Xrom. Bu element uglevod va lipid almashunuvida muhim ahamiyatga ega. Pivo achitqisi va jigar bu elementga boy (10—80 mkg/100 g).
Marganets. Marganetsga bo‘lgan kundalik talab insonning har kg og‘irligi uchun 0,2-0,3 mg ni tashkil qiladi. Marganets eng ko‘p klyukva va choyda, undan kamroq miqdorda kashtan, kakao, sabzavot va mevalarda (100-200 mkg/100 g) bo‘ladi.
Texnologik ishlovlarni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalani o‘zgarishi.
Xom ashyolarni qayta ishlashda uni tarkibidagi mineral moddalarni miqdori kamayadi. Masalan, un yormasi olishda don qobig‘i va murtagini ajratish hisobiga uni tarkibidagi moddalar kamayadi
(elementlarni miqdori mg/100 g mahsulotda):
Elementlar
|
Bug‘doy doni.
|
Oliy navli yorma.
|
Ca
|
41
|
16
|
P
|
372
|
87
|
Fe
|
3 3
|
0,8
|
K
|
370
|
95
|
Mn
|
60
|
16
|
Zn
|
3,50
|
0,07
|
Cu
|
1,00
|
0,32
|
Mo
|
0,14
|
0,02
|
Mn
|
3,20
|
0,83
|
Sg
|
0,014
|
0,002
|
Bug‘doy tarkibidagi kul miqdori 1,7%, un tarkibida 0,5 (oliy navli) 1,5% gacha (past navli). Sabzovot va kartoshkani tozalashda 10%dan 30% gacha mineral moddalar kamayadi.
Go‘sht, baliq va paranda go‘shtlari suyagidan ajratilganda kalsiy va fosfor miqdori kamayadi.
Agar suyak bilan pishirilsa kalsiy miqdori 20%gacha oshadi.
Sifatsiz jihozlarda xom ashyolarga ishlov berilganda temir miqdori 30% gacha oshadi.
Konservalangan mahsulotlar temir bankalarda saqlanganda ham uni miqdori oshadi. Oksidlanish jarayoni kuchayadi. Mahsulot tarkibida zararli moddalar hosil bo‘ladi (qo‘rg‘oshin, kadmiy, qalay).
Ichimlik mahsulotlari tarkibida temirni miqdori 5 mg/l va misni miqdori 1 mg/l oshsa loyqalanish hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |