Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix16.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113857
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 
21 
Mustaqillikka erishilgan so'ng, O'zbekistonda erkin saylovlar va vakillik hokimiyati prinsiplarini qo'llash zaif edi. Saylovlar umumiy ovoz berish tamoyillari 
asosida o'tkazilib, saylovchilarga qator rasmiy nomzodlar taklif etilishiga qaramasdan, saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhit saylovchilarga erkin yoki 
mazmunli tanlov imkonini bermadi.

O'zbekiston hukumati EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) saylov bo'yicha 
missiyasining qonunlarni xalqaro me'yorlarga etkazish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun mo'ljallangan tavsiyalarini qisman qabul qildi.

DIIHBning ta'kidlashicha, 2016 yilgi prezident saylovlari davrida O'zbekiston hukumati tomonidan yangi yondashuv kuzatildi. Saylovlarni xalqaro 
standartlarga muvofiq ravishda o'tkazish istagi bildirilganidan so'ng, DIIHBning saylovga bo'lgan ehtiyojni baholash missiyasi to'liq saylov kuzatuv 
missiyasining O'zbekistonga ilk bor jo'natilishi lozimligini tavsiya qildi.
5
Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisobotida, Prezident saylovlari "Uzoq muddatli kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan keng ko'lamli 
islohotlar zaruratini ochib bergani" ta'kidlab o'tildi. Unga ko'ra, O'zbekistonning saylov qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator 
tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhitni demokratlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni va yangi umumiy saylov kodeksini va 
saylovchilarning markaziy ro'yxatini o'z ichiga qamrab oladi.

Markaziy saylov komissiyasi ushbu tavsiyalarni amalga oshirish uchun bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. 2017 yilning dekabr oyida, Toshkentda 
bo'lib o'tgan tuman kengashlari saylovlarida yagona elektron saylovchilar ro'yxati ilk bor qo'llanildi. Keyingi parlament saylovlari 2019 yil oxiriga va 
navbatdagi prezident saylovlari 2021 yilning oxiriga mo'ljallangan. 
Vakolatni taqsimlash va samarali nazorat va muvozanatlar 
O'zbekiston Konstitutsiyasida vakolatlarni taqsimlashga asoslangan davlat uchun huquqiy asos yaratilgan. 11-moddada ta'kidlanishicha, O'zbekiston davlati 
"qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o'rtasida vakolatlarni taqsimlash tamoyillariga" asoslanadi. Biroq, ekspertlarning umumiy fikricha, 
mustaqillik yillari davrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hukumat, parlament va sud hokimiyatini boshqarish va nazorat qilish bo'yicha jiddiy rasmiy va 
norasmiy vakolatlarga ega bo'lib kelgan. 
Davlat hokimiyati organlari o'rtasidagi muvozanatni tiklashga qaratilgan urinishlar 2011 va 2014 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyaviy tuzatishlar asosida 
amalga oshirildi, unda Prezident vakolatlari Bosh vazir va Parlamentga berildi. 2011 yilda Bosh vazir nomzodini ko'rsatish huquqi Oliy Majlisda ko'pchilikni 
tashkil etuvchi partiyaga o'tkazilib, nomzod Prezident tomonidan tasdiqlanishi belgilab berilgan. Parlamentga Prezidentdan Bosh vazirni bo'shatish va 
Vazirlar Mahkamasini tarqatib yuborishni deputatlarning uchdan ikki qismi ovoz berishi asosida talab qilish huquqi berilgan. 2014 yilda, Bosh vazirga 
ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun keng vakolatlar berildi. Biroq, 2017 yilning boshida DIIHB rasmiy vakolatlarning taqsimlanishidan tashvish 
bildirdi va amalda vakolatlar yuqori darajada markazlashtirilgan bo'lib qolmoqda.
3. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha cheklangan Missiyasi, yakuniy hisobot, Iyun 2015. 
4. YETTB/DIIHB va huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasining (Venetsiya komissiyasi) qo’shma bayonoti, 2012. 
5. YETTB/DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti, Oktyabr 2016. 
6. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017. 
7. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin