51
TEXNOLOGIYA FANINING DIDAKTIK TAMOYILLARI.
R YE J A:
1.
Onglilik va faollik
2.
Ilmiylik tizimliligi
3.
Nazariya bilan amaliyot birligi
4.
Ta’lim tarbiyaning birligi
5.
Ko‘rsatmalilik
6.
Mustahkam va puxta o‘zlashtirish
7.
YOsh va o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish
8.
Izchillik
9.
Politexnik ta’lim
10.
Unumli meµnat asosida o‘qitish/
Maqsad:
Tinglovchilarga texnologiya fanining didaktik tamoyillari haqida
ma’lumot berish va amaliy qo‘llash haqida tushuncha hosil qilish.
Natija:
Texnologiya fanining didaktik tamoyillari
haqida tinglovchilarda
tushuncha hosil qilinadi va bilimlari oshiriladi
Tezkor savollar.
1.
Didaktika nima?
2.
Didaktik tamoyillardan qaysilarini bilasiz?
Mavzu bo‘yicha baholash mezonlari
№
2 ball 1 ball 0
ball
1
Asosiy tushuncha va qonunlarni bilsa, ularni qo‘llay
olish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lsa,
texnik masalalarni
hisoblashda mustaqil mushohada yurita olsa,
olgan
bilimlarini amalda qo‘llay olib, ijodiy fikrlab,
xulosa
chiqara olishi kerak.
2
Asosiy tushuncha va qonunlarni bilsa, ularni qo‘llay
olish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lsa, texnik masalalarni
hisoblashda mustaqil mushohada yurita olishi kerak
3
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik, bilmaslik
52
3-ilova
Onglilik va faollik
-o‘quvchi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur
qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o‘quvchilarda
ilmiy
bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan,
ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik,
tafakkur, nutq
rivojlanadigan bo‘lsin.O‘qitishdagi onglilik tamoyili o‘quvchilardagi ta’lim
jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o‘rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar
va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushungan holda o‘zlashtirib olish, o‘zlashtirilgan
bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish kabi me’yorlarni anglatadi.
4-ilova
Ilmiylik
tamoyili-o‘quvchilarga o‘rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan,
amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Ularni tanlab olishda
fan va texnikaning eng so‘ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur
rivojlanadi. Har bir darsda o‘qitiladigan o‘quv materialining ilmiy mazmuni keng
va chuqur bo‘lishi o‘quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda
uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘z
ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik
texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim.
O‘quvchi o‘rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan
bo‘lishi kerak.
5-ilova
Dostları ilə paylaş: