103
hamma o‘quvchilarda barobar yuz bermaydi albatta. Mehnat o‘qituvchisi
o‘quvchilarni xususiy xususiyatlarini xisobga olib, ularning har birini texnologik
bilimlarini bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tkazib beradi.
Asosiy amaliy dars
oldida o‘quvchilarni xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, ularga amal qilishni
nazorat qilib borish.
5-ilova
Darsning tashkiliy tamoyillari
O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari rejasi nazariy dars rejasidan dars bosqichlari va
ularga ajratilgan vaqt bo‘yicha farq qiladi. Quyida ilg‘or pedagogik texnologiyalar
talablariga mos keladigan o‘quv amaliyoti dars rejasini ham e’tiboringizga havola
etmoqdamiz. Sizga taqdim etilayotgan o‘quv amaliyoti darsi rejasida ta’limning
maqsadlari, kutilayotgan natijalar va ta’lim metodlari belgilangan.
Buni belgilashdan maqsad o‘quv amaliyoti darsi rejasini yanada
takomillashtirish va foydalanish uchun qulayligini oshirishdan iboratdir.
6-ilova
Texnik modellash yuzasidan umumiy tushunchalar
Z
amonaviy texnika obektlarini, apparatlar hamda mexanizmlarni tuzish-qurish va
modellashtirish amaliy ta’lim dasturini hamda politexnik tayyorgarlik talablarini
mehnatning boshqa qandaydir obektiga nisbatan ko‘proq qanoatlantiradi. O‘quv
ustaxonalaridagi texnik tuzish –qurish va modellashtirishni
malakali tuzilishlar,
texnologlar, stanokchi-ishchilar, yig‘uvchilar va rostlovchilar faoliyatida o‘tadigan
jarayonning (ixcham) holatiga qiyoslash mumkin.CHunki mehnat sharoitlarida
yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik
modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlar tashkil qiladi: texnik
maqsadning ( mashinalar,
mexanizmlar tuzish-qurishini, modellarni yasash
fikrining) vujudga kelishi; o‘ylangan texnik mavsadga texnik talablar qo‘yish;
tuzish chizmalarini tuzish va uni muhokama qilish; texnologik jarayonini ishlab
chiqish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan
buyum
detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumga yig‘ish, buyumni
ishlatib sinash va uni rostlash. Mana shular ta’lim mobaynida mashinalar,
mexanizmlar, apparatlar va hokazolarning yaratishning asosiy tamoyillari bilan
nazariy jihatdan ham, amalda ham mufassalroq tanishish imkonini beradi. Bu
holatlarda sanoat korxonasi tuzish bo‘limining tarkibi,
tuzish va chizmachi-
tuzilishining ish o‘rni muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu maxsus ish joyi
bilan tanishishlari lozim. Shunda ular bila oladilarki , har bir korxonalarda bosh
tuzilish bo‘limi bo‘ladi. Odatda bu bo‘lim tarkibi korxona ishlab chiqaradigan
buyumlar turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan tuzish byurolaridan tashkil
104
topadi. Har qaysi tuzish byurosi mashinalarning
muayyan bir tipi bilan
shug‘ullanadi. Har xil mashinalar ustida ishlaydigan bir nechta konstruktorlik
guruhlaridan tuziladi. 1-2 ta guruh seriyali ishlab chiqariladigan mashinalarni, 1-2
ta guruh esa seriyali mashinalardagi yig‘ish birliklarini o‘zgartirish asosida
chiqariladigan maxsus mashinalarni yaratadi.
Zavodning profili va ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda unda bir nechta
bosh konstruktor bo‘limi va bir nechta bosh konstruktorlar bo‘lishi mumkin.
Tuzish-qurishning tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obektga loyiha
topshirig‘ini tuzishdan obektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha
bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab
va uzoq davom etadigan
jarayon hisoblanadi.
Loyihalash- tuzish-qurish tashkilotlarida mehnat unumdorligini oshirish uchun
eng
sermehnat
operasiyalarni
turli
texnik
vositalar
yordamida
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishga alohida e’tibor beriladi.Bunda ish
o‘rnini rasional tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Konstruktorlik byurolarida chizma stollari chizma taxtaning balandligi va
qiyaligini o‘zgartirish imkonini beradigan qurilmalar bilan jihozlanadi.
CHizmakash-konstruktor tik turib ishlayotganida taxta vertikaldan taxminan 15°
og‘ib tursa, o‘tirib ishlayotganida esa 45° og‘ib tursa, kamroq charchashi
aniqlangan. Ko‘pincha chizma stollariga o‘rnatiladigan mexanik reysshina
chizmaning bajarilishini ancha tezlashtiradi. Uning yordamida o‘zaro ko‘ndalang
va parallel chiziqlar o‘tkazish mumkin. Reysshinaning aylanadigan boshchasi
darajalarga bo‘lingan shkala bilan ta’minlangan bo‘lib, u chizg‘ichning og‘ishini
o‘zgartirish imkonini beradi.
Mexanik reysshina bir uchiga ko‘ndalang kolodka o‘rnatilgan
uzun lineyka
ko‘rinishidagi oddiy chiziqning, shuningdek, o‘lchov chizig‘i, chizmachilik
uchburchagi va transportir o‘rnini bosadi.
Qalamlar, sirkul, rezinka va boshqa asboblarni joylashtirish uchun chizma stoli
nov va tokcha bilan ta’minlangan.
Tuzish-qurish jarayonida chizishdan tashqari turli hisoblashlarni bajarishga,
spravochnik adabiyotlar bilan ishlashga, chizmalarni ko‘rish va hokazolarga hћam
to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa konstruktorning ish o‘rniga yozuv stoli qo‘yiladi.
Kichik tashkiliy texnika vositalarini: qalam uchini
ochadigan elektr mashinka,
shtrixlovchi pribor, ellipsograf , murakkab egri chiziqlar chizish uchun andaza va
hakozolarni qo‘llash tufayli chizmachilik ishlarining unumdorligi ortadi. Tuzish-
qurishga yordam sifatida yaratilgan moslamalar, asboblar va priborlar uning
konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishning turli bosqichlaridagi ishini
engillashtiradi.
Dostları ilə paylaş: