Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Gibridlanish va molekulalarning fazoviy tuzilishi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/15
tarix03.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#124506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-M

6.9. Gibridlanish va molekulalarning fazoviy tuzilishi.

Uglerod atomi qo’zg’algan holda 4 ta toq elektronga ega bo’ladi. Demak, uglerod atomi qo’zg’algan holatda ikki xil tabiatga ega bo’lgan bog’lar ya’ni bitta s-orbital hisobiga va uchta p-orbital hisobiga bog’lar hosil qilishi va bu bog’lardan bittasi ya’ni s-orbital hisobiga hosil bo’lgan bog’ mustahkam bo’lib, boshqa uchta (p-orbital hisobiga hosil bo’lgan) bog’ kuchsiz bo’lishi va shuning hisobiga metan molekulasidagi C-H bog’larning uchtasi boshqacharoq aktivlikka ega bo’lishi kerak edi. Ammo tajribalarning ko’rsatishicha, har to’rtala bog’ bir xil qiymatga ega va metan molekulasida elektron zichlik teng taqsimlangan.


Bu hodisani tushuntirish uchun L. Poling atom orbitallarning gibridlanish modelini taklif etdi.
Gibrid so’zi qo’shilish, chatishish degan ma’noni bildiradi. Gibridlanish jarayonida nechta atom orbitallar qatnashgan bo’lsa, gibridlanish natijasida yana shuncha gibrid orbitallar hosil bo’ladi.
Gibridlanish atomlar qo’zg’algan holatga o’tganda (kuzatiladi) sodir bo’ladi. Atomni qo’zg’algan holatga o’tkazish uchun energiya sarflanadi va bu energiya esa o’z navbatida atom boshqa atom bilan kimyoviy bog’ hosil qilganda ajralib chiqadigan energiya hisobiga qoplanadi. Atomni qo’zg’algan holatga o’tkazish uchun zarur bo’lgan energiyadan ular o’zaro kimyoviy bog’ hosil qilganda ajralib chiqadigan energiya miqdori katta bo’lganda gibridlanish sodir bo’ladi.
sp3-gibridlanish: Metan molekulasi hosil bo’lishida uglerod atomi asosiy (normal) holatdan qo’zg’algan holatga o’tadi:

Qo’zg’algan holatga o’tgan bitta s va uchta p orbitalning qo’shilishidan bir xil shakl va energiyaga ega bo’lgan to’rtta sp3 gibrid orbital hosil bo’ladi:

sp3 gibridlanish nafaqat murakkab moddalarda balki, oddiy moddalarda ham uchraydi. Masalan; olmosda uglerod atomlari sp3 gibridlangan.
Umuman olganda atomda σ-bog’lar soni to’rtta bo’lsa, va unda umumlashmagan elektron jufti bo’lmasa, u holda atom sp3 gibridlangan bo’ladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin