Modernizatsiyalash jarayonlari


-MAVZU .  TA’LIM NAZARIYASI



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
pedagogika (2)a

4-MAVZU

TA’LIM NAZARIYASI
REJA 
Didaktikaning predmeti, vazifalari va asosiy kategoriyalari. Sharq va G‘arb 
mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari. Ta’lim paradigmalari, prinsiplari, 
qonuniyatlari. Ta’lim jarayoni. Ta’lim metodlari, shakllari va vositalari. Dars – 
ta’limning asosiy shakli sifatida. Dars tipologiyasi va unga qo‘yiladigan didaktik 
talablar Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari.
Didaktika. Didaktikaning predmeti va vazifalari 
Pedagoglar fikricha, ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. 
Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o‘zlashtirilish jarayonini 
tezlashtiradi, uni zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani 
o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Qayerda o‘qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. 
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qayerda o‘qitish?”, “qanday 
o‘qitish?” kabi savollarga javob beradi.
Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o‘rtalarida ta’lim sohasiga oid teoriyalar va 
ularning asoschilari, o‘sha davr amaliy darslari va o‘qitish tarixi, talqin qilish 
kabilar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Men o‘z hamkasblarimga qarata o‘zida “ qanday 
o‘qitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘llanmalar avval 
ham, xozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun bo‘lib kelgan va talabalar, 
izlanuvchilarga amaliy maslahat ko‘rsata olgan deb ayta olaman.21 
21
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ватаълим
олиш

Педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутлеж

Иккинчи
нашр
. 2012.

Б
. (
Иккинчи
нусха
учун
сўз
бошида
). 


151 
Дидактиканинг ривожланиш тарихи:
Дидактика атамаси юнонча “didacticis” –
ўргатувчи, “didaska” 
ўрганувчи сўзларидан келиб чиққан бўлиб, педагогиканинг 
ўқитиш ва таълим муаммоларини ишлаб чиқувчи қисмидир.
Маълум бўлишича, илк бора ушбу атама немис педагоги 
Вольфганг Ратке (Ратихия) (1571
-
1635) асарларида таълим 
санъатини белгилшида юзага келган. Дидактика тушунчасини у 
таълимнинг назарий ва услубий асосларини тадқиқот қилиш 
билан шуғулланувчи илм фан деб тушунар эди. Дидактиканинг 
асосий илмий ишланмасини биринчи марта Я.А. Коменский 
амалга оширган. У 1632 йилда чех тилида “Буюк дидактика” 
асарини ёзади, 1633 –
1638 йилларда асарни лотин тилига 
таржима қилади ва 1657 йилда Амстердамда нашр қилинади. 
Дидактика тушунчаси остида Я.А. Коменский: “барчани барча 
нарсага ўргатиш санъати”ни тушунади. Бу капитал асар тарихга 
жаҳон педагогикасининг оламшумул ютуғи сифатида кирган ва 
ҳозирги
вақтга қадар ҳам ўзининг аҳамиятини сақлаб келмоқда.
Shumunosabatibilanpedagogikaningoldidaquyidagisavollarturibdi: 
Bujarayonqandaybo‘lishikerak?Shaxsnirivojlantirishvashakllantirishuchunta’limda
nqandayfoydalanishvauniqandayamalgaoshirishlozim?Ushbumasalalarninazariyto
mondanishlabchiqishalohidailmiyfan – didaktikanirivojlantirishniasoslabbergan. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va 
tarbiyalashga e’tiborni 
qaratadi. Shu bois didaktika 
(ta’lim nazariyasi) va tarbiya 
nazriyasi pedagogika fanining 
muhim tarkibiy qismlari 
hisoblanadi. Ushbu mavzuda 
shaxs tomonidan ijtimoiy 
tajriba o‘z ichiga bilimlar, 
amaliy ko‘nikmalar va 
mahoratni, hamda ijodiy 
faoliyat usullarini olish uning 
muhim jihati ekanligi 
ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan 
ushbu vazifa o‘qitish 
jarayonida hal qilinadi. 
Didaktikni ta’lim nazariyasi sifatidagi taraqqiyoti Didaktika – pedagogikaning 
ta’lim, bilim berish jarayoni va o‘qitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini
o‘rganuvchi mustaqil bo‘limi hisoblanadi. Didaktika yunoncha “didasko” so‘zidan 
olingan bo‘lib, “o‘qitish”, “o‘rgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini 
o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va 
vazifalari, o‘qitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Didaktika – 
ta’lim nazariyasi. Didaktika – bilim berish nazariyasi. Aniqrog‘i, ta’lim – tarbiya 
beruvchilar va ularni oluvchilar orasidagi pedagogik munosabatlarning kechish 
qonuniyatlarini aniqlovchi va shu sohada qo‘llaniladigan tushuncha, atama va 
qoidalarni ilmiy asoslab beruvchi hamda ularni boshqalarga o‘rgatuvchi pedagogik 
ilm – fan tarmog‘idir. 


152 
Didaktikaning predmeti,vazifasi va funksiyalari. 
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik 
olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, 
metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish 
vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – 
o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlar yuzaga keladi. O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas 
xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs 
(o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. 
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o‘rganish 
xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda 
tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki 
ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. 
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan 
shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos 
vazifasini o‘taydi. 
Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-
tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin. 
Didaktikaning ilmiy tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir. 
Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi 
“ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “o‘quv dasturi, darslik va 
boshqa didaktik materiallar”, “o‘qitishning usul va uslublari” hamda “o‘qitishning 
texnik vositalari” orasidagi funksional aloqadorliklardan iboratdir. 
Дидактика (таълим назарияси)нинг предметиўқитиш (ўқитувчи фаолияти) ва билим олиш 
(ўқувчининг ўрганиш фаолияти)нинг ўзаро боғлиқлигива алоқадорлиги жиҳатларини 
ўрганишдан иборат 
Дидактика(таълим назарияси, юнонча “didaktikos”
-
“ўргатувчи”, “didasko”
-
“ўрганувчи”) –
таълимнинг назарий жиҳатлари, таълим жараёнининг моҳияти, тамойиллари, қонуниятлари, 
ўқувчи –
ўқитувчифаолияти, таълимнинг мақсади, мазмуни, шакллари, методлари, 
воситалари, натижаси, таълим жараёнини такомиллаштириш йўллари ва ҳоказо 
муаммоларни тадқиқ этади


153 
Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-
tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-
biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir. 
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron-bir elementi o‘zgarsa, 
uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab 
berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi 
pedagog o‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi o‘qitishning usul va 
uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham o‘zgarishi mumkin. Yoki, 
o‘qitishning dasturi o‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda 
o‘qituvchi o‘zini va dars berish usullarini bir oz bo‘lsa-da o‘zgartirishga majbur. 
Chunki ular o‘zaro funksional bog‘liqdirlar. Didaktikaning maqsadi mana shu 
o‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonini muayyan qonuniyatlar asosida 
kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir. 
Didaktika o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviytadqiqot 
usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv-uslubiy 
hujjatlarni o‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, 
maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, 
didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitiq 
matematik modellashtirish, sosiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi. 
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
Вазифалар
Таълим жараёнлари ва уларни амалга 
ошириш шартларини таърифлаш ва 
тушунтириш
Дидактиканинг асосий вазифалари
Таълим жараёнини янада мукаммал 
ташкил этиш, таълим тизимлари ва 
технологияларини ишлаб чиқиш
Таълим жараёни учун хос бўлган умумий қонуниятларни 
аниқлаш, омилларини таҳлил 
қилиш
ва таърифлаш


154 
Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari: 
Birinchi vazifasi– bilim egallash va ularni ko‘nikma va malakaga aylantirish 
qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan 
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, 
ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, 
ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, ko‘rgazmaliliq 
muntazamliq ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faolliq tizimlik va izchilliq 
ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bular mavzumizning ikkinchi 
qismida, keyingi sahifalarida batafsil tushuntirilib beriladi. 
Ikkinchi vazifasi – ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchi vazifasi –ta’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini 
takomillashtirish. 
To‘rtinchi vazifasi – yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi va talabalarning 
tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash. 
Beshinchi vazifasi – insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-
texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo. 
Demaq ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va 
malakalar bilan kurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi 
sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va 
malakalar xosil kilish, ularda dunyokarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish 
xamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir. 
Ta’lim orkali yosh avlodga insoniyat tajribasi orkali to‘plangan bilimlar beriladi, 
zaruriy ko‘nikma va malakalar xamda e’tikodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘kituvchi 
va o‘quvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama 
xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘kituvchi va o‘quvchi-talaba faol ishtirok 
etadi. O‘kituvchi anik maksadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va 
malakalarni singdiradi, o‘quvchi-talabalar esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, 
bilish murakkab, kiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga 
tegishli sezgi, idroq xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar 
faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, 
ularda ko‘nikma va malakalarni xosil kilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir 


155 
bo‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy 
vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi 
bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va 
kelajagini aniqlashdan iboratdir. 
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat 
tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon 
beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va 
vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy 
hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga 
yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa 
ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. 
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: 
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. 
Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, 
mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim 
jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar 
asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida 
ahamiyatga ega.
Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot 
materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, 
mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi. 
1.Таълим жараёнининг таълим бериш функцияси
ўқувчиларда билим, кўникма ва малакаларни шакллантиришдан иборат
2.Таълимнинг ривожлантирувчи функцияси таълим жараёнида билимларни ўзлаштириш 
жараёнида ўқувчининг ривожланиши содир бўлишини ифодалайди


156 
Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutq, fikrlash, sensorli-harakatli 
va hissiy-irodaviy sohalarning rivojlanishi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni 
har doim rivojlantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchini har tomonlama 
rivojlantirish, birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish (analiz qilish, taqqoslash, 
turlarga ajratish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, 
faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni o‘rgatish, natijalarni tekshirish malakasini 
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. 
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o‘rtasidagi 
bog‘liqlik obyektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida 
tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin 
kechadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori 
va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining didaktik g‘oyalari 
Turkiston zaminida yashab, ilm-fan bilan chuqur shug‘ullangan va o‘zlaridan 
keyingi avlodga qoldirgan meroslari bilan jahonga mashhur bo‘lgan allomalar o‘z 
asarlarida yosh avlodni tarbiyalashning shakl va usullari, ta’limning jamiyat 
ravnaqi, xalq farovonligi, mehnat tarbiyasining insonlar hayotida tutgan o‘rni 
haqida o‘z fikrlarini bayon etadilar. Bu VIII asrdan XX asr boshlariga qadar 
yashagan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘beq Alisher Navoiy, 
Jaloliddin Davoniy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi 
allomalar yaratgan asarlarida yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida didaktik 
3.Таълимнинг тарбиялаш функцияситурли ижтимоий тузум ҳамда шароитда ҳам яққол 
намоён бўлиб, таълим мазмуни, шакли ва методларининг моҳияти билан белгиланади ва 
ўқитувчи ҳамда ўқувчилар ўртасидаги муносабатларни ташкил этиш жараёнида етакчи ўрин 
тутади


157 
fikrlar ham bayon etildi, ammo, didaktik ta’lim, uning xususiyati haqida bir butun 
asar yaratilmadi.22 
Bu holat Rossiya va boshqa Yevropa pedagogikasida ham davom etdi. Taniqli 
pedagog V.S. Kukushin o‘zining “Didaktika” nomli o‘quv qo‘llanmasida 
aytganideq Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarini yozganidan buyon 
300 yil o‘tgan bo‘lsa ham, haqiqiy borliq qonuniyatlari va ularning o‘zaro 
bog‘liqligi ifodalangan ta’lim va bilish nazariyasi haqida asar yaratilmadi. 
Kukushin o‘z asarida yarim asr ilgari D.D. Okonnar, L.V. Zankov, L.S. Vыgotskiy, 
A.I. Rakimov, I.T. Karsavin tomonidan yaratilgan asarlarni tadbiq etib, didaktik 
bilim ma’naviy-amaliy bilimga kiritilganini aytadi. 
Ta’lim nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsaq o‘zbek xalq pedagogikasida 
inson aqlan barkamol bo‘lishining eng muhim sharti uni bolaligida o‘qitish va 
tarbiyalash deb hisoblaydi. Al-Xorazmiy, Kindiy, Beruniy, Forobiy, ibn Sino, 
Umar Xayyom, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari 
qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, ular bilishning predmeti va 
manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati 
bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor berganlar. Masalan, 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) shaxsni uzluksiz kamol topishi 
nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv 
tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi. 
Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy (806-866) substansiyani barcha ilmiy bilimlarning 
bosh predmeti sifatida ko‘rib chiqishda eng avvalo miqdor va sifatni hissiy idrok 
etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani 
bilishdan ham mahrumligini o‘qitirdi. Olim o‘zining didaktik g‘oyalarida hissiy va 
rasional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish – yakka narsalarni bilishdan iborat bo‘lsa, 
rasional bilish – umumiy narsalarni bilish ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, hissiy 
bilish faqat aql uchun material beradi. 
Sabablar haqiqatni bilishda va o‘zining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-
harakatlarini anglashda insonning aqliga ko‘maklashadi. «Haqiqat», – deb yozgan 
edi al-Kindiy, – har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, 
binobarin hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Hakiqatni 
bilish zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalarni 
bilish mumkin». 
22
А
.
Зунунов

У

Маҳкамов
Дидактика. // “Шарқ” –
Тошкент
, 2006.

Б
. 15 

16. 


158 
Abu Nasr al-Forobiy (870-950) o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. 
Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy 
yo‘nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqligi 
g‘oyalarini olg‘a surgan. Olim o‘qitishning tajriba – ko‘rsatmali, induktiv va 
deduktiv amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlarni o‘quvchi-
talabalarning hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda 
birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga ko‘yiladigan talablarni ishlab 
chiqishda deduktiv metodini ustun ko‘yib, o‘quvchi-talabalarga materialni 
tushuntirishda nimalarga alohida e’tibor berish haqida, eng muhim narsalarni fanga 
ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va 
hokazolar bo‘yicha o‘kituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan. 
Forobiy matematika fani misollari asosida o‘kitishning ilmiyliliq ko‘rsatmaliliq 
tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va 
fandagi bilim shakllarini moxiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar 
qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi 
hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni 
fikrlash mantiqi orqali o‘tishi kerak. Mantiq obyekti anglashga qaratilgan va aql 
yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga 
xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Forobiy 
bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham anchagina mufassal 
tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun 
nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsada, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart: 1. 
Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplarni to‘liq bilish; 2. Mana shu prinsiplardan 
va mazkur fanga doir ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish: 3. Noto‘g‘ri 
nazariyani rad eta bilish va hakiqatni yolg‘ondan farqlash, xatolarni to‘g‘rilash 
uchun boshqa mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi 
sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala – bilishning manbalari 
masalasi doimo Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nazariy bilish faoliyatining 
dikqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon 
sifatida tahlil hamda talqin qildi. U qadimgi davr olimlari ishlab chiqqan bilishning 
ilmiy metodlarinirivojlantirib didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi. «O‘qish 
va takrorlash orqali, – deb yozgan edi Beruniy, – dunyoning tuzilishini, osmonning 
va yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun g‘oyatda foydalidir. Binobarin 
ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan 
so‘zlarni o‘rganadi, bu so‘zlarning ma’nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya 
fanidagi turli sabablar va isbotlarni o‘rganishda ana shunday so‘zlar uchrasa, ularni 


159 
bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o‘zlashtirishda 
charchamaydi». 
Beruniy ta’kidlaganideq o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bo‘lishi 
va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin ko‘rsatmalilik ta’limning 
tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkurni 
rivojlantiradi. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning bilim orqali erishiladigan natijalari hakidagi 
ta’limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni 
chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql 
bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. 
Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni 
tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. Aql rivojlanishning 
uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni 
haqiqiy aql deyiladi. 
Olim aqllarni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin 
hali harflarni ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda 
tutgan; ikkinchi bosqichda – tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan 
foydalanishni o‘rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi bosqichda 
inson aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn 
Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdeq tajriba asosida va bilish 
jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi, aqlni insonning 
birlamchi 
tug‘ma sog‘lom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlarni vujudga keltiradigan, ularni 
farqlantiradigan kuch, deb ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon 
bo‘ladi. Inson aql yordamida narsalar va hodisalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi 
hamda ularning eng yaxshilarini tanlaydi, 
deb uqtiradi. Shuningdeq aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ularning biri – nazariy 
aql bo‘lib, borliqdagi umumiy narsalarning mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa 
amaliy aql bo‘lib, buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zining barcha asarlarida ilm muammosini birinchi 
o‘ringa qo‘ygan. «Alhosil – deb yozgan edi u, – butun hayotimiz, salomatligimiz, 
saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz 
ilm bilan bog‘liqdur... Shuning uchun o‘qimaq bilmak zamonlarini qo‘ldan bermay, 
vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa’y 
qilmog‘imiz lozimdur». 


160 
A.Avloniy ilm tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va u yaxshini yomondan, 
ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi. 
Xususan u tarbiya bilan ta’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi 
A.Avloniy ta’lim bilan tarbiya o‘rtasida ozgina farq borligini aytgan bo‘lsa ham, 
ular tana va jon singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir, deydi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) “Yangi adabiyot”, “O‘qish kitobi”, 
“Qiroat kitobi” kasbi darsliklarida tovushli savod o‘rgatish metodini ishlab 
chiqqan. Uning ta’lim nazariyasidagi asosiy g‘oya o‘qitish va tarbiyalashga 
kompleks yondoshish, yoshlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasini o‘zaro 
bog‘liq holda amalga oshirishdan iborat edi23. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi paytda pedagogika 
nazariyasidan o‘quv dasturini, qo‘llanma va darsliklarni yaratishda o‘zbek xalq 
pedagogikasi va Sharq mutafakkirlarining didaktik merosidan foydalanmasdan 
turib ta’lim va tarbiya jarayonida yuksak samaradorlikka erishishi mumkin emas. 
Xususan, al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, al-Forobiy, ibn Sino va 
boshqa mutafakkirlarning didaktik g‘oyalari dunyo ijtimoiy-pedagogik fikrlar 
taraqqiyotiga ko‘p jihatdan ta’sir etib, muayyan darajada Yevropada Uyg‘onish 
davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan, albatta. 
Bunday fikrlarni tasdiqlash uchun quyidagi bir necha dalillarning o‘zi kifoya. 
Masalan, Al-Xorazmiyning “Al-kitob-al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l-muqobila” 
(“Aljabrda muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) hamda “Kitob surat al-arz” 
risolalaridan jahonga mashhur matematik va geograflardan Fibonnachi, Pichioli, 
Tartalya, Kardano, Ferrari, Leonardo mashhur yunon olimi Klavdiy II Ptolemey, 
Nyuton, Gershel, Jozef Tussen Reyno va boshqalar keng foydalanganlar. 
Shuningdeq Abu Ali ibn Sinoning “Hayy ibn Yaqzon” (“Ziyrakli – Tirik 
o‘g‘lon”) asari ispaniyalik pedagog va adib ibn Tufaylaning “Yakzon o‘g‘li 
Xayya” haqidagi qissasini; J.J.Russoning “Emil yoki tarbiya haqida” asarini, 
Forobiyning “Fanlar sanog‘i” risolasi ispaniyalik pedagog olimi Gundisalning (XII 
asr) “Falsafaning bo‘linishi” asarini yozilishiga asos bo‘ldi. 
Oksford universitetining professori Rodjr Bekon (XII asr) al-Forobiy va ibn 
Sinolarning didaktik g‘oyalarini chuqurlashtirib, qomusiy kitoblarini yozadi. Bu 
asarlar, Yevropa universitetlarida o‘quv qo‘llanmalari sifatida qo‘llanilgan va bu 
23 R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. 

T.: “FAN VA 
TEXNOLOGIYA”, 2010. 55
-58-betlar. 


161 
ma’lum darajada XV-XVI asrlarda pedagogikadagi pansofik harakatga turtki 
beradi. Pansofik harakatning yorqin namoyondalaridan biri chex pedagogi Yan 
Yamos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida didaktikaning ta’lim nazariyasini 
rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, lekin didaktikani ta’lim 
nazariyasida ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublari (ayniqsa, sinf-dars tizimi 
g‘oyasi) ibn Sinoga tegishli g‘oya ekanligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim. 
Zero, Sharqda IX asrda hali Yevropaning ko‘p hududlarida, xusnixat ishlatilmagan 
va sinf-dars tizimining nimaligini bilmagan bir vaqtda Xorazmdagi Ma’mun 
akademiyasi qoshida tashkil etilgan maktab va madrasalarda ilmiy-pedagogik 
faoliyat bilan shug‘ullangan qomusiy olimlar yaratgan pedagogik nazariyaning 
o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular ilgari surayotgan didaktik g‘oyalar bevosita 
o‘rganilayotgan fan mantig‘idan ajratilmagan. Ta’lim-tarbiya maqsadi, prinsiplari, 
mazmuni va uslublariga xos g‘oyalar bironta fanda aniq bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirish jarayonida yoritiladi. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy 
olimlarning asarlari lotin tilida o‘rta asr Yevropa Universitetlarida o‘quv 
qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan. Yuqorida bu asarlar Yevropada tabiiy va 
ijtimoiy-pedagogik ilmlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lganligiga to‘xtalgan edik. 
Umuman, didaktika ta’lim, bilim berish jarayoni va o‘qitish nazariyasini umumiy 
qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o‘quv fanining o‘qitish metod 
(usul)lari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan 
shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos 
vazifasini o‘taydi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan 
fanga xos bo‘lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan 
bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. 
Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-qarshilik”, 
“bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada 
qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, 
“element” kabilar alohida o‘rin tutadi. 
Pedagogikaga xos didaktik tushunchalarsirasiga quyidagilar kiradi:


162 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
Таълим ўқувчиларга назарий билимларни бериш асосида уларда амалий кўникма ва 
малакаларни шакллантириш, уларнинг билиш қобилиятларини ўстириш ва дунёқарашларини 
тарбиялашга йўналтирилган жараён
Дарс бевосита ўқитувчи раҳбарлигида муайян ўқувчилар гуруҳи билан олиб бориладиган 
таълим жараёнининг асосий шакли
Билим олиш идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида хулқ
-
атвор ҳамда 
фаолият кўникма, малакаларнинг мустаҳкамланиб, мавжуд билимларнинг такомиллашиб, 
бойиб бориш жараёни
Таълим жараёни ўқитувчи ва ўқувчилар ўртасида ташкил этилувчи ҳамда илмий билимларни 
ўзлаштиришга йўналтирилган педагогик жараён
Ўқув фани таълим муассасаларида ўқитилиши йўлга қўйилган ҳамда ўзида муайян фан соҳаси 
бўйича умумий ёки мутахассислик билим асосларини жамлаган манба
Таълим мазмуни давлат таълим стандартлари асосида белгилаб берилган ҳамда
маълум шароитда муайян фанлар бўйича ўзлаштирилиши назарда тутилган илмий 
билимлар, шунингдек, шахснинг ақлий ва жисмоний қобилиятини ҳар томонлама 
ривожлантириш, дунёқараши, одоби, хулқи, ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлик 
даражасини шакллантириш жараёнининг моҳияти
Таълим мақсади (ўқиш, билим олиш мақсади) таълимнинг аниқ йўналишини белгилаб 
берувчи етакчи ғоя
Таълим тизими ёш авлодга таълим
-
тарбия бериш йўлида давлат тамойиллари асосида 
фаолият юритаётган барча турдаги ўқув
-
тарбия муассасалари мажмуи
Таълим жараёнини ташкил этиш ўқитувчи ва ўқувчилар ўртасида ташкил этилувчи ҳамда 
илмий билимларни ўзлаштиришга йўналтирилган педагогик жараённинг ташкилий
-
методик 
жиҳатдан тўғри уюштирилиши
Таълим турлари мазмуни, ташкил этилиш ўрни, босқичи, қўлланиладиган асосий воситалари 
ва жалб этиладиган таълим олувчиларнинг ёшига кўра фарқланувчи таълим кўринишлари 


163 
Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim 
texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin. 
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni 
psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham 
deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Таълим шакли таълим жараёнининг ташкилий қурилиши
Таълим методлари таълим жараёнида қўлланилиб, унинг самарасини таъминловчи услублар 
мажмуи
Таълим тамойиллари таълим назариясининг асосий етакчи қоидалари
Таълим воситалари таълим самарадорлигини таъминловчи объектив (дарслик,
ўқув қўлланмалари, ўқув қуроллари, харита, диаграмма, плакат, расм, чизма, диопроектор, 
магнитафон, видеомагнитафон, ускуна, телевизор, радио, 
компьютер ва бошқалар) ва субъектив (ўқитувчининг нутқи, намунаси, 
Таълим натижаси (таълим маҳсули)таълим якунининг моҳиятини қайд этувчи тушунча; ўқув 
жараёнининг оқибати; белгиланган мақсадни амалга ошириш даражаси


164 
Didaktik tizim ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va 
vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini 
ifodalaydi. Didaktik konsepsiya (tizim)lar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) 
an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy. 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
Дидактик тизим (юнонча “systema” –
яхлит қисмлардан ташкил топган, бирлаштириш) маълум 
мезонлар асосида таълим жараёнининг яхлит ҳолатини белгилаш, ажратиб кўрсатиш
н
атижа
Таълимнинг 
ташкилий
шакллари
Ўқув 
материали 
мазмуни
Таълим 
методлари
Таълим 
воситалари
Таълим 
мақсади
Ўқитувчи 
фаолияти
Ўқувчи 
фаолияти
Таълим жараёни тузилишининг андозаси (модели)


165 
Ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari 
tashkil etadi. 
Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari 
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma 
(yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum 
bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, 
standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko‘rsatmalar to‘plami 
bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning 
quyidagi paradigmalari keng tarqalgan: 
Парадигмалар
Анъанавий
-
консерватив парадигма 
(билим парадигмаси)
Таълим парадигмалари
Рационалистик (бихевиористик) 
парадигма
Гуманистик (феноменологик) 
парадигма
Технократик
парадигма
Эзотерик
парадигма
Ноинституционал 
парадигма


166 
1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko‘ra ta’limning 
asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga 
individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi 
madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or 
g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan 
g‘oya ilgari suriladi. 
2. Rasionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki 
o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali 
usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy 
me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor 
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmagako‘rata’lim oluvchi erkin shaxs, 
ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. 
Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, 
ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik 
xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan 
munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib 
boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining 
erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan 
keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning 
diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, 
“erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. 
Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal 
qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin 
fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan 
ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta 
boylikdir”24. 
4. Ezoterik paradigma(yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati 
haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma 
tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish 
mumkinligini ta’kidlaydilar.
24
Каримов
И
.
А

Баркамол
авлод

Ўзбекистон
тараққиётининг
пойдевори


Тошкент

Шарқ
нашриёт
-
матбаа
концерни
, 1997, 9-
бет


167 
5. Ilmiy-texniq texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni 
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va 
ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati 
uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan 
(o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat 
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. 
6. Noinstitusional paradigmata’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy 
ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim 
Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) 
muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi. 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim 
tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama 
aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va 
boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdeq o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. 
Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. 
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq 
o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi. 
Aleks Muur Londonning Ta’lim Universitetining xizmat ko‘rsatgan 
professori bo‘lib, 2000-yildan buyon katta ma’ruzachi sifatida ishlagan. Ta’lim 
dasturi bo‘yicha va mutaxassislar o‘qituvchi tayyorlash ta’limi bo‘yicha professor 
va ma’ruza o‘quvchidir25. O‘qituvchi pedagog sifatida (1999 yilda noshirlar taklif 
qilingan paytda men London universiteti qoshidagi PGCE( Secondary Programme 
at Goldsmith College) kolleji boshqaruvchisi edim) men o‘sha vaqtlarda 
boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini amaliyotini oshirish uchun bozorlarda 
malakali o‘qituvchilar maslahat va tavsiyalari asosida ishlangan juda yaxshi 
qo‘llanmalar borligidan xabardor edim. Shuningdeq o‘sha paytlarda kuchli 
qobiliyat va tanqid strukturasi asosida yozilgan adabiyotlar ham juda ko‘plab 
topilardi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” 
“tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, 
ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim 
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo‘quvchilarga 
25 


168 
o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning 
faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan 
xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday 
ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish 
hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat

aks etadi. 
Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z 
ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdeq 
ta’lim jarayonini boshqarish usullari 
Zamonaviy ta’limda qo‘llnilgan mashg‘ulotlar talaba yoki o‘quvchilar 
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil 
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi 
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchiliq 
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba yoki o‘quvchi 
asosiy figuraga aylanadi. Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida 
Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Savollariga javob izlash 
bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? – degan 
savoliga ham javob qidirdilar. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish 
jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish 
faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyatining 
vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida 
o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi 
faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga 
yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. O‘qituvchi faoliyatini 

Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процесса и его развитие. –
Москва, Педагогика, 
1984. 

с. 44
-45 
Тизим (мустақил тушунча сифатида) ўзаро боғланган кўплаб элементлар (таркибий қисмлар) 
ўртасидаги мустаҳкам бирлик ва ўзаро яхлитликдир


169 
rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan 
yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy 
ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning 
o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib 
chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va 
metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi. 
Босқичлар
Режалаштириш
Таълим жараёнини бошқариш босқичлари
Ташкил этиш
Бошқариш (рағбатлантириш)
Назорат
Натижаларни баҳолаш ва таҳлил қилиш


170 
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini 
qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish ularni to‘g‘ri yo‘naltirishni 
nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, 
samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish ta’lim 
jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga 
ega. Bujarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos 
ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.
Bilim olishning muhim komponenti motiv,ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat, 
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. 
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operasiyalari) sanalib, ular 
anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini 
tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi 
(kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi 
o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); 
perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan 
foydalanish kiradi. 
Ichki (mnemoniq yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati) 
harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdeq 
tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi. 
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega 
bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda 
Билим олиш борлиқни идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида хулқ
-
атвор ҳамда фаолият кўникма, малакаларининг мустаҳкамланиб, мавжуд билимларнинг 
такомиллашиб, бойиб бориш жараёни


171 
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, 
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilarning o‘quv 
faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining 
mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish. 
Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi: 
Босқичлар
Идрок этиш
Билимларни эгаллаш босқичлари
Ўқув материалини англаб етиш
Билимларни мустаҳкамлаш
Билимларни амалиётда қўллаш


172 
Bilimlarni egallashda o‘zlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar bosqichma-bosqich boyib 
va mustahkamlanib boradi. Bu holat bilimlarni egallashning dinamik xarakterini 
ifodalaydi. Jarayonni sxema yordamida quyidagicha ifodalash mumkin: 
Birinchi bosqich idroketish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois o‘quvchilarga 
mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib 
berish orqali o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. Mazkur 
bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqyealarni, predmetlarni o‘rganish haqida 
yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda 
yakunlanadi. 
Билимларни эгаллашнинг динамик характери


173 
Ikkinchi bosqich o‘quv materialini anglab yetish bo‘lib, u ma’lumotlarning 
nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni 
topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish 
materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar 
to‘plamini o‘rganib chiqishi kerak. O‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda 
qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. O‘quvchi o‘quv 
masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu 
bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash bo‘lib,o‘zlashtirilgan 
bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati 
ko‘proq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy 
material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. 
O‘quvchilar matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida 
va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida 
o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani 
yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va 
ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat. Bilimlarni qo‘llash 
o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va 
ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya 
ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim 
mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq. 
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini 
qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot obyektlarining harakatlari hamda yerdagi 
nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va 
Гносеология (юнонча –
“gnosis” (“gnoseos”) –
билим, онг, ўрганиш, 
логия –
фан, таълимот) билиш, илмий билимларнинг шаклланиши, 
хусусиятлари, қонуниятлари, услублари, илмий тафаккур шакллари, 
шунингдек, инсонга хос бўлган борлиқни англаш қобилияти 
ҳақидаги
назария, таълимот


174 
tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, 
alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; 
matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu 
metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. 
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. 
Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va rasional bilish tarzida ikkiga ajratadi. 
Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. 
Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql 
tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb 
hisoblaydi Kindiy. 
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror 
narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud 
bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar 
klassifikasiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. 
“Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan 
shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, 
shuningdeq haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. 
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom 
etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning 
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi. 
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida 
o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi 
holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning 
mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin 
deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy 
asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga 
muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil 
va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb olimlarining ta’lim 


175 
jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy 
qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir. 
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi 
o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan. 
Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga 
asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni: 
1. Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni 
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi 
natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga 
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan 
iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini 
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2.Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining 
borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, 
uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni 
ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan 
bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil 
etishdan iborat.
3. Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs 
rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb 
yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin 
zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos 
bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
4.Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda 
rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga 
asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga 
imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish 
g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish 
qarama-qarshi kuchlar kurashidir. 
Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari 
quyidagilar sanaladi: 


176 
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi 
o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy 
takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim 
mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini
izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
2. O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va 
vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish 
o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun 
va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlari orqali 
namoyon bo‘lishi mumkin. 
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda 
tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab 
bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga 
keladi.
5. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – 
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi 
hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchliq ishonch, go‘zalliq ijod, 
insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha 
qonuniyatlarumumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga 
ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan 
qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga 
tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi. 
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va 
natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi; 2) ta’lim jarayonining 
ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi; 3) ta’lim, rivojlanish va 
tarbiyaning o‘zaro birligi; 4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va 
o‘rganilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi; 5) ta’lim 
jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi 
asosida ta’minlanishi; 6) malakalarning muayyan operasiya va harakatlarning 
muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi; 7) o‘zlashtirishning 
puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) o‘quvchilar tomonidan 


177 
o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng 
oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi. 
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari 
aniqlanadi.
Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy-
g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko‘rgazmalilik; 
mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy 
yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); 
tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning o‘quvchilar 
yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona 
talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik 
hamkorlik.
TA’LIM TAMOYILLARI 
Таълим тамойиллариўқитиш асосида ётадиган, таълим ва 
уни ташкил этиш жараёнини ташкил этиш мазмуни, шакл, 
метод ва воситаларинитанланишини белгилайдиганбошланғич асослардир
Таълим
-
тарбиянинг бирлиги тамойили
Таълимнинг илмийлик тамойили
Таълимнинг кўрсатмалилик ва кўргазмалилик 
тамойили
Таълимнинг тизимлилик ва изчиллик тамойили 
Таълимнинг онглилик, фаоллик ва мустақилликка 
эришиш тамойили
Таълимнинг тушунарлилик, пухталик ва тизимли 
ўзлаштириб олиш тамойили
Т
А
Ъ
Л
И
М
Т
А


178 
TA’LIM TAMOYILLARIGA XOS XUSUSIYaTLARGA UMUMIY 
TAVSIF 
TA’LIMNING ILMIYLIK TAMOYILI 


179 
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqyelikni inson ongida aks ettishidir. Tevarak-
atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va xodisalarning 
xossalarini va ularning o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar 
hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash 
kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari 
haqiqiy voqyelikka ma’lum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan 
isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi 
va chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga 
isbotlab bo‘lingan, aniqlangan va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va 
chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga isbotlab 
bo‘lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bilimlarni 
yetkazishimiz lozim.
Ta’limning ilmiyligi o‘quvchi-talabalarning o‘quv materiallaridagi 
qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri sharoit 
yaratish maqsadida zarurdir.
Nazariy qoidalarni tushunish-materialini ilmiy asosda izohlab berishning 
muhim belgisi bo‘lib, u o‘quvchi-talabalarning fikrlash faoliyatini 
xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqyeylikni har 
xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida 
ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri nazariy ma’lumotlar tevarak-atrofdagi 
dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan biri nazaridan bilib 
olishdir. Ilmiylik qoidasi barcha guruhlardagi va turli ta’lim muassasalaridagi 
o‘quvchi-talabalarga o‘rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab 
ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchi-talabalarda ilmiy dunyoqarash 
e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Yetuk milliy kadrlarni tarbiyalab 
yetishtirish uchun xozirgi zamon fan-texnikasining rivoji darajasidagi ilmiy 
bilimlarni egallashga erishish muhim. Shu bilan bir qatorda o‘quvchi-
talabalarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan ham tanishtirib borish maqsadga 
muvofiq. Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir, 
ya’ni darsliklar o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari, o‘quv rejasi, ilmiy 
asosda yaratilishi lozim.
II. TA’LIM-TARBIYaNING BIRLIGI TAMOYILI 
Ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. 


180 
Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy 
tadbir o‘zida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat bo‘lib biz ta’lim 
jarayonida uni hisobga olishimiz lozim. Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan katta 
va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini 
to‘g‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni 
ta’minlash juda qulay. Chunki tarbiya his-xayajon va amaliy hayot bilan 
chambarchas bog‘liq.
Bu esa bilimlarni puxtaroq o‘rganishga yordam beradi. Bilimlar esa 
bilimlarni ana shu tarbiyaviy jihatlarni mustaxkamlashga ta’sir etadi. Bilimlar 
hayotni, hayotiy qonuniyatlarni bilishga xizmat qilsa, tarbiya ana shu hayotga 
nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib topishini ta’minlaydi. Demaq bir butun 
ta’lim jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik hayotini bilish va unga bo‘lgan 
munosabatni tarkib toptirish jarayoni sodir bo‘lar ekan.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishga va 
o‘qitishga xilma xil metod va uslublardan foydalana olishga ko‘p jixatdan 
bog‘liq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o‘quv materiallarning mazmunini ham ilmiy ham 
g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;
b) o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy moxiyatini ochib berilishi, 
ta’lim jarayonida ma’lumotlardan fodalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zgartirilishi 
va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish o‘quvchi-talabalarning 
qiziqishlari faollik va tashabbuskorlikni ta’minlashga e’tiborining 
kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning uyushqoqligini intizomlik va 
javobgarlikni sezish o‘zaro yordam xislarini tarbiyalanishini ta’minlash zarur.
III. TA’LIMNING TIZIMLILIK VA IZChILLIK TAMOYILI 
Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda tizimli va izchillik bo‘lishi 
shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum tizimiga solinishi va izchil 
bo‘lishi ta’lim samaradorligini belgilovchi yetakchi omillaridan biridir. 
Hozirgi zamon didaktikasida bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki 


181 
ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish butun o‘rganilgan bilimlarni 
mustahkamlashga va ertaga o‘rganayotgan bilimlarga zamin tayyorlashga 
yordam beradi. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi material 
o‘quvchi-talabalarning oldingi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarga ko‘nikma va 
malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanish, shu bilan bir vaqtda 
o‘qitilayotgan o‘quv materiallarni o‘zlashtirish orqali kelajakda yangi 
bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdeq navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin 
yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, o‘quvchi-
talabalarning oldidan o‘zlashtirilgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim 
ko‘nikma va malakalar xosil qilish, ularning o‘zaro boshlanishlarini 
takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida 
oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yana ham 
chuqurlashtirish, kengaytirish va mustaxkamlashni ta’minlashga 
qaratilgandir. Demaq tizimlilikda izchillik ta’limda uzluksizlikni vujudga 
keltirishda ahamiyatlidir. Bundan tashqari ma’lum tizimga solingan 
bilimlarni yegallash o‘rganish jarayonida qulaylik vujudga keltiriladi. Albatta 
tizimli va izchillikni soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilishi maqsadga 
muvofiq. Bilimlarning asta-sekin izchillik bilan murakkablashib borishi 
tafakkurni rivojlantiradi va natijada ta’limning rivojlantiruvchi xususiyati 
kelib chiqadi.
IV. TA’LIMNING KO‘RSATMALILIK VA KO‘RGAZMALILIK 
TAMOYILI 
Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlarini ko‘proq jalb etish 
o‘rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish 
bajarsa, ko‘rish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi. Ko‘rsatmalilik 
mavzuni o‘rganishda yengillik tug‘dirishi bilan birga o‘quvchi-talabada 
qiziqish ham uyg‘otadi. O‘rganilgan mavzuni o‘ziga uzoq muddat esda 
saqlanishga va qayta yesga tushirishga yordam beradi. O‘quvchi-
talabalarning sxema, jadval, diagramma kabi materiallarni ustida ish olib 
borishlari va materiallar xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, 
umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga 
yordam beradi. 


182 
Albatta, ko‘rsatmalik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa 
tomonlarini ham e’tiborga olishi kerak. Birinchidan, ishlatiladigan 
ko‘rgazmali qurollar o‘quvchi-talabalarning yoshi va o‘ziga xos xarakter 
xususiyatlari, umumiy tayyorgarlik-saviyasiga mos kelgan bo‘lishi lozim. 
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars 
mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar 
bo‘lishini xisobga olmoq, uni to‘g‘ri tanlashga e’tibor bermoq lozim. 
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanishi uchun belgilangan ko‘rsatmali 
materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari 
to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
V. TA’LIMNING ONGLILIK, FAOLLIK VA MUSTAQILLIKKA 
ERIShISh TAMOYILI 
O‘quvchi-talabalarni yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, 
adabiyotdan she’r yodlash va xokazolarning ifodalanishigina emas, balki 
ularning hayotiy hodisalar jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuni ham 
tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda 
materiallar quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. 
Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchi-talabalarda 
bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni emosional 
kechinmalar uyg‘otishni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki ta’lim ikki tomonlik xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog 
yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va o‘quvchi-talabalar o‘rganishi 
jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik 
jarayon bo‘lib o‘quvchi-talabalardan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagogik 
qonunchilik ta’lim jarayoni sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil 
etmasin, o‘quvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa o‘quv 
jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak o‘quv jarayonida avval 
o‘quvchi-talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga 
ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni 
ishga tushiradi. O‘quvchi-talabalarda faollik holatini vujudga kelishida 
motivasiyalar ahamiyatlidir. Mustaqillik tafakkur turli usullar bilan hosil 
qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, 
muomalali vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki onglilik va faollikni, 
mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim 
oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash 


183 
muomalalar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda 
rivojlantirishdir. Umuman ongliliq faollik va mustaqillik o‘zaro bir-birini 
to‘ldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli 
o‘zlashtirish bir tomonidan o‘quvchi-talabalarning mustaqil faol fikr 
qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida 
talabalarni mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini 
tarbiyalab, takomillashtirib borishi nazarda tutadi. O‘quvchi-talabalar 
faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, ularda onglilikni 
o‘stirish o‘qishda yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.
VI. TA’LIMNING PUXTA VA TIZIMLI O‘ZLAShTIRIB OLISh 
TAMOYILI 
Ta’lim jarayonida biz o‘quvchi-talabalarni bilimlarni mustahkam yesda 
saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablaridan biridir. O‘quv materiallarini 
mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv 
materiallarni tizimli va ongli o‘zlashtirishga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda 
xosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarini ancha murakkabroq 
materiallarni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun ham bilimlar zaminining puxta bo‘lmasligi keyingi 
o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishga olib keladi. Ya’ni 
o‘zlashtirgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni 
o‘rganilishida va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarning 
o‘zlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish ba’zi 
tushunmovchiliklarni yo‘qotish, mustahkamlashga e’tiborini qaratish 
didaktikning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni 
uyushtirish, bilimlarni mustaxkamlashga yordam beradi. Takrorlashning 
ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldidan o‘zlashtirilishligini o‘quv 
materialigina esga tushirmay, balki shu o‘quv materialiga bog‘liq bo‘lgan 
yangi-yangi ma’lumotlar ham beriladi, o‘zlashtirilgan bilimlarning noaniq 
tuman bo‘lib qolgan tomonlar oydinlashtiriladi va to‘ldiriladi. Bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim 
samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib takrorlash tizimli va 
uzluksiz ravishda to‘ldirib borish muhim didaktik talabdir.
VII. TA’LIMNI INDIVIDUALLAShTIRISh O‘QUVChI-
TALABALARNING ShAXSIY VA YoSh XUSUSIYaTLARINI HISOBGA 
OLISh TAMOYILI 


184 
Har bir o‘quvchi-talaba o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda 
miqdori mavjud. Har bir o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va 
shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv 
jarayonida ana shu individul xususiyatlarni xisobga olmasalar har qancha 
unumli metodlardan foydalanmasinlar. O‘quv jarayonida yaxshi natijalarga 
erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani 
umumiy rivojini ta’minlash. Lekin o‘quvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat 
uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi 
mumkin. O‘quvchi-talabalarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning 
rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki 
majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish 
aqlga sig‘maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil ularni o‘rganish 
ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida o‘quvchi-talabaning kuchli va 
ojiz tamonlarini uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga 
mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib olish mumkin. O‘quvchi-talaba shaxsining 
muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolarni 
sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarini rivojlantirishda juda 
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘zlashtirish bir oz pastroq bo‘lgan o‘quvchi-
talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun o‘quvchi-
talabaning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda 
“differensiyalashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy 
sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni 
hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun 
alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan guruhlar uchun tuzilgan dasturlar 
qo‘llaniladigan metodlar asosida o‘quvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.
Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv dasturi, mazmuni va hajmi 
o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. 
O‘rganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar o‘quvchi-
talabalarning xaddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib 
aytganda o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalarning sog‘ligi psixik holatida 
salbiy ta’sir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir o‘quvchi-
talabaning xususiyatlarni chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar jarajasida belgilab 
olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo‘lishga 
erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” 
ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la 
olmaydi. Demaq har bir yosh davrda o‘quvchi-talabalarning imkoniyatlarini 


185 
o‘rganish va imkoniyatlarga mos ravishda ta’limni tashkil etish, 
o‘rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda ta’lim oluvchilarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish juda muhim bo‘lib, bu yo‘nalishda ham tegishli 
ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” asosda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning 
asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustuvorligi, 
ta’limning iijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalishiga, ta’lim va 
tarbiyaning uzviy bog‘liqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash yuqori darajada 
bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Ko‘rib 
turganimizdek uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillari 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ana shu didaktik tamoyillarini yanada 
mukammallashuviga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demaq bugungi kunda o‘quvchi-talabalarni ehtiyojlarini hisobga olingan 
holda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika o‘quv 
jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq o‘rganish hamda ta’lim 
samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib 
borishi maqsadga muvofiq. 
VIII. TA’LIMNING FANLARARO BOG‘LIQLIK TAMOYILI
Ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni mustaqil hayotga 
tayyorlash, ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o‘z bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun 
ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan 
qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu fanlararo bog‘liq bilimlarni 
amaliyotda qo‘llay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Demaq bu tamoyil 
ta’limning fanlararo bog‘liqligi bilan hamoxang bo‘lib, ular bir-birlarini 
to‘ldirib keladilar. Ta’limning fanlararo bog‘liqligi ilmiy bilimlarni nazariy 
jihatdan o‘rganishga, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunishiga, fikrlash 
qobiliyatini o‘stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni 
amalda qo‘llab ko‘rish, yanada to‘liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda 
ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
IX. TA’LIMNING NAZARIYa BILAN AMALIYoT BIRLIGI TAMOYILI 
Mazkur tamoyillarda dastavval o‘quv fanining mazmunini va o‘ziga xos 
xususiyatga bog‘liq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy 
bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish. O‘quv materiallarni 


186 
idrok qilish, aniqlash, shuningdeq uni mustahkam esda saqlab qolish kabi 
ruhiy jarayon bilan bog‘liq hola bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar tomonidan matematika, tabiiy 
fanlardan hamda ijtimoiy gumanitar fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim 
ko‘nikma va malakalari tajriba xonalari va labaratoriya, zamonaviy texnika 
vositalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati va iqtisodiy 
munosabatlar jarayonida qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ular kelgusida 
murakkab ilmiy nazariyalari amalda qo‘llana olishlari uchun zarur bo‘lgan 
tajriba bilan qurollantiriladi. O‘quvchi-talabalar o‘quv materiallarini tub 
mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy asosda atroflicha 
to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchun zarur 
bo‘lgan mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar. Shuning uchun ham 
har-bir mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganilayotgan yangi 
bilimlarni mumkin qadar amaliyotga bog‘lash uchun jarayonning tamoyili 
sifatida qabul qilinadi.
TA’LIM QONUNIYATI, QONUNLARI 
Didaktikada ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan qonun-qoidalar 
va tamoyillar ishlab chiqilgan. Shunday ekan, “qonuniyat”,“qonun”, “qoida”, 
“tamoyil” degan tushunchalarning tom ma’nosini aniqroq bilib olishimiz lozim.
Qonuniyat - bizning ixtiyorimizdan tashqari obyektiv mavjud bo‘lgan narsa va 
hodisalar o‘rtasidagi, ularning tadrijiy rivoji (evolyusiyasi) zaruriyatidan kelib 
chiqqan bog‘lanish. Tabiiy fanlarda, uni qonun deb ham nomlaydilar. Masalan, 
Yerning tortilish qonuni, Markazdan qochma kuchqonuni, Jovul-Lens qonuni va 
hokazo. 
Ta’lim-taryiya jarayonining qonuniyatlarini tushuntiradigan bo‘lsaq ular ta’lim-
tarbiya jarayonining tadrijiy rivoji zaruriyatidan kelib chiquvchi ta’lim-tarbiyani bir 
butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklardir. Chunonchi, ta’lim 
beruvchi va ta’lim oluvchi orasidagi zaruriy bog‘liqlik yoki ta’lim beruchi bilan 
o‘quv dasturi orasidagi zaruriy bog‘liqlik va hokazolar. 
Qonun atamasi aslida insoniyat tomonidan yaratilgan tartib va koidalarga nisbatan 
ishlatiladi. Ammo tabiiy fanlarda, ularni o‘rganish jarayonida aniklangan tartiblarni 
Alloh taolo, ya’ni Xudo tomonidan, ishlab chiqilgan tartib-qoida degan mazmunda, 
uni qonun deb nomlanib kelingan. Izohli lug‘atlarda bu atamalar sinonim sifatida 
qo‘llanilgan. Ilmiy nuktai nazardan qaralganda, tabiiy fanlardagi tabiat 


187 
qonunlaridan tashkari, barcha bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan va 
ularning tadrijiy rivoji natijasida paydo bo‘lgan bog‘liqliklarni qonuniyat deyiladi. 
Ijtimoiy hayotdagi inson va narsalar orasidagi goho zaruriy, goho nozaruriy 
(birovni foydasini ko‘zlab) o‘rndtilgan bog‘liqliklar qonun deyiladi. 
Qoida – bu inson harakat tartibining oxirgi bosqichi bo‘lib, obyektiv qonuniyatlar 
asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib,
konkretlashtirib beruvchi harakat tartibidir. Qoidalar nazariya bilan amaliyot 
orasini bog‘lab turuvchi vositadir. 
Uni pedagogik jarayon misolida ko‘radigan bo‘lsaq u o‘qitish qoidalarida 
namoyon bo‘ladi. O‘qitish qoidalari tipik vaziyatlarda o‘qituvchilarning tipik 
harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib aytganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik 
vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar o‘zini qanday tutishi kerakligini 
ko‘rsatib beradilar. Shuning uchun ular amaliyotga yaqin turadilar. 
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik koidalarga ikki xildagi qarash mavjud. 
Birinchisi, amaliyotchi o‘qituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini 
bilish shart emas, ular olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dars o‘tish qoidalarini 
o‘zlshtirib olsalar, shuning o‘zi yetarli deydilar. Shu kunda xorijiy mamlakatlarda 
va Oktyabr inqilobidan oldingi rus pedagogikasida bu fikr ustunlik qilgan. Bu 
masalaga ikkinchi turdagi qarash ham bor, ular amaliyotchi o‘qituvchilarning faqat 
tayyor o‘qitish qoidalariga bog‘lab qo‘ysaq ularning tashabbuskorligini cheklab 
ko‘ygan bo‘lamiz deydilar. Bularning ikkalasining fikrlarida ham mantiq bor. 
Haqiqat, har doimgideq ikkalasining o‘rtasida yotadi. O‘qituvchilarni pedagogik 
qoidalarga qattiq bog‘lab qo‘yib, ularning erkini cheklash yomon bo‘lgani kabi, 
amaliyotdan uzilgan va juda ham nazariylashgan pedagogik tamoyillarni va 
qonuniyatlarni pedagoglardan talab qilish va pedagogik jarayonni erkin 
harakatlarga aylantirib ko‘yish ham noo‘rin. 
Ta’lim-tarbiyada, boshqa mehnat turlaridagideq standart holatlar juda ko‘p. Bu 
holda o‘qituvchi uchun ko‘p ham tashabbus ko‘rsatishi shart emas, aks hollarda,
o‘qituvchining tashabbuskorligi darsni muvaffaqiyatli o‘tishiga halal ham 
beradi. Bu holda, dars o‘tganda aynan pedagogik koidalarga rioya qilish talab 
qilinadi. 
Qoidalar didaktika tamoyillaridan kelib chikkani kabi, didaktika tamoyillari o‘z 
ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq, koidalar o‘z ichiga yana ko‘p sonli 
o‘qituvchi va pedagoglarning ko‘p yillik tajribasini ham qamrab olgan bo‘ladi. 


188 
Dars o‘tish koidalari qancha degan savolga K.D.Ushinskiyning so‘zlarini keltirish 
o‘rinlidir. U, barcha pedagogik koidalarni bir varakka sig‘dirish xam mumkin, 
ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin, degan ekan. 
Odatda ular tavsiyanoma, ko‘llanma va eslatmalar sifatida beriladi. 
Ta’lim qonunlari. Ta’lim qonunlari to‘g‘risida gap borganda, MDHga kiruvchi 
mamlakatlarda goho ta’lim tamoyillarini ham, goho ta’lim qoidalarini ham 
qonundeb yuritilishi kuzatiladi. Shuning uchun, qonun deb aniq aytilgan 
Amerikalik Torndayk maktabi bo‘yicha kuyidagi qonunlarni qayd kilish bilan 
cheklanamiz. 
1. O‘zaro bog‘liqlik qonuni – ta’lim-tarbiya jarayonida ikkita ruhiy harakatning 
o‘zaro bog‘liqlikdagi rivojlanish qonuni. Bu qonun bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayoni 
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi ruhining bir yo‘nalishdagi harakatini taqozo 
yetadi. Bu qonunga binoan, agar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi ikki 
shaxsning birining ruh harakati ikkinchisiniki bilan mos tushmasa, ta’lim-tarbiya 
jarayoni sodir bo‘lmaydi. Bilim berish jarayoni sodir bo‘lishi mumkin, tazyiq yo‘li 
bilan, ammo haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshmaydi. Bu qonunga binoan 
darsni tashkil qilish va uni amalga oshirish uchun pedagog sinfda yoki auditoriyada 
bir xildagi ruhiy holatni, ya’ni bilim berish va bilim olish holatini shakllantirishi 
kerak. 
2. Mashq qonuni – bu qonun bo‘yicha, egallangan bilimni ko‘nikmadan so‘ng 
malakaga aylantirish uchun, mashq qanchalik tezfaol bo‘lsa, qaytar reaksiya ham 
shunchalik tez bo‘lib, bilim o‘zlashtirilishi ham tez o‘tadi, u bilimni xotirada 
uzoq muddatga saqlanishi ta’minlanadi. Bu qonun bo‘yicha, bilim egallaganda har 
bir kishi o‘zining qabul qilish tezligi qobiliyatiga binoan egallasa ham, uni 
ko‘nikma va malakaga aylantirishda, mashqni iloji boricha tez amalga oshirishni 
taqozo etadi. 
3. Intensivlik qonuni – bu qonun bo‘yicha ham, mashqlar javobi qanchalik 
intensiv ravishda bo‘lsa, u shunchalik tez o‘zlashtiriladi.
4. Assimiliasiya qonuni bo‘yicha – har bir yangi turtki qaytar reaksiyani vujudga 
keltiradi, deyiladi. Shuning uchun egallagan bilimni kaytarish yo‘li bilan turtib 
turish kerak deyiladi. 
5. Natijaviy qonunda – reaksiya ijobiy bo‘lsa bilim mustahkamlanadi, agar salbiy 
bo‘lsa xotira uni o‘chirib tashlaydi, deyiladi. 


189 
Hakikatdan xam bu qonunlar hayotdan olingan bo‘lib, amaliyotda minglab, 
marotaba sinalib ko‘rilgan. Shuning uchun pedagogik amaliyotda bulardan kelib 
chiqishlik pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi.26 
Didaktika tamoyillari (prinsiplari). Didaktika tamoyillarining tarixi shuni 
ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt 
sarflamay aniq etishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib 
borib didaktika prinsiplari majmui yaratilishiga sababchi bo‘lganlar.
X-XII asrlardagi mashhur qomusiy olimlar ilmiy bilishning asosiy qonuniyatlariga 
va didaktika prinsiplariga faqat o‘qitishning emas, balki ahloqiy tarbiyaning asosi 
sifatida qaraganlar. Buyuk matematik Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-
850) o‘zining bilish nazariyasida moddiy olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
obyektiv munosabatlarni, tabiiy jarayonlarni “...sezgi orqali bilish, bu qisman bilim 
bo‘lsa, mantiqiy bayon, aqliy bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini 
namoyon etadi”, deb hisoblaydi. Olimning fikricha “insonning xulq-atvori, xatti-
harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin”.
Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi bilan shug‘ullangan olim Yoqub ibn Is’hoq 
al-Kindiy (806-866) fikricha, moddiy olamdagi narsalar, ya’ni “birinchi 
substansiyalar”ni ularning xususiyatlari – miqdori va sifatini o‘rganish asosidagina 
bilish mumkin. Olim o‘z tasnifida insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng 
zarur omili uning aql kuchini rivojlantirishdir.
Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo‘yi Arastuning kitoblarini o‘qisa ham, ularda 
ifodalangan fanlarning birontasini o‘zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha 
urinsada, faqat boshqalarning gaplarini takrorlab bera oladigan bo‘ladi. U hyech 
narsaning mohiyatini tushunmaydi va o‘zlashtira olmaydi. Al-Kindiy ana shu 
fikrlarini bayon qilar ekan, o‘qitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini, ya’ni 
prinsipini nazarda tutgan. 
Abu Bakr al-Roziy (865-925) ilmiy bilish nazariyasida inson aqli va tafakkuri 
yuksak darajada rivojlangan ijtimoiy mavjudod bo‘lganligi uchun ham olamdagi 
hamma narsalardan ustun turadi deb talqin etadi: “Bizga foydali bo‘lgan ishlarda 
o‘zimiz hukm yurita bilishimiz uchun bizga hayvonotga nisbatan ustunlik aql bilan 
berilgandir. Aql orqali o‘zimizni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni hayrli 
26 
Бўри Зиёмсуҳаммадов. Педагогика. Ўқув қўлланма –Т.: 2006, 91
-101-
бетлар; Ёқутхон Раҳмонова. 
Ҳамширалик
ишида педагогика. Дарслик. –Т.: 2007, 88
-89-
бетлар.


190 
qiluvchi hamma narsani bila olamiz. Aql bilan biz o‘z xohish maqsadlarimizga 
yetamiz...” 
Abu Nasr al Forobiy (870-950) “Namunali ta’lim” risolasida ta’lim oluvchilar 
o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materialni yaxshi yo‘sinda bayon qilish masalasiga 
alohida to‘xtalib, o‘qitishning ikkita turini, yangi prinsipini tavsiya etgan: ularning 
biri bevosita sezgi, ikkinchisi aql bilan bog‘liqdir. U o‘zining fikrini shunday talqin 
etadi: “Narsalar bizdan, hislarimizdan tashqarida turib, bizning sezgi a’zolarimizga 
ta’sir etadi, ta’sir etadigan narsalar cheksizdir. 
Inson o‘zining aqlini, xayolini ishga soladi va shular vositasida bilmagan 
narsalarini bilib oladi, ularga asoslanib bilish manbai bo‘lgan olam va uning 
mohiyati haqida chuqurroq, atrofliroq bilim va ma’lumotga ega bo‘ladi” U fikrini 
davom ettirib: “... avval bilim zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari 
haqidagi ilmdir. Jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish 
lozim. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm 
o‘rganiladi.
Kishi bilim va tajriba orttirmasdan oldin juda ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi, 
bilim egallab, tajriba hosil qilgach, haligi narsalarga qarashini o‘zgartiradi, avval 
behuda deb hisoblovchi narsalarning zaruratligini his etadi, ilgari e’tiborini 
tortmagan narsa endi aksincha uni hayratga soladi”. 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘quv jarayonida pedagog quyidagi didaktika 
prinsiplariga qat’iy amal qilishi lozimligini ta’kidlaydi:
– ta’lim oluvchini zeriktirmasligi;
– bilim berishda turlilikka asoslanishi;
– uzviylikka, tizimlilikka, izchillikka va mantiqiylikka rioya qilishi;
– yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishi va h.k.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) didaktikaning prinsiplariga, xususan, ko‘rsatmali 
o‘qitishga zo‘r qiziqish bilan qarab, inson dastlabki o‘quv mashg‘ulotlarida 
buyumning tashqi hossasini o‘rgansa, o‘sha buyumni va uning tasvirini ko‘rib 
chiqsa, o‘zi mustaqil holda bilimlarni o‘zlashtira oladi, deb hisoblaydi. Olim inson 
haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok etish tufayli unda 
obyektiv voqyelikni to‘g‘ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini ta’kidlaydi.


191 
Shuningdeq ibn Sinoning ilmiy bilimlarni egallash usullari va yo‘llari, ta’lim 
oluvchilarni sinf-dars shaklida o‘qitish haqidagi didaktik prinsiplari muhim 
ahamiyatga egadir:
– ta’lim oluvchini bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
– o‘qitishda jamoa (sinf) bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish;
– bilim berishda ilm o‘rganuvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
– o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish va h.k.27 
Shubhasiz, keyinchalik yuqorida nomlari qayd etilgan va zikr etilmagan boshqa 
ko‘pgina Sharq qomusiy olimlarning ishlab chiqqan didaktika qonun-qoidalari va 
(prinsip) tamoyillari chex olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan 
“Buyuk didaktika” asarining yaratilishiga asos bo‘lib, pedagogika tarixida 
“Didaktikaning otasi, asoschisi” nomiga sazovor bo‘ladi.
Avval ham aytganymizdeq yakin vaktlargacha pedagogikadagi qonun, qonuniyat 
va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida ishlatilib, yoki bularning bitgasiga 
yo qonun, yo qonuniyat, yo prinsipga ustunlik berilib kelingan. 
Ammo, ko‘p yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki 
qonuniyat turg‘un bo‘lib, ular asosida yaratilgan. 
Yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib ham turishlari mumkin ekan. Ba’zi eski 
tamoyillar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili yo‘q bo‘lib ketib, 
o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan. 
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday koida o‘rnashib qolganki, tamoyillar 
tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning ehtiyojlarini ifoda etar ekan. 
Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanni rivojlanishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi 
qonuniyatlarni aniqlanishi, shuningdeq ilg‘or psdagogik tajribalar natijasida 
pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da 
mamlakatimizda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish yangi qonuniyatlar 
va pedagogik prinsip (tamoyil)lari to‘liq o‘z ifodasini topgan. Bu pedagogik ta’lim 
tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi;
27
С.Ҳасанов. Хоразм маънавияти дарғалари. –Т.: “Адолат”, 2001, 103
-119-
бетлар. 


192 
ta’limning demokratlashuvi;
ta’limning insonparvarlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liqligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoit 
yaratish28kabilardir. 
Ma’lumki, o‘quv jarayonining muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim 
jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo‘yilgan didaktik talablar va 
tamoyillarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liqdir. Chunki ta’lim tamoyillari 
o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va 
boshqarishda rivoya qiladigan qonun-qoidalar sifatida amal qiladi.
Pedagogik amaliyotlarda ba’zan “o‘qitish prinsiplari” atamasi ham ishlatiladi. 
Lekin ta’lim tamoyillari (prinsislari) ta’lim jarayonining ikkala subyekti o‘qituvchi 
va o‘quvchi-talabaga ham dahldor. Shuning uchun taniqli didaktik olimlar 
O.Roziqov, A.Zunnunov, U.Mahkamov ularni ta’lim prinsiplari deb atagan 
ma’qul deb ta’kidlaydilar. Chunki ta’limni tashkil yetish, boshqarish va nazorat 
qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar, 
ta’lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular 
ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o‘quv-tarbiya jarayonining hamma 
komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Prinsiplar va ta’lim qonuniyatlari 
uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. 
Prinsip umummilliy xususiyatiga ega bo‘lib, ta’limda barcha o‘quv fanlarini 
o‘qitish bosqichlarida qo‘llanadi.29 
O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak – atrofdagi 
dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shuning uchun 
o‘qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy 
jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
28 
Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури. Баркамол авлод –
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори –Т.: 
1998, 43- 
44-
бетлар.
29
А.Зуннунов, У. Маҳкамов. Дидактика. –Т.: “Шарқ”, 2006, 49
-
бет


193 
Demaq ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy 
bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy 
qonun va yo‘l-yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari 
har ikkala faoliyatning, ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni muvvafaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha 
talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning 
eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri xal qilishning asosiy 
negizi hisoblanadi. Umuman, ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning 
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish 
jarayonlariningyo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, 
bilim va malaka hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga 
aytiladi.
Ta’lim tamoyillari ta’lim muassasalari oldida turgan ulkan vazifalar asosida 
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir sistemani 
tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi 
mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini 
qo‘shadi. Hozirgi jarayonda o‘quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni 
erkin, mustaqil fikrlay oladigan barkamol inson qilib tarbiyalashda, ta’lim 
tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim 
muammolardan biridir.
Ta’lim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi 
Metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, 
qoida kategoriyalarining farqi nimada?
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga 
erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning 
etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy 
kategoriya sifatidagi talqinida ham aks 
etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda 
tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga 
qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi 
ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. 
Ta’lim usuli– ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, metodlar 
bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va 
Яхши ўқитувчи – болаларга ҳақиқатни 
сўзлаб беради, буюк ўқитувчи эса ўша 
ҳақиқатга олиб борувчи йўлни 
кўрсатади.
Адольф Дистерверг 


194 
qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda 
foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar 
tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. 
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o‘qitish nazariyasi. O‘zaro 
ta’sir utishning turli shakllarini o‘rganish asosida biror fanni o‘qitish va o‘rganish 
yo‘llarini o‘quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir 
etishning aniq tizimini o‘qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o‘quv dasturi 
va darsliklarda ochib beriluvchi ta’lim mazmunida o‘z aksini topadi hamda ta’lim 
metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. O‘quv fani metodikasi 
didaktika bilan mustahkam bog‘langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga 
oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy 
ko‘rsatmalardir.
Ta’lim metodlari tasnifi30: 
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (Ye.I.Golant, N.M.Verzilin va 
bosh.)
2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi 
(I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin). 
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va 
B.P.Yesipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov). 
5. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi ( Yu.K.Babanskiy). 
6. Ta’limning interfaol metodlari. 
30
Педагогика: Учебник / Л. П. Крившенко, М. Е. Вайндорф
-
Сысоева и др.; Под ред. Л

П

Крившенко
.
С
.278 
Og‘zaki 
Ko‘rgazmali 
Amaliy 
Kitob bilan 
ishlash 
Videometod 
Анъанавий (манбасига кўра) таълим методлари 


195 
HIKOYa– bu o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini ketma-ket bayon qilish 
bo‘lib, u odatda tasviriy vositalar yordamida ta’limning barcha bosqichlarida, 
ko‘proq boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladi. 
Bu metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z 
o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdeq o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish 
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni 
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi 
zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. 
SUHBAT – savollar va javoblar shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga 
qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. 
Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavobliq muloqot 
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida 
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada 
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. 
Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va 
tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi 
hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash 
uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni 
mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi. 
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. 
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki 
«yo‘q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, 
Hikoya 
Suhbat 
Tushuntirish 
Ma’ruza 
Munozara 
Illyustrasiya 
Demonstrasiya 
Mashq 
Amaliy 
Laboratoriya 
Didaktik o‘yin 
O‘qish 
O‘rganish 
Reja tuzish 
Konspekt 
qilish 
Ko‘rish, 
O‘rganish, 
Nazorat qilish 


196 
ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, 
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin. 
Demaq evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlarining 
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‘zlashtira 
olsinlar. 
TUShUNTIRISh o‘quv materialini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida 
bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan 
odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. 
Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga 
tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish 
samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona 
foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. 
MA’RUZA – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish sanalib, uning 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketliq 
uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab 
ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning 
sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois
ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars 
jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-
sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha 
yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi. 
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlarham alohida 
ahamiyatga ega.
NAMOYISh METODI (demonstrasiya)o‘rganilayotgan obyekt harakat 
dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi 
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. 
Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, 
miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, 
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish 
ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida 
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining 
maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu 
tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. 


197 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har 
doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni 
namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan 
hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy 
ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan 
foydalaniladi. 
ILLYuSTRASIYanamoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada 
alohida o‘rganiladi. Illyustrasiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy 
ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar 
yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va illyustrasiya metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda 
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur 
bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa Illyustrasiyaga murojaat qilinadi. 
Illyustrasiyaning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv 
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan 
foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt 
mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida Illyustrasiyalar 
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, 
aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda 
chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar 
va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
AMALIY METODLAR o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar 
yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat 
kasb etadi.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati 
ko’rsatmalilik
tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq 
ekanligida 
ko’rinadi
. Inson miyasining 30 foiz hajmini 
ko’rishni
, faqat 3 foizigina eshitishni 
ta’minlovchi
neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik 
yo’nalishda
olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan 
ma’lum
bo’ladiki
, shaxs tomonidan 
o’zlashtirilayotgan
bilimlarning 85 foizi 
ko’rish
retseptorlari 
yordamida 
o’zlashtiriladi



198 
qayd etilganideq ushbu metodlar 
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishga yordam 
beradi. Aynan amaliy faoliyat 
jarayonida nazariy bilimlar 
harakatdagi shaklga ega bo‘ladi. 
MAShQ- aqliy yoki amaliy 
(jismoniy) harakatlarni bajarish 
ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi 
ko‘p 
marta takrorlanishlar bo‘lib, 
mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar 
og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-
foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi. 
Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning 
umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish 
bilan bog‘liqdir. Shuningdeq og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va 
xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos. 
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, 
insho, masala, misol, shuningdeq referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham 
yozma mashqlar sirasiga kiradi. 
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o‘xshash jihatlarga ega bo‘lib, ulardan 
asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachiliq 
rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Ўқувчиларнинг билиш фаолияти тавсифига кўра таълим методлари таснифи: (И.Я.Лернер ва 
М.Н.Скаткин):


199 
Ta’lim metodi 
O‘qituvchi faoliyati 
O‘quvchi faoliyati 
Axboriy-reseptiv O‘quv axborotini uzatish, 
o‘rganilayotgan obyekt bilan 
o‘quvchi harakatini tashkil etish 
Bilimlarni idrok etish, 
anglash va yodda saqlash. 
Reproduktiv 
Bilimlar hamda aqliy va faoliyat 
usullarini hosil qilishga doir 
topshiriqlarni tuzish va taqdim 
etish 
Namuna asosida bilimlarni 
hamda aqliy va faoliyat 
usullarini egallash.
Muammoli 
bayon etish 
Muammoni qo‘yish va uni hal 
etish usullarini ochib berish 
Topshiriqni idrok etish va 
uni qismlarga ajratish. 
Topshiriq qismlarini mustaqil 
hal etish va o‘z-o‘zini nazorat 
qilish 
Evristik (qisman-
izlanish) 
Muammoni qo‘yish va uni hal 
etishga doir qadamlar ketma-
ketligini rejalatirish. O‘quvchilar 
faoliyatini boshqarish
Qo‘yilgan vazifa bilan 
bog‘liqlikda muammoni hal 
etish yo‘llarini mustaqil 
izlash va o‘qituvchining 
qisman ko‘magi yordamida 
muammoni hal etish 
Tadqiqotchilikka 
doir 
Mustaqil hal etishga doir 
muammoli vazifalarni 
shakllantirish. Muammoni hal 
etilish jarayonini nazorat qilish
Muammoni mustaqil hal 
etish.
Таълимнинг бинар методлари (М.И.Махмутов).


200 
Yangi bilimlarni egallash metodlari; 
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari; 
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari; 
O‘rgatish metodlari 
O‘rganish metodlari 
Axboriy-ma’lumotli 
Ijro etish (bajarish) 
Tushuntirishli 
Reproduktiv 
Ko‘rgazmali-amaliy 
Ijodiy-amaliy 
Tushuntirishli-undovchi 
Qisman izlanishli 
Undovchi 
Izlanishli 
Асосий дидактик мақсадларига кўра таълим методлари таснифи (М.А.Данилов ва 
Б.П.Есипов).


201 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari. 
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. 
O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari. 
O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. 
O‘rganilayotganlarini 
o‘zlashtirishga da’vat 
qilish metodlari 
Yangi materialni anglash 
metodlari 
O‘rganilganlarini 
fikrlashga imkon beruvchi 
metodlar 
erkin yozish. 
Klaster. 
Aqliy hujum. 
B-B-B chizmasi. 
Chalkashtirilgan 
mantiqiy zanjirlar ketma-
Semantik xususiyatlar 
tahlili. 
B-B-B chizmasi. 
O‘qitish bo‘yicha 
qo‘llanma. 
Bir-biriga o‘rgatish. 
eng asosiy tushunchalar, 
takrorlash. 
T-chizma. 
Konseptual jadval. 
Venn diagrammasi. 
Nilufar guli. 
Интерфаол методлар
Яхлит ёндашув бўйича таълим методлари таснифи ( Ю.К.Бабанский).


202 
Ta’lim metodlari ta’limiy faoliyatni loyihalashning asosi bo‘lib hizmat qiladi.
O‘qitish metodlarini tanlab olishga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular: ta’lim 
oluvchilarning rivojlanganlik darajasi, ta’lim beruvchining maqsadi va kutilmalari, 
tashqi ijtimoiy muhit (vaqt, jismoniy ustanovka va resurslar). Tasavvur qiling siz
biror bir fan yuzasidan biror bir mavzuni o‘quvchilarga tushintryapsiz. Tabiyki 
sizning ushbu mashg‘ulotdan ko‘zlagan maqsadlaringiz bor. Ushbu maqsadlarga 
erishish uchun faqat bir dona ta’lim metodidan foydalanib bo‘lmaydi. Buning 
uchun sizga bir qancha metodlar jamlanmasi yordamga keladi. Masalan 
ko‘rgazmali (demonstrasiya yoki ilyustarsiya) metodi orqali siz faqat bir ko‘zlagan 
maqsadingizga erishishingiz mumkin, lekin hammasiga emas.
Umuman olganda ta’lim metodlarining 5 ta turkumi mavjud bo‘lib, pedagogig 
faoliyatingiz mobaynida ularni deyarli barchasini qo‘llab ko‘rasiz.
An’anaviy –didaktik metodlar; verbal, odatiy ma’ruzalar yoki taqdimotlar 
shaklida 
An’anaviy -modellashtirish metodlari; vizual, demonstrasiya yoki amaliy ishlar 
shaklida 
Boshqaruvli – noan’anaviy yoki interaktiv metodlar; hamkorlikdagi, individual 
yoki guruhiy shakllarda 
Dialagik - noan’anaviy yoki interaktiv metodlar; Suqrotcha dialog metodi, savol-
javob,
An’anaviy shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga tayyor 
bilimlarni beradi yoki mahoratini namoyish etadi, noan’anaviy shakldagi metodlar 
qo‘llanilganda o‘qituvchi yo‘nalishni belgilab beradi biroq to‘g‘ridan to‘g‘ri 
o‘rgatmaydi, o‘quvchilar mazmunni mustaqil holda tushunib oladilar. Interaktiv 
ketligi. 
Semantik xususiyatlar 
tahlili. 
Bir-biridan so‘rash. 
Ikki qismli kundaliklar. 
eng asosiy tushunchalar 
Besh minutlik esse. 
O‘n minutlik esse. 


203 
shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘zaro axborot yoki material 
almashadilar. O‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi va tashkillashtiruvchi vaazifalarini 
bajaradi. empirik shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘zlari bevosita 
jarayonda ishtirok etadilar va buni his etadilar. Mustaqil ish shaklidagi metodlarda 
o‘quvchilar o‘qituvchining nazorati va ko‘magisiz mavzuning ayrim jihatlarini 
o‘zaro muhokama qiladilar. Ba’zi nazariyotchilar ushbu shakllarni 3 tagacha 
qisqartirishni ham taklif etadilar. Bular
Tarnsmissiv 
Tarnsaktiv 
Tarnsformativ shakllardir.
Tarnsmissiv yoki an’anaviy shaklda o‘qituvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish
beradi (ma’ruza o‘qish yoki demonstassiya). 
Transaktiv yoki noan’anaviy shaklda o‘qituvchi va o‘quvchilar dialog olib 
borishlari mumkin, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar berilmaydi.
Transformativ yoki an’anaviy va noan’anaviy shakllar birikmasi bo‘lib bunda 
o‘qituvchi va o‘quvchilar bir birlarining ichki olamiga kirib borishga harakat 
qiladilar.
Ta’lim metodlarining 4 oilasi (guruhi) (Joycye &Wyeil) 
Ijtimoiy faoliyat guruhi – individning jamiyat yoki alohida olingan shaxslarga 
nisbatan munosabatini oydinlashtirishga yordam beradi. Bunda individning 
jamiyatdagi boshqa shaxslar orasida individuallashuviga katta e’tiibor beriladi. 
Sheriklik yoki guruhiy hamkorlik; 
Rolli o‘yinlar; 
Huquqiy so‘rovnomalar 
Axborotni qayta ishlash guruhi- o‘quvchilarga axborotni qayta ishlashga yordam 
beradi. Bunda o‘quvchilarning tashqi muhit omillarini hisobga olishiga, g‘oyalarini 
amalga oshirishga harakat qilishlariga, ma’lumotlarni tahlil qilishlari va 
muammolarga yechim topishlariga ahamiyat beriladi.
Induktiv tadqiqot 
Deduktiv tadqiqot 


204 
Memorizasiya (eslab qolish) 
Sinektik (ijodiy metodlar) 
Loyihalash va muammoli metodlar 
Individuallshuv guruhi – shaxsni individual rivojlanishi, uning o‘z-o‘zini va 
emotsional holatini yuksalishini ta’minlaydi. Bunda o‘z-o‘zini anglashga e’tibor 
qaratriladi.
Noan’anaviy o‘qitish 
Bilish mashqlari va qadriyatlar ni oydinlashtirsh 
Rolli modellashtirish 
O‘z-o‘zini refleksiyalash 
Xulq –atvorga ta’sir etish guruhi – bunda asosiy etibor va metodni qo‘llashdan 
ko‘zlangan maqsad o‘quvchining xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.
An’anaviy ta’lim (demonstarsiya va taqdimot) 
Zo‘riqishni bartarash qilish 
Dasturiy ta’lim 
Rag‘bat 
Hamkorlik 31 
DE-BONONING OLTI HIL FIKRLOVChI ShLYaPALARI. Bu metod doktor 
eduard De-Bono tomonidan 1980 yilda ishlab chiqilgan. Ularning har biri fikrlash 
uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. 6 xil shlyapa 6 xil fikrlash usulini anglatadi. Uning 
vazifalari: 
1.Paralel fikrlashni rag‘batlantirish; 
2.To‘liq fikrlashni rag‘batlantirish 
31What teachers need to know about teaching methods. Peter WestWood, Camberwell, Vic. : ACER Press, 
2008.p 16-36 


205 
Janob edvard De Bono taklif etgan usulda o‘qituvchi 6 ta har xil rangdagi 
shlyapalardan foydalanadi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha har xil shlyapali 
ta’lim oluvchilar, turlicha fikrlab, turlicha qarashlarni ifodalaydilar.
Janob De Bononing fikricha turli rangdagi shlyapalar quyidagi ma’nolarni 
ifodalaydi. Masalan: 
Oq shlyapa - 
neytral, his-hayajonlarsiz va baholamasdan faktlarni konstatasiya 
qilishni ifodalaydi. 
Qizil shlyapa - spontan, instinktlarga ko‘ra, o‘z his - hayajonlarini ifodalash. 
Qora shlyapa - negativ,salbiy tomonlarini, zararni ko‘rishnianglatadi. 
Sariq shlyapa - faqat yaxshi tomonlarni ko‘radi, imkoniyatlarni izlab, topish va 
undan foydalanishni anglatadi. 
Moviy shlyapa - dirijyor, uzoqdan kuzatadi, nazorat qiladi, fikrlab qaror qabul 
qiladi. 
Yashil shlyapa - doimo harakatda, yangiliklarni izlaydi va yaratadi, boshqalarni 
ham o‘z ishiga jalb qiladi. 
BLUM TOKSONOMIYaSI. 
Bilim olish darajasini tasvirlash uchun AQSh pedagogi Benjamin Blum 
tomonidan 1956 yil e’lon qilingan «Taksonomiya seley obucheniya» chast 1. 
«Kognitivnaya sfera» asarida ta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan mezonlarini 
ishlab chiqqan. Undan o‘tiladigan darsni maqsadini rivojlantirishda, auditoriyada 
bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda foydalanish mumkin.
Uning fikricha bilim olish (kognitiv)32 darajasi ma’lum iyerarxiya tarzida 
joylashib, har bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab, hamda har bir bosqich 
o‘zidan avvalgi bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni har bir yangi pog‘onaga 
ko‘tarilar ekan, albatta avvalgi bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular 
quyidagilar: 
1 Olingan bilimni yodda saqlash. Bu esda olish qobiliyati yoki darsda o‘tilgan, 
o‘qiganlarni kerak bo‘lganda eslab, yodga tushirish qobiliyati. Bunda o‘tilgan 
tushuncha, tendensiya, mezonlar, umumlashtirilgan xulosa kabilarni eslab yodga 
solish ko‘zda tutiladi. U darsning dastlabki maqsadi.
32 Lot cognito 

bilim ma`nosida 


206 
2. Tushunish. Bu talabalarni darsda eshitganlari, o‘qiganlari, ko‘rganlarini 
ma’nosini tushunishi. Qonunlar, tendensiyalar, tushunchalar g‘oyalar ma’nosini 
tushunib ularni o‘zgarishi nimaga olib kelishini ko‘z o‘ngiga keltira olish 
qobiliyati. Lekin tushunish uchun avval olingan bilimni yodda saqlash kerak.
3.Olingan bilimni qo‘llash. G‘oya, prinsip, konsepsiyalarni yangi vaziyatlarda 
qo‘llash iqtidori. Unda eng avvalo bilganlarini yodga tushirib uni yangi vaziyatda 
taqqoslash kerak. 
4. Tahlil qilish. Voqyea xodisalarni bo‘laklarga bo‘lish, ular o‘rtasida mantiqiy 
aloqalarni aniqlashni talab etadi. Tahlil qilish (analiz) iqtisodiy voqyeliq 
jarayonlarni u yoki bu shaklda induksiya uslubini qo‘llashga tayanadi. Tahlil qilish 
uchun esa olgan bilimni yodga tushirish, muammoga tushunish, uni qo‘llay bilish 
kerak.
5. Sintez qilish. Bilim olish va fikrlashning bu bosqichida alohida tarkibiy 
qismlar va turli manbalardan olingan axborotni bir butun yagona tizimg keltirish 
qobiliyati. Buning uchun yodga tushirish, masalaga tushunish, uni qo‘llay bilish, 
tahlil qila bilish kerak. 
6. Baholash. Bu bilishning yuqori bosqichi bo‘lib, talabaning qo‘yilgan masalaga 
o‘z fikri, nuqtai nazarini bildirish qobiliyatini ifodalaydi. Bunda u yoki bu masala, 
muammoni yechishning turli yo‘llari shakllanadi. Uning qaysi biri to‘g‘ri, samarali, 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda baholash 
mezonlaridan foydalaniladi. Bu mezon o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi yoki 
talabalarning o‘zi belgilashi mumkin. Baho berish uchun avvalo olgan bilimni 
yodga tushirish, masalani tushunish, Yangi vaziyatda bilganlarini qo‘llay bilish, 
tahlil qilish, sintez qilishni bilish kerak.
Talabaga berilayotgan topshiriq, ana shu bilishning olti bosqichidan qaysi 
bosqichiga to‘g‘ri kelishini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy so‘zlar quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. Aniqlang, tasvirlang, sanab chiqing, yodga tushiring, ko‘rsating. 
2. Taqqoslang, farqini ko‘rsating, tushuntiring, gapirib bering, misollar bilan 
izohlang, o‘zgartirib ifoda qiling. 


207 
3. Qo‘llang, tuzing, namoyish qiling, fikrni davom ettiring, chuqurlashtiring, 
loyihasini tuzing, ishlab chiqing, yeching. 
4. Tahlil qiling, kategoriyalarga, bo‘laklarga bo‘ling, tasvirlang, farqini ko‘rsating. 
5. Ishlab chiqing, tuzing (yarating), tendensiyani qonuniyatini aniqlang, 
umumlashtiring, tavsiya qiling, ta’riflab bering. 
6. Tinglang, yeching, baholang, muhokama qiling.
Bilishning bosqichlariga ko‘ra talabaning fikrlash doirasi, qobiliyatini hisobga 
olib topshiriq, vazifa berish kerak. O‘qitishning turli uslublarini qo‘llashdan, asosiy 
maqsad talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqish.
GARDNERNING KO‘P QISMLI INTELLEKTI: 
Gardner intellektni “Muammo va ommabop vaziyatlarni samarali yechish usuli 
va bir yoki bir nechta madaniy ustanovkalarning yig‘indisi” deb tushuntiradi. 
Biologik va psixologik tadqiqotlari natijasida 7 xil intellekt turini ajratib ko‘rsatadi: 
1. Mantiqiy-matematik intellekt. Qonuniyat va sabablarni topish va deduksiya va 
mantiqiylikni ifodalaydi. 
2. Lingvistik intellekt. Bu til o‘rganish va uni egallash bilan aloqador. Bu intellekt 
tilni boshqarish, o‘zini namoyon qilish, shoirona so‘zlash kabi vazifalarni bajaradi. 
Shuningdek og‘zaki ma’lumotlarni esda saqlab qolish funksiyasini ham bajaradi.
3.Fazoviy intellekt. Insonga muammolarni yechish uchun manipulyatsiya qilish va 
tasvirlar hosil qilishda as qotadi. Gardner bu intellekt ayniqsa ko‘r bolalarda yaxshi 
rivojlangan bo‘ladi deb hisoblaydi.
4. Musiqiy intellekt- insonga musiqani anglash, ajratish va kuy bastalash uchun 
hizmat qiladi. Kuy, ohang, ritmlarni tanishda shu intellekt turidan foydalaniladi.
5.Tana taktil intellekti. Insonga fazoda o‘z tana holatini aniqlash va o‘zini 
muvozanatda ushlash imkonini beradi. Bu intellekt turi aqliy va jismoniy faollik 
o‘zaro bog‘liq emas deb biluvchi olimlar tomonidan misol tariqasida ko‘p 
keltiriladi.
6.Shaxsiy intellekt. Shaxslararo va shaxsiy hissiyot va kechinmalarni tushunishga 
yordam beradi.
7. Naturalistik intellekt. Inson qobiliyatlarini o‘zgalardan ajratib ko‘rsatish uchun 
hizmat qiladi. 


208 
Gardner bu intellekt turlarini bir-biridan ajratishiga qaramasdan ular bir butun 
holda ishlaydi. Ular bir birini to‘ldiradi va muammoni hal qilishga yordam beradi. 
Ko‘p qismli intellekt nazariyasi pedagoglarga ta’lim jarayonida bolalar qobiliyati 
va malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan ikkinchi jahon urushi 
mavzusida dars o‘tilayotganda o‘qituvchi bolalarga o‘sha davr haritasini 
ko‘rsatishi, harbiy qo‘shiqlar kuylab berishi, o‘sha davr haqidagi kitob, jurnal va 
hikoyalarni o‘qitishi lozim. Shunda bolada bu mavzu haqida kompleks tasavvurlar 
hosil bo‘ladi. 33 
SUGESTOPEDIA 
Bugungi kunda AQShda boshqa bir qator malakatlarda bo‘lgani kabi 
“sugestopedia” nomi bilan tanilgan metodika keng rivoj topdi. Ta’limni 
intensifikasiyalash va gipnoz bilan bog‘liq bo‘lgan bu metod turlicha baholangan, 
tanqid ostiga ham olingan, olqishlangan ham. Biroq uning natijalari 
hayratlanarlidir. Suggestopedia asosida dars o‘tadigan pedagoglar maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tadi. Bunda ta’lim oluvchilarni yangi tilni tezkorlik bilan 
o‘rganishlari uchun maksimal qulay sharoit yaratiladi. Har bir o‘quvchi o‘zining 
g‘ayrioddiy lingvistik qobiliyatlari borligiga ishontiriladi, dars harakatda va 
o‘qinlar yordamida o‘tkaziladi, shuningdek materialni qabul qilishni 
yengillashtirish maqsadida musiqiy ta’sir ko‘rsatiladi, doimiy ravishda multimedia 
vositalaridan foydalaniladi vahokazo. Mazkur metod qo‘llanilganda tilni o‘rganish 
tezligi 40-50 barobar oshadi, chunki kuniga yod olinadigan so‘zlar va jumlalar soni 
odatiy metodikadagi raqamlardan ancha ko‘p. (qayd etilgan rekord bir kunda 
mingga yaqin so‘z va ibora). 
“Jigsaw reading” bu metod talabalarda o‘qish,so‘zlashish va xulosa qila olish 
ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydalaniladi. Ayniqsa qisqa hikoyalar, matnlar va
maqolalar bilan ishlashda bu usul juda samaralidir. U quyidagicha amalga 
oshiriladi. Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga hikoyaning birinchi 
qismi, ikkinchi guruhga hikoyaning ikkinchi qismi beriladi. Talabalar o‘zlariga 
berilgan hikoyaning qismini o‘qib yaxshilab eslab qolishlari kerak bo‘ladi. So‘ng 
har bir talabaga narigi guruhdan juftliklar tanlanadi. Har bir juftlik bir biriga 
o‘qigan hikoyasini so‘zlab beradi. Ish yakunida har bir juftlikda to‘liq hikoya 
paydo bo‘ladi. Talabalar hikoyani eslab qolishlari uchun ayrim qaydlarni amalga 
oshirishlari mumkin. O‘yin so‘ngida mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob 
qo‘llash ham mumkin. Matn ustida ishlashning bu turini boshacha ko‘rinishda ham 
33Pedagogy . Lea Chapius, Education and training. Australian capital territory, 2003/Module 1, page 12-18 


209 
tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh talabalariga matn undagi so‘z yoki jumlalar 
o‘chirilgan xolda beriladi. Ikkinchi guruh a’zolariga butunlay boshqa so‘z va 
jumlalar o‘chirilgan xolda beriladi. Har ikki guruh a’zolari savol berish yo‘li bilan 
o‘z matnini to‘ldirib olishi kerak.
“Socratic seminar” ushbu metod mashxur faylasuf Suqrotning bexisob savollar 
berish yordamida ta’lim berish usuliga asoslangan. O‘qituvchi talabalarga kerakli 
mavzu yoritilgan matn va tayyorlanish uchun vaqt beradi. O‘qituvchi ketma ket 
savollar berish natijasida talabalarning mavzuni qay darajada tushunganligini bilib 
oladi. 
“Philosophical chair” metodidebatgao‘xshaydi. Talabalarga asosiy mavzu va 
savollar beriladi. Ular bildirilgan fikrga qo‘shilishlari, norozi bo‘lishlari yoki 
betaraf qolishlari mumkin. Bu metod talabalarning bir birlari bilan jonli munozara 
o‘tkazishga bir-birlaridan yangi narsalar o‘rganishlariga asoslangan. Har bir talaba 
markazda joylashgan stulda o‘tirib navbatma-navbat o‘z fikrlarini bildiradi. Keyin 
baxs – munozara boshlanadi.
O‘QITIShMETODLARI (Sruikshanq Bainer & Metcalf) 
Ta’limiy o‘yinlar yoki raqobatchilik – raqobat orqali yoki o‘yin orqali qaysi guruh 
yoki alohida olingan shaxsning boshqalardan ustunroq ekanligini anglashga 
yordam beradi. Komyuterli o‘yinlar ham juda mashxurdir.
Brainstorming – ijodiy fikrlarni to‘plash uchun o‘tkaziladi,bunda ishtirokchilar 
tanqid va kesatiqlarsiz muayyan muammo yuzasidan o‘z fikrlarini ochiq oydin 
bayon etadilar va ushbu muammoning yechimini izlaydilar. Masalan o‘quvchilarga 
dunyodagi ocharchilik muammosi haqida fikr bildirish vazifa qilib topshirilsa 
o‘quvchilar o‘z fikr mulohazalarini birin – ketin aytadilar, hamma fikrlar qayd etib 
olinganidan so‘ng ushbu muammo bilan kurashish usullarining eng maqbul 
variantlari ko‘rib chiqiladi.
Case studi-Case ta’limi turida 1 ta talaba yoki odatda bir guruh talabalar biror 
sodir bo‘lgan voqyea yoki ma’lum vaziyatni tafsilotini namoyish etadilar. Keyin 
ular biror bir aniq va to‘g‘ri fikrga kelishdan oldin, shu vaziyatni muhokama va 
o‘rganish uchun yig‘ilgan bilim va tushunchalarni amalda qo‘llashlari talab 
qilinadi. Tehnologiya bilan ta’minlangan case ta’limi odatda tibbiyot ta’limida qo‘l 
keladi/foydalaniladi. Bunda case ta’limi tibbiyot tarixini va bemorning 
simptomplari, ko‘pincha ko‘rgazmaviy qurollar, turli holatlar bilan bog‘liq 
simptomplar haqidagi ma’lumot va mutaxassining ishi haqidagi turli xil fikrlar 


210 
bog‘liqligi to‘g‘risidagi resurslarni o‘z ichiga oladi. Talabalar esa ma’lum bir fikrga 
kelishdan oldin hamma berilgan ma’lumot va fikrlar ko‘rib chiqib muhokama 
qiladilar. 
Bir qator omillar yaxshilab tushunilib qaralsa, va ma’lum bir vaziyatda to‘g‘ri 
qaror qabul qilinsa, case ta’limining juda ko‘plab sohalarda foydasi katta. Chunki 
case ta’limi talabalarda ko‘p va kerakli resurslardan foydalanishni talab qiladi, bu 
guruhli yoki masofadan o‘qitish muhitiga o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi eng 
yaxshi yo‘nalish hisoblanadi, keyin esa talabalarga mavzu bilan shug‘ullanishalari 
uchun dastlabki imkoniyatlar beriladi. O‘qituvchi doim ham hamma kerakli 
ma’lumotni o‘zlari yaratishlari shart emas, chunki har qanday sohadagi eng sara 
ma’lumotlar internet saytlarida allaqachon joylashtirilgan. Bu dagani o‘qituvchi 
shu berilgan vazifa bo‘yicha tushuncha va savollarni berishi keyin esa sayt 
manzilalrini berib va shu orqali atrofda va berilgan vaziyatlarda nima sodir 
bo‘lganligi, asosiy tushunchalar, boshqa o‘xshash misollar va kerakli izohlar orqali 
ma’lumot olishlari mumkin. Bundan tashqari,talabalar uchun bebaho bo‘lgan har 
qanday holatdagi turli muloqotlar talab qilinishi mumkin. 
Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va 
ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan 
o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila 
shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish 
vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib 
chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini 
hurmat qilishgao‘rgatiladi 
Colliqua –sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib sinfga taklif qilingan 
mehmonlar o‘z faoliyatlari va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan sinfga 
taklif qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot 
berishi, jonli ijro orqali esa o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni 
tarbiyalashi mumkin. 
Hamkorlikda o‘qitish- yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal 
etishga o‘rgatadi. 
Ommaviy madaniyat tazyiqi (culture jumming)- ommaviy axborot vositalari 
umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni yengishga o‘rgatadi. 
Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan 
yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi. 


211 
Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va 
intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.
Demonstarsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini 
ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir. 
Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik 
yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi. 
Diskussiya –muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish.34 
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI 
Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning quyidagi uch tizimi keng tarqalgan: 1) 
individual; 2) sinf-dars; 3) ma’ruza-seminar. 
Ta’limni tashkil etishning individual tizimi 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
34 What teachers need to know about teaching methods. Peter WestWood, Camberwell, Vic. : ACER Press, 
2008.p 16-36 


212 
1) o‘quv faoliyati mazmuni, 
metodi va sur’atini to‘la 
individualashtirishimkoniyatining 
mavjudligi; 
2) aniq bir masalani hal etishda 
ta’lim oluvchining har bir 
harakati va operasiyalarini 
kuzatib borishga imkon berishi.
1) vaqtning tejamli emasligi; 
2) o‘qituvchi ta’sirining cheklanganligi 
(o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga topshiriq 
berish va uni bajarilishini tekshirishdan 
iborat);
3) boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda 
ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat 
ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi); 
4) jamoada ishlash tajribasining 
shakllanmasligi. 
Sinf-dars tizimi 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning 
tartibli ketishini ta’minlovchi aniq 
tashkiliy tizim;
2) jarayonlarning oddiy boshqarilishi: 
muammoning jamoa bo‘lib muhokama 
qilinishi, masalaning echimini birgalikda 
izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro 
munosabatlarning shakllanish 
imkoniyati; 
3) o‘qituvchining o‘quvchilar va 
ularning tarbiyasiga doimiy emotsional 
ta’sir ko‘rsatishi;
4) ta’limning emotsionalligi (zero, 
o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘quvchi-
larning katta guruhi bilan ish olib 
boradi), o‘quv faoliyatiga 
1) tizimning asosan bilimlarni 
o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi; 
2) bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 
uchun qiyinchiliklarning yuzaga 
kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilar qobiliyatlarining 
rivojlanish sur’atining ortga surilishi;
3) o‘qituvchi uchun o‘qitish 
mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda 
metodlari bo‘yicha individual
ishlarni tashkil etish, shuningdeq 
o‘quvchilarning individual 
xususiyatlarini hisobga olishda 
qiyinchilikning yuzaga kelishi;
4) katta va kichik yoshli o‘quvchilar 


213 
musobaqalashish elementlarini kiritish 
uchun sharoitning yarati-lishi; 
5) bilimsizlikdan bilimlarni 
o‘zlashtirish sari harakatlarning 
muntazamligi va ketma-ketligi. 
o‘rtasidagi munosabatlarning qaror 
topmasligi. 
Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi 
Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi 
yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta 
o‘zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, 
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha lektsion-seminar 
tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ma’ruza-seminar 
tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida 
qo‘llaniladi. O‘zbekistonda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq 
etilishi bilan ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
foydalanila boshlandi.
MA’RUZA VA UNING O‘ZIGA XOSLIKLARI 
Ma’ruza – oliy ta’limda o‘qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni 
amalga oshirishga imkon beradi: 
1) yo‘naltiruvchi: talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor 
qaratishga imkon berish; 
2) axborot: o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq asosiy 
dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi; 
3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari
namoyon etiladi. 
4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish 
madaniyatini shakllantirish; 
5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish 
qobiliyatini rivojlantirish.


214 
Ma’ruza turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Ma’ruza turlari 
O‘ziga xos xususiyatlari 
Kirish ma’ruzasi 
Talabalarda o‘quv fani to‘g‘risidagi umumiy 
tasavvurlarni shakllantirish 
Ma’lumotli ma’ruza 
Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy-
retseptli tarzda taqdim etish 
Anjuman-ma’ruza 
Talabalar tomonidan o‘quv materialini izlanishli 
tarzda o‘zlashtirilishiga erishish 
Muammoli-ma’ruza 
Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va 
muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o‘quv 
birliklarini bayon etish 
Ma’ruza-munozara 
Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza 
qismlarini o‘zlashtirishga erishish 
Vizual-ma’ruza 
Vizual-materiallarni taqdim etish orqali talabalar 
tomonidan materialni o‘zlashtirishga erishish 
Konspektli-ma’ruza 
Talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishga 
erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy 
qismlarini yozdirib borish 
Maslahatli-ma’ruza 
Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg‘ulotini 
tashkil etish 
Binar-ma’ruza 
Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-
olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish 
SEMINAR VA UNING O‘ZIGA XOSLIKLARI 
Seminar – bu o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga 
yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy 
shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir. 


215 
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi: 
1) nazariy materialni tartibga solish; 
2) bilimlarni mustahkamlash; 
3) ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; 
3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish 
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda quyidagi savollarga 
javob topiladi: 
1. Nima uchun?– Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad. 
2. Qanday tarzda?– Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish. 
3. Nimani muhokama qilish?– Seminarni olib borish vaqtida muhokama 
qilinadigan materiallar mazmuni. 
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida 
ma’lum omillarni hisobga olish. 
Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Seminar turlari 
O‘ziga xos xususiyatlari 
Ma’ruza(doklad)li seminar 
Seminar mashg‘uloti talabalarning 
ma’ruzalarini tinglash va munozara shaklida 
o‘tkaziladi. 
Dialogli seminar 
Seminar mashg‘uloti ommaviy va indiviudal 
savol-javoblar tariqasida tashkil etiladi 
Refleksiv seminar 
Seminar mashg‘uloti mavzuga doir 
ma’lumotlarni muhokama qilish va aniq 
xulosalarga kelish tarzida o‘tkaziladi. 
Seminar-fikrlar almashuvi 
Seminar mashg‘ulotini tashkil etishda 
manbalardan foydalaniladi va turli fikrlarni 


216 
shakllantirishga erishiladi 
Seminar-Illyustrasiya 
Seminar mashg‘uloti manbalar bilan ishlash 
tarzida tashkil etiladi va materiallar 
Illyustrasiya tarzida namoyish etiladi. 
Evristik seminar 
Seminar izlanishli-topshiriqli tarzda tashkil 
etiladi. 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR 
Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, 
eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni talabalarning professor-o‘qituvchi 
bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi. 
Amaliy mashg‘ulotining bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarni 
amaliy jihatlarini ochib berish; talabalarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarni o‘ziga 
xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash; 
bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan obyekt bilan amaliy muloqotga kirishish 
ko‘nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya (amaliy) mashg‘ulotlar talabalarning 
ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi. 
MUSTAQIL ISH, KURS ISHI, BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI VA 
ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI 
Mustaqil ish – ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, bunda talabalar o‘z 
oldilariga u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yib, faoliyatni 
rejalashtiradi va uni amalga oshiradi hamda o‘z-o‘zini baholaydi. 
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini 
hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan 
bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. 
Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faolliq ijodiyliq mustaqil 
tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir. 
Kurs ishini yozishdan maqsadtalabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir 
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir.


217 
Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi: 
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash;
2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish; 
3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil 
etish;
4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar
tasdig‘idan o‘tkazish;
5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, obyekti, 
predmeti, maqsad va vazifalar, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib 
beriladi;
6) reja masalalarini ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng qisqa 
xulosa beriladi;
7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan
tartibda snoska keltiriladi;
8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi;
9) agar ilova qilinadigan Illyustrasiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan so‘ng beriladi;
10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda 
yozilgan xolatda);
11) kurs ishining adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi
shart;
12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbari 
titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi;
13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya 
o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi;
14) kurs ishi yozilayotgan o‘quv fanidan YaN olingunga qadar topshirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish – ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim 
muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning topshirig‘i va 
ko‘rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy va 
metodik loyihadir. 


218 
Bitiruv malakaviy ish himoyasi bakalavriat yo‘nalishi talabasining yakuniy davlat 
attestasiyasi sinovi ko‘rinishlaridan biridir. Shuningdeq bitiruv malakaviy ish 
talabaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha egallagan nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma 
va malakalari ko‘lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini 
belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir (O‘z.R. OO‘MTVning 2010 yil 
9 iyundagi 225-sonli buyrug‘i).
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi: 
1. Tayyorgarlik bosqichi: 
- tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun ruxsat olish 
(mavzuni tasdiqlash); 
- malakaviy ishni bajarish bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqish. 
- mavzu tanlash; 
2. Bitiruv malakaviy ish mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- mavzuning talaba ta’lim yo‘nalishi, ihtisosligiga mosligi; 
- dolzarb pedagogik muammoga bag‘ishlanganligi; 
- fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi; 
- iste’molchilarda qiziqish uyg‘otishi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi. 
3. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish 
maqsadga muqofiqdir: 
- tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va ishlanganlik 
darajasi; 
- oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda boshqa ilmiy 
ishlarni bajarish borasida egallagan ko‘nikmalari; 
- bitiruv ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish imkoniyati; 
- iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ish materiallariga qiziqishi va 
ehtiyoji; 
- talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik darajasi. 
4. Bitiruv malakaviy ish tarkibiga quyidagilar kiradi: 


219 
Titul varag‘i 
Mundarija
Kirish 
a) tanlangan mavzuning dolzarbligi; 
b) ishning maqsad va vazifalari
v) ishning obyekti va predmeti; 
g) metodologik asosi va tadqiqot metodlari; 
d) himoyaga olib chiqilayotgan holatlar; 
ye) ishning amaliy ahamiyati; 
j) ishningtuzilishi. 
Asosiy qism. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
Ilovalar.
TA’LIM VOSITALARI 
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Didaktik vositalar 
deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik 
vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun 
o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan obyekt.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan 
moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga 
mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob 
bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi. 
Ta’lim vositalari tasnifi 
Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim 
vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanili-shidir va hyech 
qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi – dars jarayonini 
faollashtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir. 


220 
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: 
Faoliyat 
subyektiga ko‘ra; 
Faoliyat 
obyektiga ko‘ra; 
O‘quv axborotiga 
munosabatiga 
ko‘ra; 
O‘quv 
jarayonidagi 
vazifasiga ko‘ra. 
Faoliyat subyekti bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat subyekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi. 
1. O‘qitish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar 
o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
2. O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday 
vositalar talabalar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi. 
Faoliyat obyektlari bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi 
Faoliyat obyektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi: 
1. Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, 
maketlar, modellar, o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, 
ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin. 
2. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va talabalar yangi bilimlarni egallashda 
qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, 
xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni 
o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya – 
abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), 
verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, 
dalil keltirish). 
O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish 
vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart 
qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari va axborot 
vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) 
va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni 
hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) 


221 
o‘qituvchi va talabalarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli 
jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish 
(yozilish) va talabalarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab 
qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif 
qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) – 
haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; 
audial(yeshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-
yeshitish) – ovozli filmlar, televideniye, kompyuterlar, didaktik mashinalar, 
elektron darsliklar. 
Ta’limning texnik vositalari 
TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va 
moslamalardir. Ularga: 
1. O‘quv kinofilmlari. 
2. Diafilmlar. 
3. Kompyuterlar. 
4. Magnitofon tasmalari. 
5. Radioeshittirish. 
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi. 
TTVning funksiyalari: 
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi; 
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; 
talabalarni idrok qilishga yo‘naltiradi; 
talabalarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi; 
dunyoqarashni, ishonchni, talabalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga 
yordam beradi; 
o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi; 
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi. 


222 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifatini 
nazorat qilishning o‘ziga xos hususiyatlari 
Ta’lim sifatini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy, moddiy-texniq o‘quv-
uslubiy va boshqa jihatlarini amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining qarorlari 
hamda buyruqlari me’yoriy-huquqiy asos bo‘lib hizmat qilmoqda. Ta’lim jarayoni 
nazoratining asosiy tamoyillari Davlat ta’lim standarti (DTC) asosiy qoidalarida 
aniq va ravshan keltirilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Ichki nazorat- OTM tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oily ta’limni 
boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi 
to‘g‘risida”gi Nizom asosida o‘tkaziladi; 
Yakuniy davlat nazorati - oily ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklari bo‘yicha 
DTS ga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bakalavr 
bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o‘z ichiga oladi. 
Tashqi nazorat – belgilangan tartibda davlat test markazining kadrlar tayyorlash 
sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi bosh 
boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sifatni baholash va belgilash har doim baxs va munozaralar ichida bo‘lib kelgan. 
K.Kempbel va K.Roznialarning “Sifat baholanmaydi va o‘lchanmaydi, balki ilm 
ahli tomonidan sifatning qayerda va qachon ta’minlanishi tan olinadi” degan talqini 
mavjud va u ham turli munozaralarning yana ham kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Britaniyalik mualliflar N.Jakson va X.Lund oily ta’limdagi sifatni baholash 
masalalariga yondashishda “konseptual tizim” asoslanadilar.
N.Jakson va X.Lundning “konseptual tizimi” 
Kirim va resurs 
(Input) 
Jarayon
(Process) 
Natija maqsad 
(Output) 
Talaba: uning 
Ta’lim dasturlari va 
Talabaning 


223 
dastlabki bilim saviyasi, 
qobiliyati, sohasi va 
malakasi. 
O‘qituvchi hodim: ilmiy 
salohiyati, malakasi, 
ekspertlik darajasi, 
kompitentligi, 
rivojlanuvchi ta’limga 
tayyorligi. 
Jismoniy resurslar: turar 
joy, shart-sharoitlar, 
texnika va jihozlar, 
kutubxona va information 
texnologiya 
imkoniyatlari.
Moliyaviy resurslar: 
talaba va o‘qitvchi 
hodimlarga sarflanadigan 
sarf harajatlar. 
Tashqi resurslar: 
noakademik 
mutaxassislardan 
foydalanish, oily ta’lim 
muassasasiqaramog‘ida 
bo‘lmagan texnika va 
jihozlardan foydalanish. 
o‘qitish shart sharoitlari 
bilan tanishtirish. O‘quv 
dasturlari dizayni va 
baholash. 
O‘qitish va o‘rganish 
strategiyalari va 
metodlari, effektivligi, 
innovatsion 
yondashuvlar. 
Talabalarga raxbarlik va 
qo‘llab-quvvatlash: 
akademik va individual 
saboq berish tizimi, 
qo‘llanma va boshqa 
turdagi ma’ruza matni 
hamda ma’lumotlar, 
loyihalarga raxbarlik 
qilish. 
Talabalar faoliyatini 
qayd qilish tizimi:
talabaning 
o‘zlashtirishini baholash 
va hisobot tayyorlash. 
Menejment va 
adminestrativ boshqaruv 
tizimi:
Tahliliy ishlar va 
kamchiliklarni tuzatish. 
Talabalardan yoki 
hodimlardan kelib 
tushadigan talab va 
takliflar asosida.
raqobatbardosh kadr 
bo‘lib yetishishi, yuqotri 
reytingga ega bo‘lish, 
ta’lim standartlarini 
bajarishi, uzluksiz 
ta’limning keying 
bosqichiga tayyor 
bo‘lishi. 
O‘qituvchi hodimlar: 
ularning o‘qitish, ilmiy 
tadqiqotlarida, 
boshqaruvda 
supervayzerlikda 
mahsuldorlikka va 
kreativlikka erishishi. 


224 
Yevropada oily ta’lim va fanni qilinishining maqsad va vazifalari to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ikkita asosiy hujjat – Boloniya deklarasiyasi va Lissobon konvensiyasi 
orqali amalga oshiriladi.
Ushbu huquqiy meyoriy hujjatlar shunga mos holda Boloniya va Lissobon 
strategiyasi ishlab chiqilgan. Islohotning ushbu ikki konsepsiyasi maqsadi oily 
ta’lim sifatini doimiy yaxshilashga, mehnat bozorida bitiruvchilarning 
raqobatbardoshligini oshirishga, ta’lim sifati va amaliy ta’lim hizmatini samarali 
biriktirishga qaratilgan, umumiy fundamental tamoyillarga asoslangan, birlashgan 
Yevropa oily ta’lim hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Lissobon konvensiyasi 1997-yil 11-aprelda qabul qilingan bo‘lib, pereambula va 
quyidagi 11 ta asosiy qismlar va ularga tegishli 44 ta moddalardan iborat:
1. Ta’rif va bitta modda; 
2. Davlar organlari kompitensiyasi va uchta modda; 
3. Malakani baholashning asosiy tamoyillari va beshta modda.; 
4. Oliy ta’lim olish huquqini beruvchi malakani tan olish va beshta modda; 
5. Ta’lim davrini tan olihs va uchta modda; 
6. Oliy ta’lim malakasini tan olish va beshta modda; 
7.Qochoqlar, ko‘chib kelganlar va qochoqlar holatidagi shaxslar malakasini tan 
olihs va bitta modda; 
8. OTM va dasturni baholash haqidagi ma’lumot va ikkita modda; 
9. Tan olish masalalari haqidagi ma’lumot va uchta modda; 
10. Amalga oshirish maxanizmlari va uchta modda; 
11. Xulosaviy ko‘rsatmalar va to‘qqizta modda.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Lissobon konvensiyasida asosan Yevropa 
ta’limining davri, kompitensiyasi, malakalarga qo‘yilgan talablar, ta’lim sifati, uni 
umumiy talablarga javob berishi, nazorati, jarayonni amalga oshirish va natijalarni 
tan olish kabi masalalarda hududiy birlashish kelishilgan.
Boloniya dekloratsiyasida Yevropa OTMlarida kadrlar tayyorlash, uni ta’lim 
tizimida birlashtirishga yordam berish hamda ta’lim va fanga oid 
raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida quyidagi vazifalar hal qilingan: 


225 
Ikki bosqichli ta’limni joriy etish; 
Kredit tizimini joriy etish va uni tan olish; 
Safarbarlik va mobillikni kengaytirish; 
Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash; 
Yevropa ta’lim tizimi sifatini ta’minlash; 
Aspiranturani oliy ta’limning umumiy tizimiga kiritish; 
Oliy tizimda “Yevropa o‘lchovlari”ni shakllantirish; 
Yevropa oliy ta’limini raqobatbardoshligini va sifatini oshirish; 
Oliy ta’limning ijtimoiy rolini oshirish, uning ommabopligi, qo‘shimcha ta’lim 
tizimini rivojlantirish; 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin