Moldova cs


Tanlangan iqtisodiy ko'rsatkichlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Tanlangan iqtisodiy ko'rsatkichlar

 

Grant mablag'laridan moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojlar turi va sektor 



bo'yicha - 33 mln. Evro 

Energetika 



1% 

Moliyaviy 

muassasalar 

42% 


Sanoat, 

savdo va 

agrobiznes 

2% 


Infrastruktur

49% 



Islohotlarga 

ko'mak 


6% 

 64%


 

  

36%



 

Texnik hamkorlik

Investitsiya grantlari



19 

ILOVALAR 




Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 

20 


O'zbekiston YETTBni Tuzish To’g’risidagi Shartnomaning 1-moddasida bayon etilgan tamoyillarga qat'iy rioya etishga va uni qo'llashni kafolatlaydi. O'tgan 

davrda, O'zbekistonning 1-modda talablarini bajara olish imkoniyatlari haqida jiddiy tashvish bildirilishiga qaramasdan, yaqin o’tgan davr ichida, bu 

yo’nalishda qator sezilarli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. 2013 yildan so'ng, xalqaro tashkilotlarning jiddiy xavotirlariga sabab bo'lib kelgan 

O'zbekistonning davlat boshqaruvi va inson huquqlari sohasidagi ko’rsatkichlari yaxshilanib bora boshladi.

1

 Biroq, 2016 yilgi Evropa Ittifoqining inson 



huquqlari bo'yicha hisobotida "inson huquqlari muammolari O'zbekistonda hamon keng kuzatilib kelinayotganligi" haqida tashvish bildirildi. Vaziyat 

yaxshilanganiga qaramasdan, u "juda muammoli darajada" ekanligi ta'kidlandi”.

 

Prezident Mirziyoevning 2016 yilning dekabridagi saylovlardagi g'alabasidan so'ng o'zgarishlar sur'ati sezilarli darajada tezlashdi. 2017 yilning Fevralida, 



Hukumat 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi (rivojlanish strategiyasi) 

e'lon qildi, unda islohotlarning keng qamrovli dasturi, jumladan, siyosiy, ma'muriy va huquqiy jihatlar belgilandi. 2017 va 2018 yil boshlarida, O'zbekiston 

hukumati tomonidan mamlakat hayotining ko'plab jihatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan va kelajakda muhim taraqqiyotga yo'l ochadigan qator bayonotlar, 

qarorlar va qonunlar qabul qilindi. 

Prezident o'z ma'muriyatining tarkibini har tomonlama qayta ko'rib chiqdi va viloyat darajasida qator tayinlovlarni amalga oshirib, bunda  istiqbolli va keng 

dunyo qarashga ega bo'lgan yosh avlod vakillarini boshqaruv tizimiga jalb qildi. Xavfsizlikni  va huquqni muhofaza qilishni ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan 

organlarni tubdan qayta tashkil etish ishlari olib borildi. O'zbekiston rasmiylarining demokratiya va inson huquqlarini monitoring va targ'ib qilish uchun 

mas'ul bo'lgan xalqaro tashkilotlar va organlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligi yana bir ijobiy belgidir. 

Hozirgi davrda,  amalga joriy etish jarayoni muhim o'rin tutadi. Islohotlar jarayoni past asoslardan boshlangan o'lsada, bunda sezilarli muvaffaqiyatlar ko'zga 

tashlanmoqda. Ayniqsa, qonun ustuvorligi va sud mustaqilligi kabi sohalarda sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Davlat organlari faoliyatini yanada shaffof va 

mas'uliyatli qilishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Hukumat tomonidan davlat idoralarining faoliyatini yanada shaffof qilishda va mas'uliyatini oshirishda 

sezilarli yutuqlarga erishildi. O'zbekiston hukumati islohotlarni amalga oshirishga qat'iy bel bog'laganligi natijasida, demokratik institutlarni mustahkamlash, 

fuqarolik jamiyatining faoliyat ko'lamini kengaytirish, ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta'minlash va ayollarning faolligini qo'llab-quvvatlashga 

qaratilgan keyingi qadamlar kutilmoqda.  

  

Erkin saylov va vakillik hukumati 



 

Erkin, adolatli va raqobatli saylovlar  

1992  yilda  qabul  qilingan  va  bir  necha  marta  o'zgartirishlar  kiritilgan  O'zbekiston  Konstitutsiyasida  erkin  saylovlar  va  vakolatli  hukumatga  oid  huquqiy 

asoslar belgilab berilgan. VIII bobda fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish huquqlari belgilab berilgan. XXIII bobda fuqarolarning teng saylov 

huquqlariga  bo'lgan  huquqi  qonun  bilan  kafolatlanganligi  ko’rsatib  o’tilgan.  Shuningdek,  Markaziy  saylov  komissiyasi  "mustaqillik,  qonun  ustuvorligi, 

kollegiallik, oshkoralik va adolat" tamoyillari asosida tashkil etilganligi ta'kidlanadi. 76-moddaga ko'ra, parlamentning yuqori palatasi (Senat)  va qonunchilik 

palatasi  (Oliy  Majlis)  deputatlari  besh  yil  muddatga  saylanadilar.  90-moddada  Prezident  "besh  yil  muddatga  umumiy,  teng  huquqlik  va  bevosita"  saylov 

huquqi asosida fuqarolar tomonidan saylanishi belgilangan. 

  

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Ra'ad Al Husseinning O'zbekistonga qilgan safari chog'ida matbuot anjumani ochilishidagi nutqi, 2017 yil, May . 

2. EIning 2016 yilda dunyo bo'ylab inson huquqlari va demokratiya bo'yicha yillik hisobot, Oktyabr 2017, s 94-6.  




Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin