Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix16.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113857
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 
24 
Xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan raqamli axborot vositalaridan foydalanishga cheklovlar qo'yilgan va mustaqil jurnalistlar ta'qibga duchor 
qilingan. 
2016 yilning oxiridan boshlab, yanada shaffof va plyural jamiyat qurishga qaratilgan harakatlar amalga oshirildi. 2017 yilgi rivojlanish strategiyasida 
"ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish va jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish" masalalari ta'kidlab o'tilgan. Asosiy televizion 
kanallarda, shu jumladan Xalqaro matbuot markazida vazirlar va hukumat amaldorlari bilan uchrashuvlar uyushtirilib, paxta terimida majburiy mehnatdan 
foydalanish kabi keng ko'lamli munozaralarga sabab bo'lgan muammolar bo'yicha jonli dasturlar namoyish etildi. 
Bir qator xususiy raqamli telestantsiyalarga asos solindi. Davlat tomonidan nazorat qilinadigan va muntazam OAVrida (jumladan, onlayn nashrlarda) 
yoritiladigan materiallar ko'lami kengayib, ularni sharxlashda ko'proq erkinlik bera boshlandi. O'zbekistondagi internet foydalanuvchilari uchun samarali 
tarzda ta'qiqlangan xorijiy va muxolifatdagi veb-saytlarga erkinlik berildi. Ushbu islohotlar past asoslardan boshlanib, islohotlar bo'yicha keyingi qadamlar 
kutilmoqda. 
Siyosiy partiyalar tuzish va uyushgan muxolifatning mavjudligi 
O'zbekiston Konstitutsiyasida siyosiy partiyalar tuzilishi mumkin bo'lgan huquqiy asoslar belgilab berilgan. Shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soladigan 
keng miqyosli mezonlar ham ko'rsatib o'tilgan. 56-moddada, siyosiy partiyalar hukumat tomonidan rasmiy ro'yxatga olinishi shartligi ta'kidlangan. 57-
moddada siyosiy partiyalarning faoliyati to'xtatilishi mumkin bo'lgan asoslar belgilab berilgan. 60-moddada, siyosiy partiyalar "turli xil ijtimoiy qatlamlar va 
guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi" va parlamentga o'zlarining moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot taqdim etishlari lozimligi belgilab o'tilgan. 
Ayni paytda O'zbekistonda to'rtta siyosiy partiya ro'yxatga olingan. Ular jamiyat ichida alohida guruhlarni jalb qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning 
barchasi parlamentda vakillarga ega bo'lib, asosan hukumatni qo'llab-quvvatlaydi. 2017 yil boshida, DIIHB O'zbekistonda siyosiy partiyalarning holati 
BMTning 1996 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktidagi xalqaro majburiyatlariga zid kelishi mumkinligi haqida xavotir bildirdi.
11 
Rivojlanish strategiyasida "parlament va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish" muhim ustuvor vazifalar sifatida belgilab qo'yilgan bo'lsa-da, bu sohada 
amalga oshirilayotgan islohotlar past asoslardan boshlanib, bu borada keyingi qadamlar kutilmoqda.
Qonun ustuvorligi va adolatga erishish
Qonun ustuvorligi 
O'zbekiston Konstitutsiyasida qonun ustuvorligini ta'minlash uchun huquqiy asos mavjud. 15-moddada "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va 
qonunlarining so'zsiz ustuvorligi" belgilab qo'yilgan. 19-moddada, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklardan mahrum etilishi 
noqonuniy bo'lib, bu faqat sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 25-moddada fuqarolar faqatgina belgilangan tartib-qoidalar asosida hibsga olinishi 
mumkinligi ta'kidlab o'tilgan. 26-moddada aybsizlik prezumptsiyasi huquqlari belgilangan. 116-moddada, sud jarayonining har bir bosqichida fuqarolarga 
"professional sud yordami"dan foydalanish huquqi berilgan. Biroq, inson huquqlarini monitoring qilish uchun mas'ul bo'lgan xalqaro tashkilotlar 
O'zbekistonda bu tamoyillarga yetarli darajada amal qilinmasligi haqida tashvish bildirdilar.
12
11. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017. 
12. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisoboti bo'yicha yakuniy kuzatishlar, 2015, parag 15-17. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin