324
ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish
g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikasiyalarning
yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq
qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikasion tizimlar, shu
jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli
hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko‘chkisimon o‘sishi
bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib,
imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi
asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada
oshirishga erishish mumkin.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga
kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu,
bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali
o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab
chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri
tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual
o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar o‘tkazish;
o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida o‘qitish siklining qayta takrorlanishi eng
samarali ta’minlanadi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi,
diagnostika, nazorat) guruh, fan miqyosidatashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil
etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; talabalar bilan muloqotda bo‘lish,
individual o‘qitishni ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: