244
Didaktik kompetensiya talablari
:
Fanlar bo‘yicha kompetensiyaga ega bo‘lish Rus tili va adabiyoti
bo‘yicha:Psixologik-pedagogiq uslubiy bilimga ega bo‘lish.Nutq tajribasi va
muloqotchanlik.Til vositasi bilan aloqa qilish, nutq orqali ta’sir qilish. Nutq
yordamida muayyan tasavvurlar,
fikr va tushunchalar, his-tuyg‘ular hamda turli
harakatalar hosil qilish. Rus tili va adabiyotiga doir amaliy va nazariy bilimlarni
muntazam ravishda o‘rganib borish
Xorijiy tillar bo‘yicha:
Kommunikativ (nutqiy, ijtimoiy-madaniy, tilni chuqur bilish)
Ijodiy pedagogik faoliyatida o‘zi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakani, tahlil
va sintez
qilish
Pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirish (shaxsiy kompetensiya - shaxsiy
yutuqlarini boshqarish, o‘zini anglash va kasbiy o‘sish)
Nutq madaniyatiga rioya qilish
Ilmiy badiiy-nazariy, tarixiy-badiiy bilimlarga va tadqiqotchilik ko‘nikmalariga
ega bo‘lish
D. Xaymz kommuniktiv kompetensiyaga quyidagilarni kiritadi:
Lingvistik ( til qoidasiga rioya qilish)
Ijtimoiy-lingvistik ( nutqni ifodlash qoidasi)
245
Diskursiv (mantiqiy fikrlash ketma-ketligi)
Suhbatdoshni qo‘llab quvvatlash qoidasi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi:
Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini bilish
Jismoniy tarbiya va sportning tarixi, olimpiada yutuqlarini bilish va rivojlantirish
Texnika xavfsizligi, tibbiy-birinchi yordam qoidalarini bilish
Ta’lim sifatini o‘zgartirishda o‘qituvchi kompetentligining roli
Tashkilotchi-ijtimoiy pedagog: - o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Sinf yetakchisi - sinfda ijobiy psixologik muhit yaratadi va ta’sir ko‘rsatadi;
Metodist - ta’lim jarayonida o‘quvchilarning muammoni yechishlariga yordam
beradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Faylasuf - bilim va tajribalarni tahlil qiladi, o‘z qarashlarini asoslaydi;
Tajribali yaqin do‘st - o‘quvchilar oldidagi to‘siq va muammolarni
bartaraf
etishga yordam beradi.
Tadqiqotchi –novator yangilik yaratuvchi-muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi,
yangi g‘oyalar yaratadi, tatbiq etadi.
O‘quv jarayoni rahbari va uni rag‘batlantiruvchisi -maqsadga yetish vositalari,
istiqbolini nazarda tutadi, o‘qitish uslublarini tanlaydi, o‘quvchilarni o‘qishga
o‘rgatadi, ijodiy yondashadi.
O‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi - jamoa bo‘lib ishlay oladi va ishlashga o‘rgatadi.
Maslahatchi - shaxsiy namunasini o‘rgatadi
Tarbiyachi - o‘quvchilarga jismonan, aqliy va ma’naviy tomondan
rivojlanishlariga yordam beradi.
Psixolog - o‘zini yaxshi biladi va tushunadi
O‘zgarishlarga yo‘naltiruvchi - o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini
yaxshilashga yordam beradi
Ma’lumotlarni taqsimlovchi - o‘quvchilarga asosiyyangi ma’lumotlarni
yetkazadi
va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
246
O‘qituvchi o‘quv jarayonida maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.
Ya’ni:
O‘quvchilarga ko‘nikmalarini o‘qish jarayonida rivojlantirishga yordam beradi;
Turli xil yo‘nalishdagi reja (strategiya)larni qanday qo‘llash kerakligi bo‘yicha
maslahat beradi;
Faol qayta aloqani ta’minlaydi;
Noan’anaviy usullar bilan o‘quvchilarning harakatlarini qo‘llaydi va
mustahkamlaydi;
O‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
O‘quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.
O‘qituvchi-yangilik kirituvchi
Yangiliklarni ayniqsa o‘zga davlatlardan kirib kelayotganlarini farqlaydi va
tushunib yetadi;
Yangiliklarni tahlil qila olishga layoqatli;
Yangiliklarni turli xil vaziyatlarda qo‘llay oladi va kamchiliklarini to‘g‘rilaydi;
O‘z pedagogik amaliyotida yangiliklardan ijodkorona foydalana olishga layoqatli.
Kasbiy kompetensiya modeli
Xalqimizning
kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan
o‘qituvchiga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o‘qitish va
tarbiyalash ishida bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Kelajak avlod haqida qayg‘urish,
sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetkazishga intilish bizning milliy
xususiyatimizdir. Shu bois, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi
qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni
tiklash va yanada yuksaltirish, milliy
ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon
talablari bilan uyg‘unlashtirishga
katta ahamiyat berib, bu o‘rinda kadrlar
tayyorlashga kompetentli yondoshuv muhim o‘rin tutadi.