89
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga
rahbarlik qilish; DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va tayyorgarligiga bo‘lgan
talablarning bajarilishini ta’minlash; o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi
pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv
jarayoniga
joriy etish; o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr
qilish va tashkil etish; ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni
tasdiqlash; davlat oliy ta’lim muassaslarining rektorini tayinlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog
xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyordashni
tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar quyidagilar
bilan belgilanadi:
Ularning respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o‘rni
va roli
➢
ta’lim muassaslari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
➢
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar
(respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini
ro‘yhatga oladilar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini
vakolat doirasida
moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi;
➢
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish
ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasi uning rahbari
(direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi.
Tashkilotchi, oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega
bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalq ta’limi bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat
xalq ta’limi (Toshkent shahrida-shahar xalq ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor
etib tayinlanadi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bu haqida O‘zbekiston Respublikasi
XTV ga ma’lum qiladi.
Dostları ilə paylaş: