Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix16.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113857
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 
23 
Fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va ishtirok etish 
Fuqarolik jamiyatining miqyosi va mustaqilligi 
O'zbekiston Konstitutsiyasining VIII bobida O'zbekiston fuqarolarining mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etishlari va ularning manfaatlarini himoya 
qilish uchun nohukumat tashkilotlarini shakllantirish uchun huquqiy asos yaratilgan. 58-modda, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining huquqlarini va ular 
uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Biroq, 57-modda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining qator sohalarda faoliyat yuritishni 
chegaralash orqali, ularning samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga doir keng ko'lamli cheklovlar uchun qonuniy asoslar yaratadi.

2015 va 2016 yillar mobaynida qabul qilingan qonunlar yangi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini ro'yxatga olishda jiddiy to'siqlarni yuzaga keltirgan va mavjud 
bo'lganlarining faoliyati to'xtatilishiga olib kelgan.
9
 2000 yillar oxiriga kelib, O'zbekistonda tadbirkor ayollar va atrof-muhit kabi masalalari bilan 
shug'ullanuvchi ko'plab nosiyosiy ijtimoiy uyushmalar faol bo'lgan. Ular rasmiy siyosatga mos keladigan va ba'zan davlat organlari tomonidan 
moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga intilganlar. Biroq, fuqarolarga siyosiy va inson huquqlari sohasida faoliyat yuritadigan mustaqil fuqarolik 
jamiyati tashkilotlarini tashkil etish huquqi deyarli berilmagan edi.
10

 
 2016 yil oxiridan boshlab, fuqarolik jamiyati tashkilotlari ishlaydigan muhit past asoslardan boshlab yaxshilana boshladi. Rivojlanish strategiyasining 
maqsadlari sirasiga "fuqarolik jamiyati rolini mustahkamlash" maqsadlari ham kiritilgan. Fuqarolik jamiyati vakillari yangi tashkil etilgan Oliy Sud Kengashi 
tarkibiga kiritildi, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bilan uchrashuvlarda va paxta terimida majburiy mehnat masalalari bo'yicha jamoatchilik 
muhokamalarida ishtirok eta boshladilar. Kichik miqyosdagi norozilik namoyishlari o'tkazish huquqi bo’yicha cheklovlar yumshatildi. May oyida Prezident 
fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun normativ-huquqiy bazani sezilarli darajada yumshatish istiqbolini belgilab bergan qarorga imzo chekdi, ammo 
islohotlar ko'lami uning qanday amalga oshirilishiga bog'liq.
 
O'zbekiston Konstitutsiyasining 34-moddasida fuqarolarning kasaba uyushmalari tuzish huquqi kafolatlanadi. 57-moddada kasaba uyushmalarining 
ishchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishi va bu a'zolik ixtiyoriy bo'lishi kerakligi ta'kidlanadi. O'zbekiston hukumati mehnat uyushmalari uchun 
sharoitlarni yaxshilash bo'yicha choralar ko'rmoqda. 2014 yildan boshlab, O'zbekistonda mehnat va ijtimoiy muhofaza masalalari keng qamrab oluvchi 
XMTning Munosib mehnat dasturi (MMD) faol joriy etila boshlandi. 2016 yilning dekabr oyida O'zbekiston 1948 yil Uyushish erkinligi va uyushish huquqini 
himoya qilish to'g'risidagi konventsiyani ratifikatsiya qildi, va bu XMTning barcha asosiy konventsiyalariga qo'shilishni anglatadi. 2017 yil fevralida, 
O'zbekiston hukumati MMDni 2020 yilga qadar qo'llashni belgiladi.
Tsenzurasiz faoliyat yuritadigan mustaqil, pluralistik ommaviy axborot vositalari 
O'zbekiston Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan huquqiy asoslar belgilab berilgan. 29 va 67-moddalarda, 
fuqarolarning axborot olish va tarqatish va mustaqil ommaviy axborot vositalaridan foydalanish huquqlari belgilab berilgan. Shu bilan birga, bunday 
axborot "mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilmasligi" shartligi va ommaviy axborot vositalarining "tarqatilinayotgan axborot ishonchliligi uchun 
javobgar" ekanliklari alohida ta'kidlab o'tilgan. Mutaxassislarning xulosalariga ko’ra, mustaqillik yillari davrida O'zbekiston hukumati barcha yirik ommaviy 
axborot vositalari ustidan nazorat o'rnatgan. Davlat televideniyasi va bosma ommaviy axborot vositalari cheklangan miqdordagi ma'qullangan mavzular 
bo'yicha ma'lumotlarni tarqatish bilan chegaralangan.
9. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017. 
10. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisoboti bo'yicha yakuniy kuzatishlar, 2015, parag 24. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin