Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 

22 


2017-yilda qator yutuqlar kuzatildi. Prezident Hukumatning iqtisodiy va ijtimoiy ustuvor siyosatini belgilashda va davlat organlari rahbarlarini tayinlashda hal 

qiluvchi ta'sir  ko'rsatishda davom etgan bo'lsa-da, Vazirlar Mahkamasi qo'shimcha Bosh vazir o’rinbosari lavozimi tuzilishi orqali kuchaytirilib, ma'muriy-

tahliliy yordam organlari qayta tuzildi, Markaziy bankning mustaqilligi kuchaytirilib, ba'zi moliyaiy vakolatlar viloyatlarga berildi. 

Rivojlanish strategiyasi "Oliy Majlisning (parlamentning quyi palatasi) rolini kuchaytirish, uning ichki va tashqi siyosatning eng muhim vazifalarini hal etishda  

vakolatlarini yanada kengaytirish va ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament nazoratini amalga oshirishga" yo'naltirilgan. 2017 yil mobaynida, parlament 

a'zolari yuqori lavozimli amaldorlarning hisobotlarini tingladilar va qonun ijrosini nazorat qilishnni kuchaytirdilar. Ushbu ishni qo'llab-quvvatlash uchun 

parlamentning analitik salohiyati kuchaytirildi. Ushbu islohotlar past asoslardan boshlandi va bu sohada yanada samarali o'zgarishlar kutilmoqda. 

  

Rivojlanish strategiyasi "sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash, sudlarning mavqeyini oshirish va sud tizimini demokratlashtirish va 



takomillashtirish"ga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ham chaqiradi”. 2017 yilda, sud-huquq tizimini mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgan 

bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ulardan eng muhimi, Prezidentning asosiy vakolatlarini mustaqil organga yuklash imkonini bergan Oliy Sud Kengashini 

tashkil etish (quyida qarang) bo'ldi. Shu bilan birga, Oliy xo'jalik sudi Oliy sud bilan birlashtirilib, yangi tuzilma Konstitutsiyaviy sud bilan birga, yanada 

samarali va obro'li so'nggi apellyatsiya sud organiga aylantirildi.  Ma'muriy huquq tizimini joriy etish ham sud hokimiyatining salohiyatini oshiradi (quyida 

ko'rib chiqing).   

 

Saylangan mansabdor shaxslarni boshqarish uchun samarali vakolatlar  



 

O'zbekiston konstitutsiyasida mamlakatning saylangan mansabdor shaxslari uchun samarali boshqaruvni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratilgan. 7-

moddada  mamlakatning  kommunistik  o'tmishi  bilan  hayrlashgani  va  davlat  boshqaruvi  "faqatgina  O'zbekiston  Konstitutsiyasi  tomonidan  vakolatlangan 

organlar  va  uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  asosida  amalga  oshirilishi"  ta'kidlab  o'tiladi.  Amalda,  O'zbekistonda  qaror  qabul  qilish  jarayonining 

shaffofligi hamon to'liq amalga oshirilmagan va zarur jarayonlarni amalga oshirish barqaror emas edi. 

  

Prezidentning 2017-yil dekabridagi parlamentga yo'llagan murojaatida, "vakolatlari asossiz ravishda kengaytirilgan” Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tizimini 



isloh qilish zarurati ta'kidlab o'tildi.” 2016 yil oxiridan e'tiboran bir qator harbiy qismlar MXX boshqaruvidan chiqarilib, boshqa organlarnig javobgarligi ostiga 

o'kazildi. 2018 yilning fevralida, prezident MXXni uzoq vaqt boshqarib kelgan raxbarini va Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaning bir qator boshqa 

mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimlaridan ozod etdi. Aprel oyi boshida, Prezident qayta tuzilgan Davlat xavfsizlik xizmati haqidagi yangi qonunga 

imzo chekdi, va bunda ilk bor mazkur davlat organing faoliyati uchun huquqiy asos yaratilib, muayan yo'nalishlardagi mas'uliyatini belgilab berdi va 

parlament va Bosh Prokuraturaga  uning ustidan nazorat qilish vakolatlari berildi. 

  

Harbiylar davlat nazorati ostida bo'lib, mamlakatning siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayonida muhim o'rin tutmaydi.  



 

8. Jahon banki, Jahon bo'ylab boshqaruv ko'rsatkichlari, 2016. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin