Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va uning oqibati 7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 20-mavzu Xorazmshohning mudofaa rejasi
7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 20-mavzu
Xorazmshohning mudofaa rejasi.
Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan edi.
Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o‘z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to‘g‘risida savdogarlar orqali to‘plagan ma’lumotlarni sinchiklab o‘rgangan.
Sulton Muhammadning og‘li Jaloliddin, Xo‘jand hokimi Temur Malik singari sarkardalar harbiy kuchlarini asosiy nuqtalarga to‘plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar.
Jaloliddin Manguberdi
Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o‘z qo‘shinlarini turli shaharlarga bo‘lib yuborib, urushda mudofaa taktikasini qo‘llashga qaror qiladi.
Chingizxonning o‘trorliklardan o‘chi borligidan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida joylashgan O‘tror shahri ustiga yurish qildi.
O‘tror mustahkam qal’ali chegara shahar edi.
Qal’a noibi G‘oyirxon (Inolchiq) va sarkarda Qoracha Hojib boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi jang qildilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom etgan.
Buxoro fojiasi.
1220-yilning fevralida Chingizxon musulmon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxoro ustiga qo‘shin tashlaydi. Buxoro qamali 12 kun davom etdi.
1220-yilning 16-fevralida mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi.
Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi.
Samarqand jangi.
Buxoro zabt etilgach, 1220-yilning mart oyida mo‘g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oladi.
Temur Malik jasorati.
Xojand shahri himoyachilari Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy davomida o‘z shahrini mudofaa qiladilar.
Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik jasorati Xorazm va ona yurtining boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida kechdi.
Urganch qamali.
1221-yilning boshlarida Chingizxon qo‘shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Xorazmshohlar poytaxtida xorazmliklarning 110000 nafar qo‘shini turardi.
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifini rad qilib, “shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” degan ekan.
Najmiddin Kubro
Savol va topshiriqlar:
1. Xorazmshoh nima uchun mudofaa rejasini ma’qul topdi? U qanday reja edi?
2. Siz Muhammad Xorazmshoh tutgan yo‘lni qanday baholaysiz?
3. Chingizxon hujumi qachon va qayerdan boshlandi?
4. Najmiddin Kubroning “Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim” xitobi ma’nosini tushuntiring.