Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari.
6.1. Kimyoviy bog’lanish
Modda tarkibidagi atom, ion, molekulalarni ushlab turuvchi kuch kimyoviy bog’lanish deyiladi.
Kimyoviy bog’lanish elektrostatik tabiatga ega bo’ladi. Manfiy zaryadli elektronlar va musbat zaryadli yadro orasida o’zaro tortishuv bo’ladi, bu tortishuv kuchi atomning tashqi pog’onasidagi elektronlarining tuzilishiga bog’liq.
Masalan; inert gazlar tugallangan (barqaror) tashqi elektron qobiqqa ega bo’lganligi uchun ular qiyinchilik bilan kimyoviy bog’lanish hosil qiladi.
Kimyoviy bog’lanish natijasida hosil bo’ladigan moddalarning umumiy energiyalarining yig’indisi boshlang’ich moddalarning umumiy energiyasidan kichik bo’lgandagina yangi moddalar hosil bo’ladi.
Kossel 1915-yilda ion bog’lanish, 1916-yilda Lyuis kovalent bog’lanish nazariyasini yaratganlar.
Atomlar orasida kimyoviy bog’lar hosil bo’lganda atomlarning elektron qobiqlari, elektron bulutning shakli o’zgaradi va elektron atomlar orasida qayta taqsimlanadi.
Turli moddalarda elektronlar turlicha taqsimlanadi, shuning uchun kimyoviy bog’lanishning bir necha turlari farqlanadi: 1) kovalent; 2) ion; 3) metall; 4) vodorod; 5) van-der-vaals bog’lari.
6.2. Kovalent bog’lanish
1916-yilda Lyuis (AQSh) tomonidan kovalent bog’lanish nazariyasi yaratildi. Lyuis nazariyasiga muvofiq, molekulada atomlar har ikkala atom uchun umumiy bo’lgan elektron jufti orqali bog’langan bo’ladi. Atom tomonidan kimyoviy bog’ hosil qilish uchun sarflangan elektron juftlar soni bog’langan atomlarning valentligini bildiradi.
Tuzilish (struktura) formulasidagi valentlik birligini bildiruvchi chiziqcha (-) elektron juftni anglatadi.
6.3. Qutbsiz kovalent bog’lanish
Elektromanfiyliklari bir xil bo’lgan ikki atom orasida elektronlar jufti hisobiga hosil bo’ladigan bog’lanishga qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi.
Qutbsiz kovalent bog’lanishli birikmalarga rombik oltingugurt, xlor va selen yaqqol misol bo’la oladi:
Qutbsiz kovalent bog’lanish nafaqat bir xil atomlar orasida balki elektromanfiylik qiymatlari bir xil bo’lgan turli xil atomlar orasida ham hosil bo’ladi. Masalan, PH3, CS2, NCl3 kabi birikmalarda ham atomlar orasidagi bog’lanish qutbsiz kovalent bog’lanishdir.
Qutbsiz kovalent bog’lanishli birikmalar oson suyuqlanadi va bug’lanadi.
Qutbsiz kovalent bog’lanishli birikmalar qutbli erituvchilarda (H2O) yomon, qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi.
Dostları ilə paylaş: |