Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 21
Mustaqillikka erishilgan so'ng, O'zbekistonda erkin saylovlar va vakillik hokimiyati prinsiplarini qo'llash zaif edi. Saylovlar umumiy ovoz berish tamoyillari
asosida o'tkazilib, saylovchilarga qator rasmiy nomzodlar taklif etilishiga qaramasdan, saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhit saylovchilarga erkin yoki
mazmunli tanlov imkonini bermadi.
3
O'zbekiston hukumati EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) saylov bo'yicha
missiyasining qonunlarni xalqaro me'yorlarga etkazish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun mo'ljallangan tavsiyalarini qisman qabul qildi.
4
DIIHBning ta'kidlashicha, 2016 yilgi prezident saylovlari davrida O'zbekiston hukumati tomonidan yangi yondashuv kuzatildi. Saylovlarni xalqaro
standartlarga muvofiq ravishda o'tkazish istagi bildirilganidan so'ng, DIIHBning saylovga bo'lgan ehtiyojni baholash missiyasi to'liq saylov kuzatuv
missiyasining O'zbekistonga ilk bor jo'natilishi lozimligini tavsiya qildi.
5
Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisobotida, Prezident saylovlari "Uzoq muddatli kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan keng ko'lamli
islohotlar zaruratini ochib bergani" ta'kidlab o'tildi. Unga ko'ra, O'zbekistonning saylov qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator
tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhitni demokratlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni va yangi umumiy saylov kodeksini va
saylovchilarning markaziy ro'yxatini o'z ichiga qamrab oladi.
6
Markaziy saylov komissiyasi ushbu tavsiyalarni amalga oshirish uchun bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. 2017 yilning dekabr oyida, Toshkentda
bo'lib o'tgan tuman kengashlari saylovlarida yagona elektron saylovchilar ro'yxati ilk bor qo'llanildi. Keyingi parlament saylovlari 2019 yil oxiriga va
navbatdagi prezident saylovlari 2021 yilning oxiriga mo'ljallangan.
Vakolatni taqsimlash va samarali nazorat va muvozanatlar
O'zbekiston Konstitutsiyasida vakolatlarni taqsimlashga asoslangan davlat uchun huquqiy asos yaratilgan. 11-moddada ta'kidlanishicha, O'zbekiston davlati
"qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o'rtasida vakolatlarni taqsimlash tamoyillariga" asoslanadi. Biroq, ekspertlarning umumiy fikricha,
mustaqillik yillari davrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hukumat, parlament va sud hokimiyatini boshqarish va nazorat qilish bo'yicha jiddiy rasmiy va
norasmiy vakolatlarga ega bo'lib kelgan.
Davlat hokimiyati organlari o'rtasidagi muvozanatni tiklashga qaratilgan urinishlar 2011 va 2014 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyaviy tuzatishlar asosida
amalga oshirildi, unda Prezident vakolatlari Bosh vazir va Parlamentga berildi. 2011 yilda Bosh vazir nomzodini ko'rsatish huquqi Oliy Majlisda ko'pchilikni
tashkil etuvchi partiyaga o'tkazilib, nomzod Prezident tomonidan tasdiqlanishi belgilab berilgan. Parlamentga Prezidentdan Bosh vazirni bo'shatish va
Vazirlar Mahkamasini tarqatib yuborishni deputatlarning uchdan ikki qismi ovoz berishi asosida talab qilish huquqi berilgan. 2014 yilda, Bosh vazirga
ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun keng vakolatlar berildi. Biroq, 2017 yilning boshida DIIHB rasmiy vakolatlarning taqsimlanishidan tashvish
bildirdi va amalda vakolatlar yuqori darajada markazlashtirilgan bo'lib qolmoqda.
3. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha cheklangan Missiyasi, yakuniy hisobot, Iyun 2015. 4. YETTB/DIIHB va huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasining (Venetsiya komissiyasi) qo’shma bayonoti, 2012. 5. YETTB/DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti, Oktyabr 2016. 6. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017. 7. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017