzilishi. Pedagogning kasbiy fazilatlari. 
Pedagogik muloqot. Muloqot vositalari va turlari. Pedagogik muloqot madaniyati, 
yo‘nalishlari va uslublari. O‘qituvchining nutq texnikasi va madaniyati. 
Kommunikativ 
ta’sir 
ko‘rsatish. 
Pedagogik 
deontologiya. 
O‘qituvchi 
professiogrammasi. Chet tili o‘qituvchisining professiogrammasi.
Pedagogik kompetentlik tushunchasi. Pedagogik kompetentsiya va uning 
komponentlari. Kasbiy kompetentlik va uning sifatlari. Pedagogning o‘z ustida 
ishlashi. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. Kreativlik sifatlari. 
Shaxs kreativligini ifodalovchi xususiyatlar. Bulajak o‘qituvchilarda pedagogik 
kreativlikni shakllantirish.
Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo‘yicha 
o‘rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvi shaxsiga bog‘liq.


226 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan 
maqsadga erishish, o‘quvchilarning xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, 
odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‘stirish 
o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning 
istiqboli ko‘p ejihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, 
yosh avlodni o‘kitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish 
uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik 
nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, 
tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yo 
shva individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy 
pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos 
kelmaydigan vaziyatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng 
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda 
ijodkorlikni talab etadi. 
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum 
jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarliq ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak. 
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‘lom bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri va 
yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan 
muomalada o‘zini tuta olishi zarur. Shuningdeq o‘qituvchida bolalarni yoqtirish, 
ular bilan ishlashga mayli borliq xushmuomalaliq kuzatuvchanliq keng fikrlay 
olish, tashkilotchiliq o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy 
sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, 
davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan 
shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat 
faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy 
fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat Bilan shug‘ullanish huquqiga 
ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchilik faoliyati inson 
shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni 
tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng 
olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o‘z xulq- 
atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o‘ziga xos 
xususiyatlarini xisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar 
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus 
usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar 


227 
uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu 
xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘tarilgan barcha tadbiru - amallar 
respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo 
o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan munosabatni tub jihatdan o‘zgartirishni, uning ma’naviy 
- axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi. 
Demaq bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi: 
Birinchidan - o‘qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, 
bolajon bo‘lmog‘i 
Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va 
mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axloqiy 
barkamol inson sifatida obro‘ - e’tiborga ega bo‘lmog‘i; 
Uchinchidan – imon –ye’tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko‘rinishlarga 
o‘zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O‘zbekistonning 
mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham 
ishontira oladigan bo‘lishi; 
To‘rtinchidan - o‘qituvchi vatanparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lmog‘i va 
o‘z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo‘lda fidokorlikka undamog‘i; 
Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologiq pedagogik 
malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo‘lishi; 
Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdeq ularning 
yoshi va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha 
olishi; 
Yettinchidan - o‘qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli 
bo‘lmog‘i; 
Sakkizinchidan - o‘qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo‘lish bilan birga, o‘z 
tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat 
qilmog‘i; 
To‘qqizinchidan - o‘qituvchi o‘z so‘ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira 
oladigan, obro‘ - e’tiborli shaxs bo‘lmog‘i; 


228 
O‘ninchidan - o‘qituvchi o‘tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o‘quvchilarga 
berilishi lozim bo‘lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida 
yetkazishi; 
O‘n birinchidan - o‘qituvchi madaniyatli, estetik didli bo‘lishi bilan o‘zining 
tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo‘lib qolmog‘i kerak. 
Agar o‘qituvchi ana shunday sifatlarni o‘zida mujassam qila olsa kadrlar 
tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o‘qituvchi tamoyiliga qo‘yilgan talablarga 
to‘liq javob bera oladi deyish mumkin. 
O‘qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, 
jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo‘lmog‘i darkor. Aks holda 
o‘qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o‘zgalarga 
hyech qanday manfaat bo‘lmasligi turgan gap. 
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga 
tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya 
berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega 
bo‘lgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. 
Aniqroq qilib aytganda o‘qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni 
tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir. 
O‘qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o‘qituvchi shaxsiga xos 
xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi; shuningdeq o‘qituvchining ruhiy – 
pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni atroflicha o‘zlashtirgan bo‘lishi; 
tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, 
ziyrakliq kuzatuvchanliq bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega 
bo‘lmog‘i juda muhim. 
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari 
bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt va subyekt va vositalardan tashqil 
topadi.
Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. 
Ular quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog 
faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar 
shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.


229 
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda 
pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir.
3. Pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning 
uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur 
qiladi.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi 
o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, 
muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabo‘l qilishi. 
Jamiyat maqsadlarining "o‘sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; 
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; o‘quvchilar qiziqishlarini 
e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. 
O‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish 
zarur. Endi pedagogik faoliyat obyektining o‘ziga xosligini ko‘rib chiqamiz. Bu 
faoliyatining obyekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik 
obyektining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat: 
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining individual sifatlari, ro‘y 
berayotgan voqyealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, 
takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganideq har bir shaxs-
takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy 
xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning 
obyekti bir paytning o‘zida bu faoliyatning subyekti bo‘lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o‘zgarib, o‘sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga 
yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish 
mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan 
o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba’zan 
sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo‘nalishda ta’sir etadi. 
Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va 
o‘quvchining o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda 
to‘tadi. Masalan, diniy ektsremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning 
adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan 
axborotlarni to‘g‘ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini 
tarbiyalash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur. Pedagogik mahorat – 
izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir


230 
qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy 
mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. 
Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo‘lgan, 
o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos 
ko‘rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda 
ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi 
va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz. Pedagogik mahorat bir qator 
komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy 
bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik 
texnikani o‘z ichiga oladi.Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid 
bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar 
yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh
avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. 
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli
kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetilishiga o‘qituvchi 
sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar 
o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan 
taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson 
o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga 
xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. 
Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, 
malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. 
1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqyea, hodisa ustida erkin fikr yurita 
olishi zarurdir. 
2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni 
chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini 
oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil 
qila oladi. 
3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va 
uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 
4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, 
o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. 


231 
5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot 
va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 
6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi 
o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan 
ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 
7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi keraq 
chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Va nihoyat o‘qituvchida o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam etgan 
bo‘lishi lozim.Yosh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo‘lishi bilan 
birga ayni zamonda u g‘oyat darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani 
muvaffaqiyat bilan bajarish uchun eng avvalo o‘qituvchi o‘z ishining shaydosi 
bo‘lishi, bolalarni sevishi, mas’uliyatlarini, burchlarini, hulqlarini anglab yetishlari 
lozim.Xulosa qilib, aytganda mustaqil O‘zbekistonimizda o‘zining pedagogik 
faoliyatini olib borayotgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlashi, doimiy 
izlanishda bo‘lishi, o‘zidan oldingi pedagoglarning ilg‘or tajribalari bilan doimiy 
tanishib borishi va shu yo‘llar bilan o‘z mahoratining tizimlarini kengaytirishi 
lozimdir. Qobiliyat, faoliyat jarayonida paydo bo‘ladiva rivojlanadi. Pedagogik 
faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari 
mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim: 
1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, 
biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega 
bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va 
chuqurroq biladi,o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, 
materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot 
ishlarini ham bajaradi. 
2. Tushuntira olish qobiliyati- o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib 
bayon eta olish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish 
uyg‘otish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira 
olishi,qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib 
o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor. 
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘quvchining. tarbiyalanuvchining ichki 
dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy 
holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik 
kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas 


232 
o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O‘quvchilar bunday o‘qituvchi haqida: 
"Qaramayotganga o‘xshaydi - yu, hamma narsani ko‘rib turadi!", "O‘quvchining 
xafa bo‘lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko‘zidan biladi!", - deydilar. 
4. Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdeq imo - ishora vositasida o‘z fikr - 
tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda 
muhimdir. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. 
O‘qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan 
yoki tanqid qilayotgan bo‘lsa ham, uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, 
ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning 
ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. 
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali,his - 
hayajonli bo‘lib, unda stilistik grammatiq fonetik nuqsonlar uchrasmaligi lozim. 
Bir xildagi cho‘ziq,zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni juda tez charchatadi, ularni 
loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘quvchilar tez gapirishga, boshqalarini sekin 
gapirishga moyil bo‘ladilar. 
5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, 
jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini 
to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi. 
6. Obro‘ orttira olish qobiliyati - o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy 
ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina 
emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va 
hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining 
butun bir yig‘indisiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga, shuningdeq 
o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, o‘zining haq 
ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham 
bog‘iq
7.To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan 
pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, 
pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. 
8. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra 
bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, 
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib 
bera olishda ifodalanadi. Bu pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga 
bog‘liqdir. 


233 
9. Diqqatni taqsimlab olish qobiliyati- o‘qituvchi uchun diqqatning barcha 
xususiyatlari - hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi 
kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. 
Ye’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash- o‘qituvchining asosiy sifatlaridan 
biridir. Maktab o‘qituvchisi o‘zi targg‘b qilayotgan g‘oyaning fazilatlarini shaxsiy 
namunasida ko‘rsatishi kerak.O‘qituvchining odobi, madaniyati, yuksak 
bo‘lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo‘la oladi, uni hamma hurmat 
qiladi. Buning uchun ochiq ko‘ngil qat’iyatli bo‘lishi, o‘zini tuta bilishi, bardoshli 
bo‘lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo‘lish bilan birga o‘z shaxsga 
tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.O‘qituvchi pedagogik etikaning
normalarini o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va 
ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab 
ko‘rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o‘qituvchining o‘z e’tiqodiga, 
intilishiga, o‘z axloqiy sifatiga aylanadi. Axloq nazariyasida yaxshilik eng muhim 
kategoriya hisoblanadi. Yaxshilik – axloqiy ijobiy fazilat bo‘lib, normativ etikaning 
idealini, individual axloqda ijobiy – xulqiy fazilatlarning mazmunini inson faoliyati 
yoki biror hatti - harakatiga ijobiy munosabatning yig‘indisini aks ettiradi. 
Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq holda 
aniqlashtiriladi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, 
muallim va o‘quvchi maqsadining birligi, ta’lim va tarbiyaning samarasi uchun 
kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, 
xayrixoh, mehribon bo‘lishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun 
yomonlikka murosasiz bo‘lish lozim. Yaxshi istak bilan xushmuomalaliq yaxshi 
qiliq, yaxshi xatti - harakatning birligi zarur.O‘qituvchining mas’uliyati – 
mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati 
va ta’lim - tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi 
zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. 
Muallim o‘quvchiga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga 
tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni 
payqab, individual munosabatda bo‘lishi, unda mavjud bo‘lgan ijobiy axloqiy 
sifatlarni avaylab o‘stirishi darkor.Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida 
o‘quvchilar jamoasi bilan yolg‘iz ish olib boradi. Bunday sharoitda o‘qituvchining 
mas’uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, 
o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish darajasining asosiymezoni hisoblanadi. 
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol - javob qiladi, 
ularning yaxshi ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya hatti - 


234 
harakatlari uchun tanbeh beradi. Albatta, o‘qituvchining bunday xatti - harakatida
mulohazalarida nisbiyliq subyektivlik alomatlari mavjud. U hamma ayna birdek 
juda to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin. Lekin u hamma o‘quvchilarga 
nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga 
barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i darkor. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi 
ko‘radigan", "yomon ko‘radigan" o‘quvchilar bor degan taassurot tug‘ilmasligi 
kerak.Xullas, obro‘ o‘qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro‘ 
kishining chuqur bilim, yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va 
jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof 
etilgan ta’siri nufuzidir. 
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini,
fanning muhim muommolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini 
o‘quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, 
tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi avvalo 
tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy – tadqiqot ishlari olib 
borish davomida omillarni to‘playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar 
chiqaradi.Kommunikativlik shunday qobiliyatki, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan o‘zaro to‘g‘ri muloqat o‘rnatishi natijasida o‘quvchilarda o‘ziga nisbatan 
ishonch, xayrihoxlik uyg‘otadi. Natijada o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi bilan birga 
bo‘lishga, o‘qishga, jamoat ishlarida u bilan birga katnashishga xoziru – nozir 
bo‘lishadi. Kommunikativ qobiliyatlar tashkilotchilik qobiliyatlari bilan birga 
uyg‘unlashib ketsa o‘quvchilarga yanada samaralirok ta’sir etishga yordam beradi 
va o‘zaro shaxslararo to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatishni ta’min qiladi. O‘quvchilarga 
to‘g‘ri muomala qila olish, bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai 
nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning 
mavjudligini bildiradi. 
Kommunikativ qobiliyat – bu o‘qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan aloqa 
o‘rnata olish faoliyatini tashkil qilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka, 
ko‘nikma va tajribasidir. o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati pedagogik 
faoliyat jarayonida shakllanadi. buning uchun quyidagi asosiy shartlar mavjud: 
o‘quvchilarning yuz ifodasini o‘qish va o‘qish qobiliyati; 
o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning psixik holatini aniqlaganholda uning
adekvat modelini yasab chiqish; 
o‘qituvchi-o‘quvchi bilan muloqot va muomala qilishga imkoniyat yarata bilishi, 
unga yo‘l ochib berishi va yo‘l berishi kerak; 


235 
o‘qituvchi o‘zini ota – onaning, o‘quvchining o‘rnida qo‘ya bilishi va yuzaga 
kelgan vaziyatni ijobiy, ziddiyatsiz yechishda ular kabi fikrlay olishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilariga, tinglovchilarga va 
ularning ruhiy dunyosiga ta’sir etadi. Bu ta’sir o‘qituvchilik mahoratiga, uning 
so‘zlarni tanlay va qo‘llay olishi bilan bog‘liq. Har bir o‘qituvchi, tarbiyachi dars 
mavzusini o‘quvchilarga gapirib berish bilan cheklanmay, uni jonlantirishi, badiiy 
yetuk shaklda talqin etib bera olishi lozim. Tilsiz fikr almashlab bo‘lmaydi. Demaq 
tilga befarq qarash mumkin emas.Kompetentlilik - bilimdonliq kasbiga mosliq 
malakaliliq tajribaliliq mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. 
O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur 
bilish. B.D.Elkonin “Ponyatiye kompetentnosti s pozisii razvivayuщyego 
obucheniya”. 2002g Keyingi yillarda pedagogika sohasida “kompetentli”, 
“kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalaridan tez-tez foydalanilmoqda. Bu 
ta’lim mazmunini isloh qilish zarurati bilan uzviy bog‘liq. S.I.Ojegov bu 
tushunchalarni quyidagicha ifodalaydi: 
Kompetentli – biror sohani chuqur bilish, ko‘p narsalardan xabardorliq o‘z 
mutaxassisligi bo‘yicha katta e’tiborga moliklik” (S.I.Ojegov. Slovar russkogo 
yazыka. – M.: Russkiy yazыk.1999.S.248). Kompetensiya – 1. Biror kishi juda 
yaxshi bilgan yoki xabardor bo‘lgan masalalar doirasi. 2. Biror kishining vazifalari, 
huquqlari doirasi” (S.I.Ojegov. Slovar russkogo yazыka. – M.: Russkiy 
yazыk.1999.S.248). 
Kompetensiya– bior soha bo‘yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lgan va 
shuning uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati”.Umuman 
“kompetensiya” va “kompetentlik” atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xilda 
talqin etilmaydi. Rus tilidagi “kompetentnost” atamasidagi “nost” suffiksi ma’lum 
sifatni egallash darajasini bildiradi va shu bois, “kompetentlilik” atamasi ma’lum 
sifatlarni, ularni egallash darajasini belgilash uchun qo‘llaniladi. Shundan, 
Компетентликка йўналтирилган таълим америкалик тилшунос Н.Хомский (1965 йил, 
Массачутес университети) томонидан таклиф этилган «компетенция» атамасининг умумий 
маъносида шаклланади. Европа Кенгаши дастури бўйича Берн шаҳрида бўлиб ўтган 
симпозиумда (1996 йил) «компетенция» тушунчаси «ўқув», «компетентлик», «қобилият»,
«маҳорат» сингари тушунчалар қаторига киритилганлиги таъкидланди. Европа
давлатларининг таълим вазирлари Болония декларациясида (1999 йил) таълим
ислоҳатларининг консептуал асослари сифатида компетентли ёндошувни белгилашди.


236 
kompetensiya va kompetenlilik tushunchalari bilim, ko‘nikma, malaka 
tushunchalaridan ko‘ra kengroq ma’noni anglatadi. Chunki ular shaxsning 
yo‘nalganligi (motivasiyasi, qadriyatlarining yo‘nalishlari), uning stereotiplarini 
yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanliq fikrlash qobiliyatini; xarakterini - 
mustaqilliq maqsadga intiluvchanliq irodaviy sifatlarini qamrab oladi.Hozirgi 
vaqtda “kompetentlik” tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi kompetentliklar 
mazmunini aniqlash, faoliyatning turli sohalarida ularni shakllantirish hamda 
rivojlantirish muammolari bo‘yicha juda ko‘p tadqiqot materiallari to‘plangan. Bu 
esa, ularni tasniflash muammosini yuzaga keltiradi. 
Shu fikrdan kelib chikib Aleks Mur ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos 
soldi. Ya’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos 
kelib, uning fikricha “..... ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli 
xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi 
tushuniladi 35.Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri 
asarlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana 
ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 
1998).36 
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud: 
- insonning umumiy kompetentligi (matematiq kommunikativ, informasion, 
ijtimoiy, axloqiy va v.h); 
- faoliyat turlri bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy va 
boshqalar); 
- faoliyat yo‘nalgan obyektlar bo‘yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, 
inson-tabiat, inson-badiiy timsol va v.h,); 
- ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha koipetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va 
boshqalar); 
- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar 
fanlarda); 
35Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum 
And Culture. Alex Moore.146-бет 
36Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum 
And Culture. Alex Moore.147-бет 


237 
- ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va 
boshqalar); 
- qobiliyatlar bo‘yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, 
texnik va boshqalar). 
Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy 
kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdeq shaxs kompetentligi 
mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi. 
Standart kompetensiya – ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni 
bajarish qobiliyati.
Asosiy kompetensiya – ushbu faoliyatga oid innovasion vazifalarni bajarish 
qobiliyati. 
Yetakchi kompetensiya – kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati 
Pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni. 
Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
pedagogning ish sohasi bo‘yicha kompetentligi - uzluksiz ta’lim tizimini o‘z 
ichiga oladi; 
ixtisoslik bo‘yicha kompetentligi - o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, 
kasb ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi; 
pedagogning faoliyati yo‘nalgan obyekt bo‘yicha kompetentligi - o‘quvchilar, 
ota-onalar, sinf jamoasi, sosium va boshqalar; 
- pedagogning faoliyati turi bo‘yicha kompetentligi motivasion, gnostiq 
metodologiq metodiq informasion, kommunikativ, refleksiv, prognostiq 
konstruktiv, tadqiqot, texnologiq korreksion va boshqalar; 
Psixolog olimlar fikricha “muhim kompetensiya”larni shaxsning turli kasbiy 
uyushmalarda moslashish va samarali faoliyat ko‘rsatish uchun ma’lum ishlarni 
bajarishda zarur bo‘ladigan umumkasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxsiy 
sifatlar va qobiliyatlar sifatida ta’riflaydi. U to‘rt kichik guruhni alohida ko‘satib 
o‘tadi: kasbiy yo‘nalganliq kasbiy kompetentliq kasbiy ahamiyatga ega sifatlar va 
psixofiziologik xususiyatlar. 
Jahon ta’lim amaliyotida quyidagi muhim kompetensiyalar keltirib o‘tiladi: 


238 
turli axborot manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot 
manbalaridan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga asoslangan bilish faoliyati 
sohasidagi kompetensiyalar; 
ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetnsiyalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, 
jamoa ahzosi rolini bajarish); 
mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan mehnat bozoridagi 
holatni tahlil etish va undan foydalanish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini, o‘zini 
o‘zi uyushtirish ko‘nikmalarini baholash va takomillashtirish); 
maishiy sohadagi kompetensiyalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini, 
salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi); 
madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, shaxsning ma’naviy 
va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish). 
Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari: 
Pedagog kasbiy kompetentligi yo‘nalishlari
Pedagogik-psixologik tayyorgarlik bo‘yicha:Ta’lim-tarbiya jarayonida 
qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; 
psixodiagnostika usullaridan foydalanish; o‘qitish shakllarida o‘qitish metodlari va 
vositalaridan o‘rinli foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va 
shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot 
texnologiyalarini qo‘llashning nazariy asoslarini.Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va 
o‘tkazish mahorati bo‘yicha:seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga 


239 
qo‘yiladigan didaktik talablarni; didaktik maqsadlar asosida mashg‘ulotning har bir 
bosqichi uchun reproduktiv o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish; fanlararo, 
mavzulararo bog‘lanishni amalga oshirish. 
Ta’lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari bo‘yicha: ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlardan 
samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lish, o‘qitish jarayonida talabalar ongiga 
milliy g‘oyani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini bilishi; 
talabalarni jamoaga birlashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
bajarilgan ishni baholay olish, oliy ta’limda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarning shakllarini, pedagogik etika me’yorlarini bilish. 
Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha: talabalarda mustaqil va ijodiy 
fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati va nazariy 
asoslarini bilish; iqtidorli talabalarni aniqlash diagnostikasini bilish, talabalarning 
mustaqil ishini tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minotini yaratish yo‘llarini bilish, 
o‘quv materiali mazmuni asosida vosita, metod va shakllarini samarali tanlash va 
uyg‘unlashtira olish.
Talabalar o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik bo‘yicha: 
talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullarini; reyting 
tizimi, nazorat turlari uchun differensiallashtirilgan topshiriqlarini tuza olish; 
talabalarning bilish faoliyatidagi tipik kamchiliklar va ularning javoblaridagi 
xatoliklarni aniqlashni o‘rganish.
O‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik bo‘yicha:ta’lim beradigan fanlari 
turkumini ilmiy-nazariy jihatdan o‘zlashtirish, ularning rivojlanish tarixi, fanda 
erishilgan yutuqlar, muammolar, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalaridan 
xabardor bo‘lish; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik adabiyotlarni 
tahlil qilish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali va o‘z o‘rnida foydalana 
olish.
Mutaxassislik bilim, ko‘nikma va malakalari bo‘yicha: fanning maqsadi, 
vazifalari, predmeti va obyekti, asosiy metodlari; fanga qo‘yiladigan asosiy 
talablar; umumiy yuklama hajmi va uning taqsimoti; fan bo‘yicha tayyorgarlik 
ko‘rayotgan bo‘lajak mutaxassisga qo‘yiladigan: umumiy malaka talablari; ilmiy-
metodik ishlarni amalga oshirish, kasbiy faoliyat jarayonini tashkil etish va 
boshqarish; fan taraqqiyotining axborot va kommunikasiya texnologiyalariga 
bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan bo‘yicha kasbiy kompetentlik 


240 
darajasi; fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal 
uzviyligi ta’minlanganligi; fanni taraqqiy etish muammolari va yechimlari. 
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan 
o‘qituvchiga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o‘qitish va 
tarbiyalash ishida bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, 
sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetkazishga intilish bizning milliy 
xususiyatimizdir. Shu bois, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi 
qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy 
ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon 
talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassislar 
tayyorlash masalasi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Kasbiy tayyorgarlikka zamonaviy 
talablar umumiy va kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning yaxlit tizimini, 
muhim kompetensiyalarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bular hozirgi zamon 
ta’lim sifatini belgilab beruvchi muhim omillardan sanaladi. 
“Muhim kompetensiyalar” tushunchasi chet el olimlari tomonidan taqdim etilgan 
ko‘plab zamonaviy modellarning asosida yotadi. “Muhim kompetensiyalar” 
insonning egallagan ko‘nikma va malakalarini kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llash, 
shuningdek amallarni bajarishning umumlashgan usullaridan foydalanish qobiliyati 
sifatida talqin etiladi. 
Pedagog kompetentligi tuzilishi 
Kompet
Kompete
Kompetentlik tushunchasi 


241 
entlik
darajala
ri 
ntlik 
turlari 
Muhim 
funksional 
kompetent
lar
Insonni
ng 
kompeten
tligi 
Umumiy 
kompetentl
iklar 
Qadriyatiy-ma’naviy 
Umummadaniy
Intellektual 
Informasion 
Shaxsiy komillik 
Ta’limiy 
Kommun
ikativ 
Ijtimoiy-
kasbiy 
Ijtimoiy-
rolli
Pedagog
ning 
kasbiy 
kompeten
tligi 
Tayanch
kompetentl
iklar
(ma’lum 
kasbiy 
sohada) 
Qadriyatiy-ma’naviy 
Umummadaniy
Intellektual 
Informasion 
Kasbiy-shaxsiy komillik 
Operasio

Diagnost
ik 
Prognosti
k
Konstruk
tiv
Tashkiliy
Kommun


242 
ikativ
Texnolog
ik
Korreksi
on
Tadqiqot
Maxsus 
kasbiy 
kompeten
tlik 
Maxsus 
kompetentl
iklar 
(faoliyatni
ng aniq 
sharoitida) 
Motivasion 
Kognitiv
Refleksiv
Operasio
n
Shaxsiy
- kasbiy 
kompeten
tlik 
Shaxsiy 
kompetentl
iklar (anik 
kasbiy 
vazifalarni 
yechishga 
yo‘naltirilg
an) 
Motivasion 
Kognitiv
Refleksiv 
Operasio

Ахборот коммуникацион 
технологияларни билиш
Касбий компетенция талаблари
Ўз фанини мукаммал билиш
Хорижий тиллардан бирини 
билиши лозим
Таълим муҳитига янгилик киритиш
Ўқувчиларда мотивацияни
шакллантириш
Ўз устида ишлаш


243 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin