Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org
Mavzu yuzasidan masala va mashqlar.
20 g mis(II) oksidni qaytarish uchun qancha uglerod kerak? Reaksiya natijasida hosil boʻladigan misning miqdorini hisoblang.
5 kg uglerod toʻliq yonganda qancha miqdor issiqlik ajralib chiqadi?
Is gazining 5,6 l (n. sh.da) hajmi yonganda qancha miqdor issiqlik ajralib chiqadi?
Quyidagi reaksiya tenglamalarini tugallang:
1,5 kg natriy karbonat qizdirilganda va ortiqcha miqdor kislota ta’sir ettirilganda qancha gaz ajralishi mumkin?
Quyidagi oʻzgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
200 g ohaktosh parchalanishi natijasida n.sh..da oʻlcangan 33,6 l karbonat angidrid hosil boʻldi. Ohaktosh tarkibida necha foiz kaliy karbonat boʻlgan?
Tarkibida 20% yot jinslar boʻlgan 4,5 g toshkoʻmir yondirilganda n.sh..da oʻlchangan qancha hajm karbonat angidrid hosil boʻladi?
60 g ohaktosh qizdirilganda 32 g kalsiy oksid olindi. Ohaktoshdagi kalsiy karbonatning massa ulushini aniqlang.
Tarkibida 10% yot jinslar boʻlgan 44,45 g kaliy permanganat qizdirilganda necha mol va necha gramm kislorod hosil boʻladi?
4 kg kalsiy karbid suv bilan reaksiyaga kirishib 1120 l (n.sh.da oʻlchangan) atsetilen hosil boʻladi. Reaksiya uchun olingan kalsiy karbid namunasida necha foiz CaC2 boʻlgan?
Tarkibida 10% yot jins boʻlgan 2 t ohaktosh toʻliq parchalanganda n.sh..da oʻlchangan qancha hajm CO2 hosil boʻladi?
Tarkibida 92% C boʻlgan 4 t koʻmirdan gaz generatorida n.sh. da oʻlchangan qancha hajm is gazi hosil boʻladi? Ishlab chiqarishdagi isrofgarchilik 15% ni tashkil qiladi deb hisoblang.
Kristall soda tarkibida 62,94% kristallizatsiya suvi bor. Kristallgidratning formulasini aniqlang.
Ba(OH)2 eritmasi orqali 1 m3 havo oʻtkazilganda 2,64 g BaCO3
choʻkmasi hosil boʻldi.Havo tarkibida necha foiz karbonat angidrid boʻlgan?
Oddiy shisha tarkibi ekanligini hisobga olib, 1 tonna shisha olish uchun zarur boʻlgan ohaktosh, soda va kremniy (IV) oksidi miqdorini hisoblang.
Oʻsimlik quyosh nuri chiqib turgan paytda barg sathining 1 m2 ga 5 g atrofida karbonat angidrid yutadi. Bunda sathi1,8 m2 boʻlgan kungaboqar bir kunda taxminan necha gramm uglerod toʻplashini aniqlang.
96 g qurumning yonishi natijasida n.sh..da qancha hajm CO2 hosil boʻladi?
Kalsiy karbonat bitta molekulasining massasini aniqlang.
15 g SiO2 bilan NaOH reaksiyaga kirishib qancha tuz hosil qiladi?