Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i JISMONIY ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I
52-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
364-modda. Soliq to‘lovchilar
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
365-modda. Soliq solish obyekti
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining (bundan keyin ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash xohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
(365-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.
366-modda. Soliq bazasi
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanmagan holdagi jami daromadlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq to‘lovchining alohida turdagi daromadlari ushbu bo‘limda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisob-kitob qilinadi.
Turli soliq stavkalari bo‘yicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII bo‘limiga va 208-moddasiga muvofiq aniqlanadigan yig‘ma foydasini ham o‘z ichiga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 208-moddasi.
Soliq bazasiga ushbu bo‘limda belgilangan hollarda va tartibda tuzatish kiritiladi.
Ushbu Kodeksning VI bo‘limida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchining daromadlariga ushbu Kodeksning 20-bobida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VI bo‘limi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning o‘z farmoyishiga, sudning yoki boshqa organlar va tashkilotlarning qaroriga ko‘ra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi.
367-modda. Daromad olingan sana
Ushbu bo‘limning maqsadida daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi:
1) daromadni to‘lash kuni, shu jumladan daromadni soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazish yoki daromadlar pul shaklida olinganda — daromadni soliq to‘lovchining topshirig‘iga ko‘ra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazish kuni;
2) daromadlar natura shaklida olinganda — daromadlarni natura shaklida berish kuni;
3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda — tovarlarni (xizmatlarni), qimmatli qog‘ozlarni sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash ushbu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi soliq to‘lovchiga o‘tganidan keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda olingan sanasi sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga tegishli to‘lovni to‘lash kuni sifatida aniqlanadi;
4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni;
5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz qarz hisobdan chiqarilgan kun;
6) xodim safardan qaytganidan keyin bo‘nak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq to‘lash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi deb, soliq to‘lovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni e’tirof etiladi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya to‘langan sana e’tirof etiladi.
(367-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davrning tugallanish sanasi to‘g‘ri keladigan kalendar yildan keyingi soliq bo‘yicha soliq davrining oxirgi sanasi e’tirof etiladi.
(367-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish majburiyatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday kompaniya foydasining summasi tarzidagi daromadning haqiqatda olingan sanasi deb foyda aniqlanadigan kalendar yilidan keyingi kalendar yilning oxirgi kuni e’tirof etiladi.
(367-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
53-bob. Jami daromad
368-modda. Jami daromad
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
3) olingan alimentlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi.
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar;
(369-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
(369-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno;
(369-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
8) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
(369-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
10) O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar.
Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlari;
(369-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan moddiy yordam summalari;
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish bo‘yicha xarajatlari;
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar;
(369-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borishga, joy ijarasiga (yo‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni to‘lash yoki bu xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam puli;
(369-modda ikkinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-iyundan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u erdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida;
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar;
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):
(369-modda ikkinchi qismi 9-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
dala ta’minoti;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi;
(369-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-iyundan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar bo‘yicha boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 373 va 377-moddalarida ko‘rsatilganlari mustasno;
(369-modda ikkinchi qismi 9-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 373 va 377-moddalari.
10) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
Oldingi tahrirga qarang.
jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
(369-modda ikkinchi qismi 10-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
12) o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘lar;
(369-modda ikkinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning iste’dodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari;
(369-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuniga asosan 121-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
14) soliq to‘lovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar bo‘yicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari. Daromadlar soliq to‘lovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qo‘shiladi:
soliq to‘lovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda;
soliq to‘lovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati o‘ttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qo‘shilganda;
ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida bo‘lgan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi to‘lov shaklidagi daromad to‘langanda.
Oldingi tahrirga qarang.
15) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
(369-modda ikkinchi qismi 15-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno).