Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 

21 


Mustaqillikka erishilgan so'ng, O'zbekistonda erkin saylovlar va vakillik hokimiyati prinsiplarini qo'llash zaif edi. Saylovlar umumiy ovoz berish tamoyillari 

asosida o'tkazilib, saylovchilarga  qator rasmiy nomzodlar taklif etilishiga qaramasdan, saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhit saylovchilarga erkin yoki 

mazmunli tanlov imkonini bermadi.

O'zbekiston hukumati EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) saylov bo'yicha 



missiyasining qonunlarni xalqaro me'yorlarga etkazish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun mo'ljallangan tavsiyalarini qisman qabul qildi.

DIIHBning ta'kidlashicha, 2016 yilgi prezident saylovlari davrida O'zbekiston hukumati tomonidan yangi yondashuv  kuzatildi. Saylovlarni xalqaro 



standartlarga muvofiq ravishda o'tkazish istagi bildirilganidan so'ng, DIIHBning saylovga bo'lgan ehtiyojni baholash missiyasi to'liq saylov kuzatuv 

missiyasining O'zbekistonga ilk bor jo'natilishi lozimligini tavsiya qildi.

5  

Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisobotida, Prezident saylovlari "Uzoq muddatli kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan keng ko'lamli 



islohotlar zaruratini ochib bergani" ta'kidlab o'tildi. Unga ko'ra, O'zbekistonning saylov qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator 

tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular saylovlar o'tkaziladigan umumiy muhitni demokratlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni va yangi umumiy saylov kodeksini va 

saylovchilarning markaziy ro'yxatini o'z ichiga qamrab oladi.

Markaziy saylov komissiyasi ushbu tavsiyalarni amalga oshirish uchun bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. 2017 yilning dekabr oyida, Toshkentda 



bo'lib o'tgan tuman kengashlari saylovlarida yagona elektron saylovchilar ro'yxati ilk bor qo'llanildi. Keyingi parlament saylovlari 2019 yil oxiriga va 

navbatdagi prezident saylovlari 2021 yilning oxiriga mo'ljallangan. 

  

Vakolatni taqsimlash va samarali nazorat va muvozanatlar 



 

O'zbekiston Konstitutsiyasida vakolatlarni taqsimlashga asoslangan davlat uchun huquqiy asos yaratilgan. 11-moddada ta'kidlanishicha, O'zbekiston davlati 

"qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  organlari  o'rtasida  vakolatlarni  taqsimlash  tamoyillariga"  asoslanadi.  Biroq,  ekspertlarning  umumiy  fikricha, 

mustaqillik yillari davrida   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hukumat, parlament va sud hokimiyatini boshqarish va nazorat qilish bo'yicha jiddiy rasmiy va 

norasmiy vakolatlarga ega bo'lib kelgan. 

 

Davlat hokimiyati organlari o'rtasidagi muvozanatni tiklashga qaratilgan urinishlar 2011 va 2014 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyaviy tuzatishlar asosida 



amalga oshirildi, unda Prezident vakolatlari Bosh vazir va Parlamentga berildi. 2011 yilda Bosh vazir nomzodini ko'rsatish huquqi Oliy Majlisda   ko'pchilikni 

tashkil  etuvchi  partiyaga  o'tkazilib,  nomzod  Prezident  tomonidan  tasdiqlanishi  belgilab  berilgan.  Parlamentga  Prezidentdan  Bosh  vazirni  bo'shatish  va 

Vazirlar  Mahkamasini  tarqatib  yuborishni  deputatlarning  uchdan  ikki  qismi  ovoz  berishi  asosida  talab  qilish  huquqi  berilgan.  2014  yilda,  Bosh  vazirga 

ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun keng vakolatlar berildi. Biroq, 2017 yilning boshida DIIHB rasmiy vakolatlarning taqsimlanishidan tashvish 

bildirdi va amalda vakolatlar yuqori darajada markazlashtirilgan bo'lib qolmoqda.  

  

 



  

3. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha cheklangan Missiyasi, yakuniy hisobot, Iyun 2015. 

4. YETTB/DIIHB va    huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasining (Venetsiya komissiyasi) qo’shma bayonoti, 2012. 

5. YETTB/DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti, Oktyabr 2016. 

6. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017. 

7. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart 2017 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin