Molekulaning qutbliligi bilan geometrik tuzilishi orasidagi bog’lanish
Tip
|
Fazoviy konfiguratsiya
|
Qutbliligi
|
Misollar
|
A2
AB
AB2
AB2
ABC
AB3
AB3
AB3
AB4
AB4
AB4
AB5
AB5
AB6
AB7
|
Gantelsimon
Chiziqli
Chiziqli
Burchakli
Chiziqli
Tekis uchburchak
Trigonal-piramidal
T-simon
Tetraedrik
Tekis kvadrat
Buzilgan tetraedr
Trigonal-bipiramidal
Kvadrat –piramidal
Oktaedr
Pentogonal-bipiramidal
|
Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbli
Qutbsiz
Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbsiz
|
H2,Cℓ2, N2
HCℓ, CℓF, KCℓ, HF
CO2, CS2, BeCℓ2(g), C2H2
H2O, SO2, NO2, CℓO2
COS, HCN
NO , BCℓ3, SO3,BF3,C2H4, CO
NH3, PCℓ3, NF3, PF3, H3O+
CℓF3, BrF3
CH4, CCℓ4, SiF4, CF4, SiC4
XeF4
SF4, TeCℓ4, H2S, H2O
PF5, PCℓ5,
IF5
SF6, WF6, [PF6]-
IF7, ReF7, OsF7
|
Xulosa qilib aytganda, • chiziqli tuzilishga ega bo’lgan ya’ni markaziy atomi sp gibridlangan molekulalarda markaziy atom atrofida joylashgan atomlar bir xil tabiatli ( BeCℓ2, BeH2, CO2 va boshqalar) bo’lsa, molekula qutbsiz bo’ladi.
• Xuddi shunday sp2 –gibridlangan va unga birikkan uchala atomlari ham bir xil bo’lgan molekulalar (BH3, BCℓ3, SO3, BF3 va h.z.) ham qutbsiz bo’ladi.
Molekulaning dipol momentiga bog’lanishda ishtirok etmagan elektron juftlar (umumlashmagan) kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan; NH3 va NF3 molekulalari bir xil geometrik (trigonal-piramidal) shaklga ega.
N-H va N-F bog’larining qutbliligi ham deyarli bir xil. Ammo NH3 ning dipol momenti 0,49·10-29 Kl·m, NF3 niki esa 0,07·10-29 Kl·m.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: NH3 da kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishida ishtirok etgan N-H elektronlarining dipol momenti bilan umumlashmagan elektron jufti dipol momentining yo’nalishi mos tushadi va vektorlari qo’shilishi natijasida dipol momenti katta bo’ladi, NF3 da esa N-F bog’ining dipol momenti va umumlashmagan elektron juftlarining yo’nalishi qarama-qarshi tomonga yo’nalgan, (rasmda strelkalarga qarang) shuning uchun ular bir-birini ma’lum darajada kompensatsiyalaydi.
BF3 va NF3 molekulalarining geometrik konfiguratsiyalari har xil, chunki BF3 qutbsiz , NF3 esa qutbli molekuladir.
NH3 (ammiakning) dipol momenti BF3 nikidan katta, chunki BF3 molekulasi yassi (tekis ), NH3 esa piramidal tuzilishga ega .
Masalalar
1. Kovalent birikmalarda valentlik nima bilan aniqlanadi ?
2. Elementlarning o’zgarmas yoki o’zgaruvchan valentli bo’lishiga sabab nima?
3. Atom orbitallarning gibridlanishi deganda nimani tushunasiz ?
4. sp-, sp2-, sp3-gibridlanish natijasida nechta gibrid orbital hosil bo’ladi ?
5. sp- gibridlangan atomga ega bo’lgan molekula qanday geometrik tuzilishga ega bo’ladi ?
Dostları ilə paylaş: |