Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Ionlarning zaryadi asosida kimyoviy formulalar tuzish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə13/15
tarix03.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#124506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-M

Ionlarning zaryadi asosida kimyoviy formulalar tuzish
Ion bog’lanishli birikmalarning formulalari ion kristall panjara tugunlaridagi ionlar orasidagi o’zaro nisbatni ko’rsatadi. Kristall panjara bir butunligicha neytral (ya’ni manfiy va musbat zaryadlar yig’indisi 0 ga teng) bo’lishi kerak.
Ion birikmalarning formulalari

Ion birikmalar

Anion va kationlar orasidagi nisbat

Formulasi

Natriy xlorid

Na+ : Cl- = 1 : 1

NaCl

Kalsiy xlorid

Ca+2 : Cl- = 1 : 2

CaCl2

Temir (III) nitrat

Fe+3 : NO = 1 : 3

Fe(NO3)3

Kaliy karbonat

K+ : CO = 2 : 1

K2CO3

Kaliy gidrokarbonat

K+ : HCO = 1 : 1

KHCO3

Ammoniy fosfat

NH : PO = 3 : 1

(NH4)3PO4

Alyuminiy fosfat

Al+3 : PO = 1 : 1

AlPO4

Alyuminiy gidrofosfat

Al+3 : HPO = 2 : 3

Al2(HPO4)3

Kalsiy fosfat

Ca+2 : PO = 3 : 2

Ca3(PO4)2

Kalsiy digidrofosfat

Ca+2 : H2PO = 1 : 2

Ca(H2PO4)2

Alyuminiy sulfat

Al+3 : SO = 2 : 3

Al2(SO4)3

Alyuminiy gidrosulfat

Al+3 : HSO = 1 : 3

Al(HSO4)3

Natriy oksid

Na+1 : O-2 = 2 : 1

Na2O

Kalsiy oksid

Ca+2 : O-2 = 1 : 1

CaO



6.13. Metall bog’lanish

Metallarning tashqi elektron pog’onasidagi elektronlari yadro bilan bo’sh (kuchsiz) bog’langan bo’ladi. Metall atomlari ushbu elektronlarini osongina beradi. Natijada metall atomlari musbat zaryadli ionlarga aylanadi. Bu hodisa nafaqat, metallar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda, balki oddiy modda holidagi metallarda ham sodir bo’ladi.


Oddiy modda holida metallarning barchasi (simobdan tashqari) qattiq, kristall moddalardir. Kristallarda metall atomlarning bir qismi ionlashgan holatda bo’ladi.
Kristall panjara tugunlarida metall atomlari yoki ionlari, ularning o’rtalaridagi bo’shliqlarda esa elektronlar joylashadi:

Metall kristall panjaradagi
metall bog’lanish. -elektronlar
Bu elektronlar kristall panjaradagi barcha atom va ionlar uchun umumiy bo’lib butun kristall panjarada aylanib yuradi.
Metall va metall qotishmalaridagi erkin elektronlar bilan kristall panjara tugunlaridagi metall atomlari yoki metall ionlari orasidagi bog’lanish metall bog’lanish deyiladi. Davriy sistemadagi barcha metallar oddiy modda holida metall bog’lanish hosil qiladi. Shuningdek metall qotishmalarida masalan, bronza, latun va shunga o’xshashlarda metall bog’lanish bo’ladi.
Metall bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega emas. Metall bog’lanish metall atomlari uchun xos bo’lgan valent elektronlarining kamligi va erkin elektron orbitallarining ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Metall bog’lanishli birikmalar qattiqligi, elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, yassilanuvchanligi, plastikligi, bolg’alanuvchanligi va metall yaltiroqligi bilan boshqa kimyoviy bog’lanishli birikmalardan ajralib turadi.
Metall ionlari joylashgan ayrim tekisliklar bir-biriga nisbatan siljish imkoniyati ularning cho’ziluvchan, bolg’alanuvchan va ishlov berishga qulayligiga sabab bo’ladi.
6.14. Kimyoviy bog’lanishlarning yagona tabiati

Kimyoviy bog’lanishlarning turlarga bo’linishi nisbiy xususiyatga (xarakterga) ega.


Ion bog’lanishni qutbli kovalent bog’lanishning to’yingan holi deyish mumkin.
Metall bog’lanish umumlashgan elektronlar bilan atomlarning o’zaro ta’sirlashuvi va ushbu elektronlarning metall ionlari bilan elektrostatik tortishuvidan iborat.
Har qanday moddada ham sof (muayyan) kimyoviy bog’lanish mavjud emas.
Masalan; LiF 80% ion va 20% kovalent bog’lanishga ega. Shuning uchun kimyoviy bog’lanishning qutblilik (ionlilik) darajasi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi.
HF - HCℓ - HBr – HI - HAt qatorida bog’larning qutblilik darajasi kamayib boradi va hatto HAt qutbsiz kovalent bog’lanishga ega bo’ladi.
Bitta moddada kimyoviy bog’lanishning bir nechta turlari uchrashi mumkin.
Masalan;
1) Asoslarda metall atomlari bilan gidrokso guruh (OH-) orasidagi bog’ ion, kislorod atomlari bilan vodorod atomlari orasidagi bog’ esa qutbli kovalent bog’lanishdir;
2) Kislorod saqlovchi kislotalarning tuzlarida kislota qoldig’ining kislorodi bilan metallmas orasidagi bog’lanish qutbli kovalent, metall bilan kislota qoldig’i orasida esa ion bog’lanishdir;
3) Ammoniy tuzlarida azot bilan vodorod atomlari orasida qutbli kovalent, ammoniy ioni bilan kislota qoldig’i orasida esa ion bog’lanishdir;
4) Metallarning peroksidlarida kislorod atomlari (-O-O-) orasidagi bog’lanish qutbsiz kovalent, metall bilan kislorod atomlari orasida esa ion bog’lanishdir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin